4-amaliy mashg’ulot. Ergashgan qo`shma gap. Reja


Download 16.97 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi16.97 Kb.
#1575576
Bog'liq
4-amaliy


4-amaliy mashg’ulot.Ergashgan qo`shma gap.
Reja:
1.Ergashgan qo`shma gapning turlari
2.Bosh gapdagi ma’lum bo`lakni izohlovchi ergash gaplar.
3.O`RTMI: Ergash va bosh gapni bir-biridan farqli xususiyatlarini bilish
1-mashq. Ergashgan qo’shma gaplarni o’qib, bosh va ergash gaplarni ajrating. Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalarni ayting.
1. Darslar allaqachon tamom bo’lgan bo’lsa ham, zalda negadir g’ala- g’ovur bosilmasdi. (S. 3.) 2. O’zi singari keksa irrigatorlardan ilgari boshqa biror kishi gapirib qo’ymasligi uchun, u bu fikrni komissiya a’zolariga eng birinchi bo’lib xabar qilgisi kelgan edi. (Ivan Le.) 3. Sen baxtlisan, chunki erking o’zingda. (S. S.) 4. Bu yerga hech kim oyoq bosmay qo’yganidan, atrofini o’t, tikanak bosib ketgan edi. (CH. Ayt.) 5. Bilamanki, har bir orzuning o’ziga yarasha tashvishi bor. (M. Muxamedov.) 6. O’rin shunday yumshoqki, go’yo gul bargi to’shalgan deysiz. (Mir Ammon Dehlaviy.)
2-mashq. Ergash gaplarning o’rnini aniqlab, tinish belgilarining qo’yilishini izohlang. Ko’chirib, ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalar tagiga chizing.
Garchi piyoda yo’l bosib charchagan bo’lsa ham, notanish shahardag g’olag’ovur, Margilonda uchramaydigan har xil odamlar uni qiziqtirgan edi. (X) 2. U meni koridordan boshlab borar ekan, menda bir ajib tuyg’u paydo bo’ldi. (Yu. Smuul.) 3. Hasan chiqib ketishi bilan, Tursunov jiringlab turgan telefonga quloq soldi. (Iboxon.) 4. Vatan insonga dunyodagi barcha narsadan aziz tuyulsa, u vaqtda odam po’latdan ham mustahkam bo’lib ketadi. (S.S.) 5. Ular olmazor etagidagi so’qmoq yo’lga burilishganda, quyosh tog’ ortidan endigina mo’ralay boshlagan edi. (U. U.) 6. Oqqal’ada ham so’nggi besh kunlikda shunday g’ayrat ko’rsatildiki, deyarli bir oylik vazifa oxiriga yetkazib qo’yildi. (J. Abd.) 7. Uni osmonga ko’tarilgan chang- to’zon hayratda qoldirdi, go’yo Samarqand bozoriga dushman o’t qo’yib yuborganday edi. (S. B.) 8. Toshpo’lat akamlar, men nimani xohlasam, shuni qiladilar. (N. Biryukov.) 9. Odam, nima yaxshi bo’lsa, shuni qilishi kerak. (U. U.)
3-mashq.Ergashgan qo’shma gaplarni o’qing. Qaysi ergash gaplar bosh gapdagi biror bo’lakni, qaysilari umuman bosh gapni izohlayotganini aniqlang.
1. U xotin shunday go’zal ekanki, olamni bezatib turgan porloq yulduzlar ham uning husni oldida xiralanar ekan. (N.S.) 2. Shu gapim qulog’ingda bo’lsinki, men yilning ikki kuninigina o’z ehtiyojim uchun sarflayman. (K. M.) 3. Yo’lak qorong’i bo’lgani uchun, u kishini taniy olmadi. (S. An.) 4. Quyosh porlab turgan bo’lsa ham, kun ancha sovuq edi. (S. 3.) 5. Shuni bilamanki, mashinaga ajratilgan kattakon bir kartaga Arslonbek akam mo’ylov qilib odam qo’ydirib yubordilar. (A. A.)
4-mashq.Tushirib qoldirilgan tinish belgilarini qo’yib, ergashgan qo’shma gaplarni ko’chiring. Har bir gapdan so’ng ergash gapning turini qavs ichida yozib ko’rsating.
1.Qudrat minnatdorchilik bildirib uch-to’rt qadam bosgandi hamki orqadan haligi qizning ovozi eshitildi. (J.Abd.) 2. Quyosh go’yo xira oynadan nur sochayotgandek Shohimardon tog’larining cho’qqilariga ko’tarilganda Muxiddin Qora vodiyning devorlarini g’ira-shira ko’ra boshladi. (N. Biryukov.) 3. Mana shu mablag’ behuda sarf etilmasligi uchun komissiya qat’iy bir qarorga kelishi kerak. (Ivan Le.) 4. Kuzda daraxtlar sarg’aya boshlaganda u yer chiroyli bo’ladi. (E. Xeminguey.) 5. Qizim xursand bo’lsin deb qo’lidan kelgan barcha ishni qildi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1.Ergashgan qo`shma gapning turlari haqida ma’lumot bering
2.Bosh gapdagi ma’lum bo`lakni izohlovchi ergash gaplarga misollar keltiring
3. Ergash va bosh gapni bir-biridan farqli xususiyatlarini aniqlab,misollar tariqasida izohlang
Download 16.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling