Agar Internet bo’lmasa
Download 16.74 Kb.
|
Agar Internet bolmasa
Agar Internet bo’lmasa Yangilashlarni tortib olish Agar Norma AQT dasturlari o’rnatilgan kompyuter Internet tarmog’iga ulanmagan bo’lsa, Siz Norma AQT dasturlari yangilashlarini o’zingizga qulay bo’lgan boshqa joyda, masalan, Internet-kafeda olishingiz mumkin. Buning uchun http://norma.uz/updates havolasidan nusxa olib, uni internet-brauzer manzil qatoriga qo’shish kerak yoki http://norma.uz saytiga kirib, menyuning “Elektron mahsulotlar” va “Yangilashни yuklash” bandini bosish zarur. So’ngra saytdagi yo’riqnomaga amal qiling. Yangilashlar fayllarini mustaqil ravishda tortib olishdan avval dasturni qaysi sanadan yangilash kerakligini aniqlash lozim. Sizda o’rnatilgan oxirgi yangilashning sanasini NORMA AQT dasturida YORDAM / YANGILASH SANASI menyusini ochib bilishingiz mumkin. Yangilashlarni tortib olish uchun imkoniyat norma.uz saytida ro’yxatdan o’tgandan so’ng taqdim qilinadi. Ro’yxatdan o’tish 1. Internetdagi http://www.norma.uz manzili bo’yicha saytning asosiy betiga kiring. 2. “Ro’yxatdan o’tish” havolasini bosgan holda (o’ng ustunda joylashgan) ro’yxatdan o’tish betiga o’ting va so’ralayotgan ma’lumotlarni maydonlarga kiriting. 3. Keyinchalik, faqat Sizga ma’lum bo’lgan login va paroldan foydalangan holda, Siz shartnomaga asosan belgilangan tizimdan foydalanish muddati davomida har hafta, mustaqil ravishda yangilashlarni tortib olishingiz mumkin. Yangilashlarni o’rnatish 1. Yangilashlarni o’rnatishda NORMA AQT dasturida hujjatlar bazasi va yangilashlar dasturlari sanalari ketma-ketligiga amal qilish lozim. Masalan, Sizning kompyuteringizda o’rnatilgan hujjatlar bazasi 2020 yil 3 mart holatiga bo’lsa, bazani yangilash uchun Siz 2020 yil 3 martdan 10 martgacha bo’lgan: Renew03_100320 yangilash dasturini tortib olishingiz zarur (sanalar yangilash dasturi nomida raqamlar bilan ko’rsatilgan). Shuningdek, agar ular mavjud bo’lsa, keyingi barcha yangilashlarni ham tortib oling. Ularni o’rnatilgan dasturning yangilash sanasidan boshlab sanalar oshishi tartibida ishga tushirish zarur. 2. Yangilashni o’rnatishdan avval dasturni yoping. 3. Yangilashlar faylini ishga tushirishda (masalan, Renew03_100320) NORMA AQT yangilanayotgan dasturi o’rnatilgan direktoriyani e’tibor bilan tekshirish kerak va o’rnatishda u o’rnatilgan jildni ko’rsatish lozim (Odatda NORMA AQT dasturlari */Program Files/Norma Hamkor/ 4. NORMA AQTning mazkur dasturi o’rnatilgan jildga yangilashni o’rnating. 5. Dasturni ishga tushiring. Bazani yangilash jarayoni boshlanadi. 6. Agar Siz bir nechta yangilashlarni, masalan, Renew03_100320 va Renew10_170320 tortib olgan bo’lsangiz, avval Renew03_100320ni o’rnating va NORMA AQT dasturi ochilishini kuting, bexato yangilanganligiga ishonch hosil qiling (yangilash sanasini tekshiring va bir nechta hujjatlarni ochib ko’ring). Shundan keyingina dasturni yoping va keyingi yangilash faylini oching (misolda - Renew10_170320). Sanalar ketma-ketligiga amal qilinmagan, yangilashlar noto’g’ri o’rnatilgan taqdirda, yangilashlarni o’rnatishda tizimda yoki NORMA AQT dasturini yangilash jarayonida nosozliklar ro’y berganda, yangilash yuz bermaydi yoki dastur noto’g’ri ishlashi mumkin. Bu holda yangilashni qaytadan o’rnatishga harakat qilib ko’ring. Ijobiy natijaga erishilmaganda, texnik ko’maklashuv xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin. Texnik yordam xizmatining telefon raqamlari: 78-150-11-72. Download 16.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling