Muhammad Haydarov


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana07.05.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1438422
  1   2   3
Bog'liq
Ilmiy matn bilan ishlash uchun topshiriq 2



@ona_tili_haydarov
Muhammad Haydarov 
 

Matnni o‘qing va test topshiriqlarini bajaring. 
Oynaartkichlar 
avtomobillarning 
muhim 
qismlaridan bo‘lib, uning “otasi” amerikalik Robert 
Kyorns sanaladi. Biroq olim ixtironi o‘ziniki qilib olishi 
uchun juda uzoq yelib-yugurishiga to‘g‘ri keladi.
1953-yilda Robert uylanadi. To‘y bazmida 
shampan shishasini ochish chog‘ida bir ko‘zini shikastlab 
oladi: shisha tiqini uning ko‘ziga kelib uriladi. Shundan 
so‘ng Robert avtomobilni boshqarishda qiyinchilikka 
duch kela boshlaydi. Ayniqsa, yomg‘irli kunlarda unga 
havas qilib bo‘lmasdi.
1962-yilda olim yomg‘irli kunda avtomobil 
boshqaradi. O‘sha paytlarda avtomobil oynasini artuvchi 
maxsus cho‘tkalar to‘xtovsiz harakatlanar va bu 
haydovchiga noqulaylik keltirib chiqarar edi. O‘sha onda 
Robert Kyorns oynaartkichlar inson kipriklari singari, 
ya’ni to‘xtab-to‘xtab ishlashi kerakligini anglab yetadi. 
Uyiga kelib, yerto‘lasiga kirib ketadi va olamshumul 
ixtiroga qo‘l uradi. 1964-yilda yangicha oynaartkichga 
patent oladi.
Tabiiyki, ixtirochi bu yangiligi ortidan katta 
mablag‘ga ega bo‘lishni ham maqsad qiladi. Axir o‘n 
minglab transport vositalarida endi Robert Kyorns 
yasagan oynaartkichdan foydalanilishi kutilmoqda. Olim 
ishga kirishadi: o‘z ixtirosi haqida o‘sha paytdagi yirik 
avtomobil kompaniyalariga xabar jo‘natadi, ishlash 


@ona_tili_haydarov
Muhammad Haydarov 
 

prinsipini tushuntiradi, shartnoma tuzishga rozi ekanini 
bildiradi. Biroq barcha takliflariga rad javobini oladi.
1969-yildan avtomobillar Kyorns ixtiro qilgan 
oynaartkichlar bilan chiqa boshladi. Olimning taklifini rad 
etgan kompaniyalar bu ishga uning ruxsatisiz qo‘l 
urishgan edi. Ixtirochi darrov avtokompaniyalarga 
murojaat qildi – ular olimni eshitishni xohlashmadi. Bir 
necha yillik sarsongarchilikdan so‘ng Robert Kyorns 
“Ford”, keyinroq “Kraysler” kompaniyalari ustidan sudga 
arz qildi. “Ford” kompaniyasi bilan 12 yil, “Kraysler” 
bilan 10 yil davom etgan sud jarayonlari Robert Kyorns 
g‘alabasi bilan yakunlandi. Uzoq yillik sudlashuvda 
ixtirochi tom ma’noda yolg‘iz harakatlandi. Aksar 
advokatlar bu ishda ishtirok etishdan bosh tortishdi, 
kamiga, bu ishlardan charchagan turmush o‘rtog‘i ham uni 
tashlab ketdi. Biroq hech kim va hech narsa olimni 
oxirigicha kurashishdan qaytara olmadi. Uzoq davom 
etgan kurashdan so‘ng ixtirochi sud hukmi bilan 
“Ford”dan 10 ming, “Kraysler”dan esa 30 ming dollar 
miqdoridagi tovon pulini qabul qilib oldi.
18. Matn mazmuniga oid zid fikrni aniqlang. 
A) Kyorns o‘z ixtirosini yaratishda inson a’zosi ishlash 
prinsipidan ilhomlangan.
B) Sudma-sud yurishlar Kyorns oilasi parokanda bo‘lishiga 
ham sabab bo‘ldi.
C) Kyornsga qadar avtomobillar oynasini artuvchi moslama 
bo‘lmagan.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling