Agar gap tarkibida bosh bo'laklar bittadan tashkil topgan bo'lsa, ular sodda gaplar deyiladi


Download 36.44 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi36.44 Kb.
#1069984
Bog'liq
Arabb


Agar gap tarkibida bosh bo'laklar bittadan tashkil topgan bo'lsa, ular sodda gaplar deyiladi.
Agar gap tarkibida bosh bo'laklar soni ikki va undan ortiqni tashkil etsa, ular qo'shma gaplar deyiladi.
Arab tilida gaolar tuzilishiga ko'ra ikki turga الجملة البسيطة sodda gaplar va الجملة المركبة murakkab gaplarga bo'linadi.
الجملة المركبة murakkab gaplar ikki va undan ortiq gaplardan tashkil topgan gaplar bo'lib, garmmatik vositala - bosh va ikkinchi darajali bo'laklarning biri shu ikki gaplarning o'rnida qo'llanadi. Va ular bir necha turlarga bo'linadi.
الجملة المركبة murakkab gaplar:
الجمل التى تقوم مقام العناصر الأصلية
Bosh bo'lak vazifasida keluvchi jumlalar:
الجمل التى تقوم مقام العناصر المتممة
Ikkinchi darajali bo'lak vazifasida keluvchi jumlalar
الجمل التى تقوم مقام العناصر الأصلية او المتممة
Bosh va ikkinchi bo'lak vazifasida keluvchi jumlalar vazofasida keluvchi jumla
الجمل المتلازمة
Bir birida ajralmaydigan jumlalar:
الجمل الاعترضية و التفسيرية
Ko'rib turganimizdek arab va o'zbek tilidagi gaplarning tuzilishida ularning sintaktik tahlilida ham farq mavjud.
Arab tilida qo'shma gaplar uni tashkil etgan gaolar o'rtasidagi munosabatning turlariga ko'ra ikki bo'linadi:
1. Bog'langan qo'shma gaplar.
2. Ergashgan qo'shma gaplar.
Bog'langan qo'shma gapni tashkil etuvchi sodda gaplar o'zaro teng bog'lanadi va biri ikkinchisiga tobe bo'lmaydi. Bunday gaplar o'zaro ف، ثم، بل، لكن، و لكن kabi bog'lovchilar yordamida birikadi.
1.2 Ergashgan qo'shma gaplar va ularning turlari.
Ergashgan qo'shma gapni tashkil etuvchi sodda gaplarning biri ikkinchisiga tobe bo'lib, uni to'ldirib, aniqlab yoki boshqa tomondan xarakterlab keladi. To'ldirilib yoki aniqlanib kelayptgan gap bosh gap, tobe gap esa ergashgan gap deyiladi.
Ergashgan qo'shma gap tarkibidagi har bir gap mazmunan musaqildir. Mzkur mustaqil gaolar bir birini to'ldiradi, aniqlaydi, izohlaydi. Ergash gap bosh gapga ergashadi, bosh gap mustaqildek ko'rinsa ham, aslida unda ergash gap tomonidan izohlanish ehtiyoji paydo bo'ladi. Ergash gap bosh gapga turli vositalar: bog'lovchilar, yuklamalar, bog'lovchi so'zlar, kelishik qo'shimchalari, paytni bildiruvchi otlar, nisbiy so'zlar, bog'lovchi so'zlqr orqali birikadi.
Ergash gap bosh gapni qaysi tomondan xarakterlab kelayptganligiga ko'ra, bir necha turlarga bo'linadi:
1.Aniqlovchi ergash gap.
2. To'ldiruvchi ergash gap.
3. Ega ergash gap.
4. Kesim ergash gap.
5. Shart ergash gap.
6. To'siqsiz ergash gap.
7. Payt ergash gap.
8. Holat ergash gap.
9. O'rin ergash gap.
10. Xol ergash gap.
11. Sabab egash gap.
12. Maqsad ergash gap.
13. Natija ergash gap.
14. O'xshatish ergash gap.
15. Istisno ergash gap kabi turlari mavjud.
II bob. Ergashgan qo'shma gaplarning turlari haqida umumiy ma'lumotlar.
