Qadring baland bo’lsin ona tilim


Download 19.08 Kb.
Sana31.10.2023
Hajmi19.08 Kb.
#1735999
Bog'liq
ssenariy (4)


Qadring baland bo’lsin ona tilim

Tadbirning ssenariysi va olib borish tartibi

Barcha odamlar zalga yig‘ilgan, jimjitlik, asosiy tomoshabinlar zalda, mehmonlar kelib o‘tirdi. Jimjitlik, birdan musiqa – tanbur navosi jaranglaydi, 3 daqiqadan so‘ng Feruza Saidqosimova sheʼr aytib asosiy eshikdan kirib keladi, o‘rtada bir to‘htab, mehmonlar oldidagi eshikdan chiqib ketadi, sheʼr aytilayotgan davrda tanbur navosi jaranglab turadi.


Sheʼr aytilib, tugagach, bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari sho‘x-shodon bayramona ruhda zalga kirib keladi. Ularning saxnasidan so‘ng, boshlovchilarimiz kirib kelib,
1-BOSHLOVCHI :
Ona tilim yurak qatidan
Mexr bo’lib sochilgan jarang


2-BOSHLOVCHI:
Qulog’иmdan go’dak paytimdan
Alla bo’lib singigan ohang
1-BOSHLOVCHI : Assalomu alaykum xurmatli mehmonlar, qadrli hamkasblar va tadbirimiz ishtirokchilari! “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tadbiriga hush kelibsiz, aziz qadrdonlar!

2-BOSHLOVCHI: Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktorining 11-AF Farmoyishiga muvofiq joriy yil 22 sentyabrdan - 22 oktyabrga qadar ramziy oylik o‘tkazilmoqda. Bugun Toshkent shahrida 3 ta O‘zbekiston milliy arxivlari, Toshkent shahar hududiy boshqarmasi va shahar markaziy davlat arxivi xodimlari ishtirokida Respublika tadbirlarini boshlash arafasidamiz.
1-BOSHLOVCHI: Muxtasham tilimizga bag‘ishlangan ajoyib tadbirimizni ochib berish uchun so‘z O‘zarxiv agentligi rahbari Ulug’bek Mirtolipovich Yusupovга beramiz.
(RAXBAR SO‘ZIDAN KEYIN)


2-BOSHLOVCHI : Iliq fikrlaringiz uchun rahmat Ulug‘bek Mrtalibovich, siz rahbarligingizda Agentlik faoliyatiga ham ishtirokchilar nomidan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
(Shu taqdirlash bo‘lishi mumkin. Taqdirlash bo‘lsa, taqdirlashdan so‘ng yana 2 boshlovchi, kurinmasdan, chekkadan turib gapiradi.)
Ming to‘qqiz yuz sakson to‘qqizinchi yil. Mamlakat tanazzul ostonasida, odamlar tahlikada, iqtisodiyot parokanda. O‘zbekiston. Oktyabr. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan Qonun qabul qildi. Tanazzul ostonasidagi mamlakat aholisi dili ochilib, qadri tiklangan kun. Mustaqillikka ilk qadam qo‘yilgan kun keldi.
Raqs musiqasi jaranglaydi.

Firuzaning raqsi (Toshkent shaxar)


Raqsdan so‘ng 2-BOSHLOVCHI. Tadbirimizga mehmonlar tashrif buyurgan.
Tariximdan so‘zlagan ona tilim, taqdirimni bo‘zlagan ona tilim, dunyoga Abdullo Qodirni, Qobilbek Karimbeklarni bergan o‘zbek tilim.
So‘z O‘zbekiston Respublikasi siyosiy sharhlovchisi, andik dunyo akademiyasi akademigi, “Shuhrat medali” sohibi Qobilbek Karimbekovga.
Marhamat.
(Maʼruzadan so‘ng)

1-BOSHLOVCHI: Mehmonjondan aylanay, tilim, doim mehmon kutgan halqimdan o‘rgilay, dilim.
So‘z. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston davlat milliy akademik teatrining zabardast aktyori – Xamid Toshpulatovga.
Marhamat.
(Maʼruzadan so‘ng)

Do‘stlar, keling endi navbatni O‘zbekiston milliy arxivi xodimlari tayyorlagan saxna ko‘rinishiga bersak.


Marhamat
(O‘zMA sahna ko‘rinishi)
2-Boshlovchi:
Bir qo‘shiq tinglasak, tilimda giryon,
Gullar ochilgay biz tomon har yon har yon.
Navbat qo‘shiqqa. Yulduz Abdullayeva. 1 ta kushiq aytadi.
1-boshlovchi: (2-boshlovchiga qarab)
Boya Qodiriylarni bergan o‘zbek tilim dedingiz,
Nodira, Uvaysiy, Zulfiyalarni izlagan тилим....
G‘azal bitib, Uvaysiyni bergan tilim.
Navbat Uvaysiy g‘azaliga – sahnada O‘zbekiston Ilmiy texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi xodimi Malika ....
(nay yoki tanbur ovozi ostida Malika kirib keladi va g‘azal aytiladi.)
 
2-boshlovchi:
Bilasizmi, keyingi yillarda O‘zbek tilining nufuzini oshirishga nafaqat olimlar, adabiyotchilar, balki o‘zimizning soha vakillari, ayniqsa yoshlarimizda qiziqish katta, keling o‘zining izlanishlari bilan o‘rtoqlashmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston Ilmiy texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi xodimi Durdona Salmatovaga bersak.
Marhamat
(Maʼruzadan so‘ng)
1-boshlovchi:

“O‘ynashmagin arbob bilan, arbob urar har bob bilan” shu maqolni yoshligimda tushunmas edim, ko‘rsam bu faqat til bilan bog‘liq ekan. Keling, O‘zbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi xodimlari tayyorlagan sahna ko‘rinishini tomosha qilsak.


Marhamat.
(sahna ko‘rinishidan so‘ng)
2-boshlovchi:
Bilasizmi, til haqida fikrlar ketsa, doim o‘qituvchi muallimlar yodga tushadi. Tabrik so‘z navbati muallimlarimizdan eshitsak. So‘z Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori G. Madraximovaga beriladi.
Marxamat.
(Maʼruzadan so‘ng)
Bugun bayram, “21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni” mamlakatimiz bo‘ylab shu kunlarda bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda, sohamizda bayramni munosib kutib olish, soxada, ayniqsa yoshlar o‘rtasida adabiy til meyoʼrlarini qo‘llash madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Bu ishlarimiz mazmuni kuy-qo‘shiqlarimizda mujassam bo‘lishi kerak.
Keling navbatni yana qo‘shiqqa bersak.
Marxamat – Yulduz Abdullayeva. 3 ta qo‘shiq aytadi. O‘rtaga ishtirokchilar chikib uynaydi.
1-boshlovchi: Raxmat, Yulduz Abdullayeva
Hurmatli mexmonlar va tadbir ishtirokchilari, tadbirimiz yakunlanmaydi, balki O‘zbekiston bo‘ylab davom etadi.
Navaoiyning nazmi ila qanot bog‘lagan,
Boburiyning iztirobin xatga joylagan,
Abdulla Orifda gullagan, yashnagan tilim
Madxiyamdan nur ochgan ona tilim,
Vatanimda shuhrat topgan jonu dilim,
Qadring baland bo‘lsin, O‘zbek tilim.
Muhtasar so‘z, tadbir mezboni Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Dildora Lutpullayevna Ko‘charovaga beriladi.
Download 19.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling