Bir yo‘la to‘lash shartida yillik oddiy 15% stavka bilan 3 yildan so‘ng investor o‘z mablag‘ini 450 ming so‘m qilib qaytarib olishi uchun, dastavval, qancha qiymatni qarzga berishi kerak bo‘ladi (T = 360)?
Shartnomada majburiyatni qaytarish 150 kundan keyin deb belgilangan (T = 360). Shartnoma qiymati $1200, qaytarish kerak bo‘lgan qiymat $1500. Yillik foiz stavkasini toping ?
7 mln. so‘mlik kredit shartnomasi quyidagi foiz stavkalari bo‘yicha 2 yilga tuzildi: birinchi yarim yillikda yillik 20%, ikkinchi yarim yillikda yillik 30% , ikkinchi yilga yillik 50%. Kredit shartnomasi bo‘yicha qaytarilishi zarur bo‘lgan qarz qiymatini aniqlang (T = 365).
Agar investor $1200 mablag‘ni yillik 18% stavka bilan 3 yilga joylashtirsa, qancha foyda oladi?
600 mln. so‘m yillik 20% stavka bilan 2 yilga berilgan. Inflyatsiya tempi yiliga 10% bo‘lishi kutilmoqda. Inflyatsiyani hisobga oluvchi daromadni hisoblang?
Do'stlaringiz bilan baham: |