2.1. Ega va kesim ergash gapli qo'shma gaplar.
Ega ergash gapli qo'shma gap.
Ega ergash gap bosh gapda tushib qolgan eganing vazifasini bajarib keladi. Bunday qo'shma gaplarning ko'pincha ergash gap - egasi tilga olinmagan to'liqsiz bosh gapning kesimiga nisbatan ega vazifasini bajaradi. Kesimi fe'l bilan ifodalangan qo'shma gapning egasi jumla bilan ifodalanishi mumkin va uni arablar الجملة الواقعة فاعلا او نائب فاعل deb nomlaydilar.
Bunday jumlada ega , ya'ni الفاعل fe'liy jumla ham ismiy jumla ham bo'lishi mumkin.
Ega ergash gapli qo'shma gaplarda ergash gap bosh gapning egasi vazifasini bajaradi. Arab tilida ega ergash gap bosh gapning kesimiga nisbiy olmosh yordamida bog'lanishi mumkin:
إن آلذى كتب هذه آلرسالة يدرس فيى كليتنا
Bu xatni yozgan kishi fakultetimizda o'qiydi.
Bundan tashqari ega ergash gap ما yuklamasi bilan ham qo'llabilishi mumkin:
يعجبنى ما تقوله
Gapirayotgan narsang menga yoqdi.
Bunday gaplar o'zbek tilida ko'pincha sifatdoshli oborot ishtirok etgan sodda gap sifatida ishlatiladi.
Ega ergash gap bosh gapga ba'zan أن و أن yuklamalari yordamida xam birikishi mumkin. Bunda ko'pimcha bosh gap shaxsi noma'lum bo'lgan quyodagi kabi iboralardan tashkil topadi:
من آلممكن أن
لا بد من أن
لا شك أن
من آلواضح أنkabi
Masalan: لا بد لن أن نحفظ دروسنا
Biz darslarimiziyodlashimiz kerak.
لا شك أن أوضاع آلعالم قد تغيرت
Shubxasizki, dunyodagi vaziyat o'zgarib ketdi.
Kesim ergash gapli qo'shma gap.
Bosh gapning kesimi vazifasida kelgan ergash gap kesim ergash gap deyiladi. Kesim ergash gap ham ega ergash gap bog'langan vositalar yordamida bog'lanadi. Bularni faqat bosh gapda anglatgan ma'nosiga qarabgina farqlab olish mumkin.
إنهم هم الذين أطفأوا بالحرب حياة الميلة . ذلك ما رأيته في نومي.
Jamilanig hayotini urish bilan yakson qilganlar, shulardir. Bu men tushimda ko'rgan narsadir.
Ikkinchi misoldagi birikma olmoshi ما nisbiy olmoshga nisbatan qaytuvchi hisoblanadi.
هذا كل ما تركه صاحبي
Bularning barchasi do'stim menga qoldirgan narsalardir.
Bu qoshma gapda bosh gapning kesimi كلbarcha olmoshi hisoblanib u o'zidan keyin kelayotgan qo'shma gap bilan izofa xolatida turadi.
Kesim ergash gap sabab va maqsadni ifodalovchi yuklamalar yordamida ham birikishi mumkin:
ذلك لتعلموا آلقراءة و آلكتابة
Bu sizlar o'qish va yozishni o'rganishinglar uchundir.
2.2. Ikkinchi darajali bo'laklar ergashgan qo'shma gap turlari.
Aniqlovchi ergash gapli qo'shma gap.
Aniqlovchi ergash gap deb ergash gap shaklida rasmiylashtirilgan aniqlovchini aytamiz. U bosh gapning ot yoki ot vazifasini bajarib kelayotgan birorta bo'lagini aniqlab izohlab beradi. Shuni gdek, aniqlovchi ergash gaplar barcha aniqlovchilar kabi, belgiga ham ishora qiladi. Odatda aniqlovchi ergash gap o'zi aniqlab kelayotgan so'z aniqlanmishdan keyin qo'yiladi.
Arab tilidagi الجملة الموصلة o'zbek tilidagi aniqlovchi ergash gaplarga qiyosan to'g'ri keladi. Bunday jumlalar tarkibida اسم الموصلة ya'ni nisbiy olmoshlar keng qo'llaniladi. O'zbek va rus arabshunos olimlari o'zlarining asarlarida ko'pincha nisbiy olmoshlarni alohoda emas, aniqlovchi ergash gapli qo'shma gaolarda keltirganlar. Ular nisbiy omoshlarning aniqlovchi ergash gap bilan bosh gapni bog'lash xususiyatini bosh gapda aniqlab kelayotgan so'z bilan jins va sonda moslashishini va nisbiy oloshlarning o'zbek tilida kengaytirilgan sifatdosh yordamida ifodalanishi kabi xususiyalarni tushuntiradilar. Ular nisbiy olmoshlarning gapdagi vazifasini e'tiborga olgan holda aniqlovchi, ega, kesim va to'ldiruvchi ergash gaplarga ajratganlar . Arab tilshunoslari gaplarni nimadan tashkil topganiga qarab tasniflaganlar.
الجملة الموصولةlar ikki qismdan tashkil topadi:
١الموصل
٢ صلة له او صلةالموصول
الجملة الموصولة tarkibidz ismi mavsula ya'ni nisbiy olmoshlari keng qo'llaniladi va ularning gapdagi vazifasga e'tiborga olingan holda o'zbek tiliga ega, kesim yoki to'ldiruvchi ergash gaplar shaklida tarjima qilinadi.
Arab tilida nisbiy olmoshlarning ikki turi mavjud:
الموثول الخاصmaxsus nisbiy olmoshlar
الموصول المشترك mushtarak nisbiy olmoshlar
Aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi u yoki bu so'zning belgisini bildiradi va quyodagi xususiyaylarga ega:
1. Aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi qaysi bo'lakning belgisini bildirsa bevosita shu bo'lakdan keyin keladi.
2. Belgisi bildirilib kelayotgan so'z aniq xolatda bo'lsa, u bilan aniqlovchi ergash gap o'ryasiga nisbiy olnosh qo'yiladi. Nisbiy olmoshlar quydagiardir:
آلذى ، آللذان، آلذين
آلتى، آللتان، آالأتى/آللواتى
Bu olmoshlarning birlik va ko'plik variyantlari kelishikda turlanmaydi faqat ikkilik shakli turlanadi.
Nisbiy olmoshlar bosh gapdagi belgisi aniqlanib kelayotgan bo'lak bila jinsda, sonda moslashadi:
رأيت آلطالب آلذى يدرس فى جامعتنا
3. Agar aniqlovchi ergash gaoning egasi bevosita belgisi bildirilayotgan bo'lak bo'lsa, shunga mos bo'lgan nisbiy olmosh aniqlovchi ergash gapning grammatik egasi hisoblanadi:
سمعت آلطالبة آلتى تتكلم بآلعربية جيدا جدا
4. Agar belgisi bildirilayotgan bo'lak aniqlovchi ergash gapning egasi bo'lmasa , shu so'z bilan jinsda va so'zda moslashgan birikma olmosh aniqlovchi ergash gapdagi felga yoki fe'ldan keyingi predlogga qo'shilib keladi. Bunday olmoshlar arab tilida ضمير عائد qaytuvchi olmosh deyiladi.
دخلت آلغرفة آلتى يجلس آطلاب فيها
5. Aniqlovchi ergash gap ot kesimli gap bo'lsa va nisbiy olmosh shu gapning garmmatik egasi hisoblansa, ega bilan kesim o'rtasidagi ajratuvchi olmosh ضمير آلفصل qo'yiladi.
آستمعنا إلى محاضرة ألاستاذ إلذى هو عالم مشهور فى بلدنا
6. Belgisi aniqlanib kelayotgan so'z noaniq holatda bo'lsa, nisbiy olmosh ishlatilmaydi..
ركبنا سيارة تبلغ سرعتها مئة و خمسين كيلومترا فى آلساعة.
Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan حيث yordamida ham bog'lanadi.
و قضيت الأسبوع فى بلدة قريبة حيث
Men haftani muhim ishlarimni bajargan yaqin shaxarda o'tkazdim.
To'ldiruvchi ergash gapli qo'shma gaplar.
To'ldiruvchi ergash gap deganda, sodda gap shaklida kelgan kengaytirilgan ya'ni bir necha so'zdan iborat bo'lgan to'ldiruvchining bosh gap bilan kelishi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda , bosh gapning to'ldiruvchisi vazifasida keluvchi ergash gap to'ldiruvchi ergash gap deyiladi.
To'ldiruvchi ergash gap hamto'ldiruvchi javob bo'lgan savollarga javob bo'ladi.
Arab tilida to'ldiruvchi ergash gap bosh gapdan keyin keladi va bosh gapga quyidagicha bog'lanadi:
1. O'zidan oldin kelgan ‌أن yuklamasi yordamida . Bunda to'ldiruvchi ergash gapning egasi tushum kelishigida keladi.
سمعت أن هذا الطالب شاب مجتهد
Eshitdimki, bu ystudent odobli yigitdir.
عرفت أن العلم نافع
Ilmning foydali ekanini bildim.
2. Agar bosh gapning kesimi قالfe'lidan yoki shu fe'lning biror formasidan iborat bo'lsa أن yuklamasi vazifasidaإن yuklamasi ishlatiladi.
يقول الدين الإسلامي إن الله واحد
Islom dini aytadiki, Alloh yagonadir.
قال صديقي إنه مريض
Do'stim aytdiki, u kasal emish.
3. Agar biror sabab bilan to'ldiruvchi ergash gapning egasi bosh gapdan uzoqda bo'lsa va u ergash gapning kesimidan keyinga o'tgan bo'lsa, أن yuklamasiga III shaxs muzakkar birlik qo'shiluvchi olmoshi qo'yiladi va u tarjima qilinmaydi.
أخبرني المعلم أنه توجد في غرفة الدرس تلك كثير من الطاولات و الكراسي
O'qituvchi menga ma'lum qildiki, osha bauditoriuada ko'pgima stol va stullar bor.
4. Agar bosh gapning kesimi o'zidan keyin predlog talab etadigan fe'ldan iborat bo'lsa أن yuklamasi o'sha prrdlogdan keyin keladi.
فكرت في هذه آلمشكلة طويلا
Bu muammo haqida uzoq o'yladim.
فكرت وطويلا في أن هذا الكتاب طبع في آلسنة آلماضية
Bu kitobning o'tgan yili nashr etilgani to'grisida uzoq o'yladim.
5. To'ldiruvchi ergash gap ba'zan bosh gapga الذى va uning variyatlari yordamida ham bog'lanishi mumkin. Bu nisbiy olmoshlar to'ldiruvchi ergash gapning egasi bilan moslashadi.
إنني لا أنس الذين ياعدوني في أيامي الصعبة
Qiyin kunlarimda menga yordam qilganlarni unutmayman.
6. To'ldiruvchi ergash gap bosh gapga أن yuklamasi yordamida xam bog'lanishi mumkin. Bunda to'ldiruvchi ergash gap fe'l kesimli gap bo'lishi mumkin.
أريدك أن تكتب لي رسالة
Menga xat yozishingni xohlayman.
Biz yuqorida ko'rgan qo'shma gaolarning o'zbekcha varyanti qo'shma gap emas, sodda gapdir. Lekin ular arab tilida to'ldiruvchi ergash gapli qo'shm gaplar sifatida o'rganiladi.

Shart ergash gapli qo'shma gaplar


Bosh gapdagi ish - harakatning amalga oshish shartini bildiruvchi ergash gap shart ergash gapli qo'shma gap deyiladi. Arab tilida ko'pincha shart ergash gap bosh gapda oldin keladi. Gapda shart ergash gap oldidan لو، من، متى، إذا، إن yuklamalaridan biri kelshi mumkin.
Norral shartni bildiruvchi shart ergash gap oldidan لو yuklamasi qo'yiladi va bu gapdagi fe'l ko'pincha o'tgan zamon shaklida keladi:
لو شتمني سليم ضربته
Salim meni urushsa urardim.
Bunds gaplarda bosh gap oldidan ل yuklamasi ham qo'shilishi mumkin. Bu yuklama gapning ma'nosiga ta'sir ko'rsatmaydi.
فلو أنني مرضت لعادني هذا الطبيب
Men kasal bo'lsam, bu vrach meni ko'rardi.
Ba'zan noreal shartni ifodalashda bosh gap birikma olmosh bilan لاyuklamasidan iborat bo'lishi ham mumkin.
لو لا رفيقك لهلكت
Sening do'sting bo'lmaganimda, men halok bo'lardim.
Real shartni bildiruvchi shart ergash gap oldidan esa إن، إذا ، متى، من yuklamalaridan biri keladi. Bunda fe'l turl i zamonda turli ma'noda kelishi mimkin. Biroq shartning ma'nosi hozorgi yoki kelasi zamonga tegishliligicha qoladi.
من، متى، إن yuklamalari ishtirok etganida ergash gapdagi fe'l ham, bosh gapdagi fe'l ham yoki o'tgan zamonda, yoki shart maylida keladi. Lekin bu gapdagi anglashilgan shart ma'nosi hozirgi yoki kelasi zamonga tegishli bo'ladi.
إن خرجت من آلغرفة خرجت منها
Agar sen xonadan chiqsang men ham chiqaman.
إن تخرج من آلغرفة أخرج منها
Agar sen xonadan chiqsang, men ham chiqaman.
من زرع آلمعروف حصد آلشكر
Kimki ezgulik eksa, tahsin teradi.
إذا yuklamasi ishlatilganda har ikki gapdagi fe'l o'tgan zamon shaklida keladi. Lekin shartning ma'nosini hozirgi yoki kelasi zamonga tegishliligicha qoladi.
إذا دخلت آلغرفة رأيت آلقنديل فيها
Sen xomaga kirsang, undagi qandilni ko'rasan.
Ba'zan bosh gapning mazmuniga ko'proq e'tibor qaratilgan bo'lsa, bosh gap ergash gapdan oldin kelishi ha mumkin.
لست مبالغا إذا قلت إننى مريض
Agar men kasalman desam, mubolag'a qilmagan bo'laman
Quyidagi hollarda bosh gap oldidan ف yuklamasi qo'llanadi.
1. Bosh gap ot kesimli gapdan iborat bo'lsa, masalan:
إن لم تر هذه الكارثة فانت سعيد
Agar sen bu falokatni ko'rmagan bo'lsang, baxtlisan.
2. Bosh gapdagi fe'ldan buyruq, iltimos, xohish-istak ma'nolari anglashilsa
إذا لم يعش حرا بموطنه الفتى
ى ميتا و موطنه قبرا فسم الفت
Agar inson o'z vatanida erkin yashamasa, uni o'lik , vatanini qabr hisobla.
3. Bosh gapdagi fe'l س، سوف، قد yuklamalari bilan, shuningdek, ما، لن inkor yuklamalari bilan boshlangan bo'lsa:
إن تستغفر لهم فلن يغفر الله لهم
Agar sen ular ichun kechirim so'rasang, Alloh ularni hech qachon kechirmaydi.
Payt ergash gapli qo'shma gaplar.
Bosh gapdagi ish-harakatning bajarilish paytini bildiruvchi ergash gap payt ergash gap deyiladi. Arab tilida payt ergash gap bosh gapdan oldin ham keyin ham kelishi mumkin. Payt ergash gap quyidagi yordamchi so'zlar yordamida bog'lanadi.
1.حينما، عندما، لما، إذا، حين، بينما
Bu yordamchi so'zlar bosh gap bilan ergash gapdagi ish-harakatning bir vaqtda sodir bo'lganligini bildiradi.
عندما قرأت آلكتاب كان صديقى يكتب آلرسالة لأمه
Men kitob o'qiyotganimda, do'stim onasiga xat yozayotgan edi.
2.كلما yordamchi so'zi ham shu ma'nodagi ergash gapni bildiradi. Lekin u ergash gapdagi ish-harakatning bir neca marta tkrorlanganligini bildiradi.
كلما جىئت إليه كان يقرأ كتابا أم مجلة
Har safar unikiga kelganimda, u kitob yoki jurnal o'qiyotgan bo'lardi.
Shu ma'noda فيما yordamchi so'zi ham ishlatiladi lekin bunda payt ergash gap ot kesimli gapdan iborat bo'lishi kerak.
فيما نحن خارج آلقرية رأينا آلنهر
Biz qishloqdan tashqaridaligimizda daryoni ko'rdik.
3. بعد أن، بعد ما ، منذ أن yordamchi so'zlari bosh gapdagi ish-harakat ergash gapdagi ish-harakatdan keyin sodir bo'lganligini bildiradi:
تعرفت به بعد ما وصلت إلى طشقند
Toshkentga kelganimdan keyin u bilan tanishdim.
4. Bosh gapdagi ish-harakat payt ergash gapdagi ish-harakatdan oldin sodir bo'lsa, قبل أن، إلى أن kabi yordamchi so'zlar ishlatiladi:
قبل أن قلت له عن هذا فكرت طويلا
Buni unga aytishdan oldin uzoq o'yladim.
5.ما أن...حتىyordamichi so'zi payt ergash gapdagi ish harakatning tugashi bilanoq bosh gapning ish harakati boshlanishini bildiradi va ما أن qismipayt ergash gap,حتىqismi bosh gap oldiga qo'yiladi.
ما أن سمعوا عن هذه آلمباريات حتى آبتدؤوا آلإستعداد اها
Bu msobaqalar haqida eshitishlari bilanoq, unga tayyprgarlikni boshlab yuborishdi.
6. Ba'zan payt ergash gap bosh gapga vaqtni bildiruvchi يوم ، سنة، ياعة، دقيقة، ليلة kabi so'zlar bilan ham bog'lanadi. Bunda mazkur so'zlar noaniq holatda tanvinsiz tushum kelishigida keladi:
كان فجرا باسما فى مقلتى يوم أشرقت من آلغيب على
G'aybdan olimda hozir bo'lganning kuni ko'zlarim oldida kulib turgan tong edi.
O'rin ergash gapli qo'shma gaplar.
Bosh gapdagi ish-harakatning bajarilish o'rnini bildiradigan ergash gap o'rin ergash gap hisoblanadi. O'ri ergash gap o'rin arab tilida bosh gapdan keyin keladiva حيث، إلى حيث، من حيث، حيثما، أينما kabi yordamchi so'zlar vositasida shakllanadi.
بعد فطورى توجهت إلى حيث ذهب محمد.
Nonishtadan keyin Muhammad ketgan tomonga yo'l oldim.
حيث الحياة هناك الرجاءُ
Qayerda hayot bo'lsa, u yerda umid bor.
Hol ergash gapli qo'shma gaplar.
Hol ergash gap bosh gapdagi ish-harakat ob'ekti yoki sub'ektining shu ish-harakat bajarilayotgan paytdagi holatini bildiradi. Shuningdek, ergash gapdagi ish-harakatning bosh gapdagi ish-harakat bilan bir vaqtda sodir bo'layptganligini ifodalaydi. Hol ergash gap bosh gapdan keyin keladi. Hol ergash gap bosh gapga biror yordamchi so'z orqali yoki bevosita birikadi.
1. Ergash gap bilan bosh gapning egasi bitta shaxs yoki predmet bo'lsa , ergash gapوَ bog'lovchisi va egaga mos keluvchi kishilik olmoshi bilan boshlanadi va bundz ergash gapdagi fe'l hozirgi kelasi zamonda bo'ladi.
خرج من آلكلية و هو يحمل آلكتاب فى يده
U qo'lida kitob ushlagancha fakultetda chiqdi.
2. Agar ergash gap bilan bosh gapning egasi bitta shaxs yoki predmet bo'lmasa ergash gap va bog'lovchisi va قد yuklamasi bilan o'tgan zamon fe'li bilan keladi.
قال و قد لمعت عيناه بفكرت أخرى
Ko'zlari boshqa bir hayol bilan chaqnagan holda dedi....
3. Hol ergash gap ot kesimli gapdan iborat bo'lsa bosh gap bilan و bog'lovchisi yordamida birikadi.
خرجت هذه الوقائع و الحرب قائمة
Bu voqealar urush ketib turgan paytda sodir bo'ldi.
4. Agar hol ergash gapdagk fe'l hozorgi-kelasi zamonda bo'lsa و bog'lovchisi ishlatilmaydi.
دخلت عليه تبكى
Uyig'lagani holda uning oldiga kirdi.
Sabab ergash gapli qo'shma gap.
Sabab ergash gap bosh gapdagi ish harakatning bajarilish sababini bildiradi. Sabab ergash gap bosh gapdan oldin ham keyin ham kelishi mumkin va uning oldidan quyidagi yordamchi so'zlar keladi:
لأن، ل ، لما، بما، و إذ
بادرنا إلى آلسيارة لأن آلظروف طلبت منا هذا
Biz mashinaga shoshildik chunki vaziyat bizdan shuni talab qilardi.
و إذا كاتب حالته صعبة قمت بمساعدته حالا
Uning ahvoli og'ir bo'lganidan darrov unga yordam qildim.
Sabab ergash gap bosh gapga yana بفضل أن sharofati bilan بسبب أن sababli, نظرا أنََّ ga ko'ra kabi yordamchi so'zlar yordamida ham birikishi mumkin.
صار إطلاق آلإنسان إلى آلفضاءِ ممكنا بسبب أنَّ آلعلوم آلتكنيكية تطورت تطورا سريعا.
Texnika fanlarijuda rivojlangani sababidan insonning fazoga chiqish imkoniyati paydo bo'ldi.
Maqsad ergash gapli qo'shma gap.
Bosh gapdagi ish-harakatning bajrilishidan ko'zlangan maqsadni bildiruvchi ergash gap maqsad ergash gap deyiladi. Maqsad ergash gap bosh gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin. U bosh gapga birikishi uchun quyidagi yordamchi so'zlar ishlatiladi:
كيلا، ألا كى ، لئلا، حتى ،لكى
Masalan:
، توجه آلطلاب إلى مصر ليدرسوا هناك آللغة آلعربية
Arab tilini o'rganish maqsadida talabalar Misrga jo'nashdi.
نظرت زينب إلى ساعتها لئلا تتاخر عن آلميعاد
Zaynab uchrashuvga kechikmaslik uchun soatiga qaradi.
O'xshatish ergash gapli qo'shma gap.
O'xshatish ergash gap bosh gapdagi ish-harakatning qanday yoki nimaga o'xshab amalga oshganligini bildiradi. Boshqacha qilib ayyganda, bosh gapdagi ish harakat ergash gapdagi ish-harakatga o'xshatiladi. Shuning uchun u o'xshatish ergash gap deyiladi. O'xshatosh ergash gap odatda bosh gapdan keyin quyidagi yordamchi so'zlar bilan boshlanadi:
كأنما، كأن، كما أنْ، كما أنّ، مثلمن، مثلما، كمن، كما
أُحب آلربيع كما يحبه كل إنسان
Bahorni har bir inson sevganidek sevaman.
يبدولى كأن آلعالم كله ينتظر وصوله
Menga butun borliq uning kelishini kutayotgandek tuyuladi.
O'xshatish ergash gap ba'zan miqdoriy yoki darajaviy o'xshatish uchun ham ishlatiladi va u bosh gapga بقدر ما، بمقدار ما، إلى درجة ما، إلى حد ما yordamchi so'zlaridan biri yordamida bog'lanadi.
آشتريت آلتفاح فى آلسوق بمقدار ما أحتاج إليه
Bozordan men ehtiyojim miqdoricha olma sotib oldim.
Istisno ergash gapli qo'shma gap.
Istisno ergash gap bosh gapdagi ish harakatning xarakterini o'zidagi ish harakatning bajarilmagani holda amalga oshganligini bildirish orqali ifodalaydi. U bosh gapdan keyin keladi va إلا أنْ، من غير أنْ، دون أنْ، بدون أنْ va boshqa yordamchi so'zlar bilan boshlanadi.
خرجت من آلقرفة دون أن أقول شيئاً
Men hech narsa demasdan xonadan chiqdim.
ذهب إلى جزيرة آلعرب من غير أن يعلم عادات آلعرب و أخلاقهم.
U arablarning odatini va axloqini o'rganmay turib, Arabiston oroliga jo'nadi.
To'siqsiz ergash gapli qo'shma gaplar.
To'siqsiz ergash gap bosh gapdagi ish-harakatning amalga oshishiga to'sqinlik qiladi. Lekin shunga qaramay, bosh gapdagi ishharakat amalga oshgan bo'ladi yoki amalga oshadi.
Arab tilida to'siqsiz ergash gap bosh gapdan oldin ham keyin ham , bosh gapning o'rtasida ham kelishi mumkin va to'siqsiz ergash gap oldidan quyidagi yordamchi so'zlar kelsihi mumkin:
1.و إنْ، و لئن، و إذا
إننا نعرف جغرافيا ألبلدان العربية و إن لم نزرها
Biz bormagan bo'lsak ham arab mamlakatlari geografiyasini bilamiz.
2.رغم أنّ، باارغم من أنّ، مع أنّ
Yuklamalari yordamida.
Bu yuklamalardan keyin ergash gapning egasi tushum kelishigida keladi.
مع أن اللغة العربية صعبة نحبها جدا
Arab tili qiyin bo'lsa ham biz uni juda sevamiz.
بارغم من أنها جاوزت السبعين كانت مملؤة بالنشاط
U yetmishdan oshganligiga qaramay serharakat edi.
رغم أننى كنت مشغولا جدا حضرت هذه الحفلة
Men juda band bo'lishimga qaramay bu tantanada ishtirok etdim.
3.مهما، و لوْ yuklamalari
Bu yuklamalardan keyin fe'l o'tgan zamonda ham , hozirgi-kelasi zamonda ham ishlatilishi mumkin .
انا لن أعود إليك مهما استرحمت دقات قلبى.
Men sen tomon hech qachon qaytmayman. Garchi yuragim tepkilari o'tinib so'rasalar ham.
4. Bulardan tashqari quyidagi olmoshlar ham to'siqsiz ergash gap oldidan bog'lovchi vazifasida ishlatilishi mumkin:
أيمنkim bo'lsa ham.
أيما nima bo'lsa ham.
كيفما qanday bo'lsa ham.
حيثما qayerda bo'lsa ham.
متى qachon bo'lsa ham.
هم يعجبون آلناس كيفما لعبوا
Qanday o'ynamasinlar, odamlarga ular yoqaveradilar.
أيمن سافر معنا كان مبسوطا
Kim biz bilan safar qilmasin, mamnun bo'ladi.
حيثما كنتم كنت معكم
Sizlar qayerda bo'lmang , men ham sizlar bilan bo'laman.
Download 36.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling