Rejalashtirishni bozor mexanizmlari Reja: Kirish
Download 36.19 Kb.
|
Rejalashtirishni bozor mexanizmlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Rejalashtirish
Rejalashtirishni bozor mexanizmlari Reja: Kirish Bozor sharoitida rejalashtirishning xususiyatlari va vazifasi Korxonada rejalashtirishning mohiyati, maqsadi va qoidalari Korxonalarda rejalashtirish turlari Sanoat korxonasining biznes-rejasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Rejalashtirish — milliy iqtisodiyotning turli darajalarida (mikrodarajada — korxonalar va ularning ayrim boʻlinmalari, shuningdek, korxonalar guruhlari, tarmoklar, sektorlar va mintaqalar miqyosida; makrodarajada — mamlakatning butun iqtisodiyoti miqyosida) ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni tartibga solish va boshqarish shakllari. Joriy, qisqa muddatli (oylik, choraklik, yillik), oʻrta muddatli (5 yillik) va istiqboldagi — uzoq muddatli (10—15 yillik) boʻlinadi. Rejalar tizimi mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning yagona xalq xoʻjaligi rejasi, tarmoklar va mintaqalar rejalari, shuningdek, korxonalar rejalarini oʻz ichiga olgan davlat miqyosida maxsus organlar — Davlat plan (rejalashtirish) qoʻmitasi va ittifokdosh respublikalar Davlat plan (rejalashtirish) qoʻmitalari hamda ularning viloyat, tuman boʻlinmalari ishlab chiqqan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar darajasida biznes rejalar tuzish shaklida ( Biznes reja), kompaniyalar guruchlari darajasida korporativ rejalar shaklida amalga oshiriladi. Bir qator rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda makrodarajada davlat tomonidan tartibga solishning muhim va keng tarqalgan shakli boʻlib keldi. Shuningdek, bu rejalarda bozor subʼyektlarini qoʻyilgan maqsadlarni bajarish, rejali indikatorlar (koʻrsatkichlarni amalga oshirish) sari yoʻnaltirilgan iqtisodiy stimullar tizimi, daromadlar va bandlik, soliklar boʻyicha bevosita va bilvosita dastaklari ham keltiriladi. Bu umumiy rejalar tizimi, shuningdek, milliy iqtisodiyotning ayrim sektorlari va tarmoqlarini rivojlantirish rejaprognozlarini ham oʻz ichiga oladi. Reja boʻyicha tanlangan ustuvorliklarni moliya va sanoat guruhlari, tadbirkorlar uyushmalari, kasaba uyushmalari va boshqa manfaatli guruhdar bilan kelishib olish tartibi indikativ R.ning tarkibiy unsuri hisoblanadi. Xuddi shu mexanizmlar muayyan davr davomida davlat boshqaruvidagi bunday shaklning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini taʼminladi. 70-yillarning oʻrtalaridan boshlab boshqarishni markazlashtirmaslik jarayonlari taʼsirida indikativ R. tizimi parchalanib ketdi va uning oʻrniga uzoq muddatli strategik rejalashtirish usuli qaror topdi. Davlatning R. faoliyatida davlat buyurtmalari (qarang Davlat buyurtmasi), kontraktlar tizimi vositasida amalga oshiriladigan biron-bir tarmoqni rivojlantirishga doir umumiy va maxsus davlat dasturlari hamda loyihalari — dasturlar boʻyicha boshqarish markaziy oʻrinni egalaydi. Mas, Fransiyada umummilliy 5 yillik rejalar aksariyat holatda tadqiqot harakteriga ega. Uning tarkibiy qismi sherik hamkorlar — tadbirkorlar, markaziy va mahalliy hokimiyat organlari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoatchilik intlari tomonidan birgalikda moliyalashtirishni nazarda tutadigan loyihalardan iborat. Yaponiyada 5 yillik rejaning mohiyatini kelajak davrda mamlakatni ijtimoiyiktisodiy rivojlantirishning konsepsiyasi tashkil etadi. Oʻzbekistonda ham xukumat tomonidan Iqtisodiyot vazirligi va boshqa vazirliklar va idoralar ishtirokida strategik rejalashtirish tizimini barpo etish, shuningdek, mamlakatni ijtimoiyiktisodiy rivojlantirishning 10—15 yilga moʻljallangan uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlari olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi (2003), Oʻzbekiston Respublikasi aholisini 2010-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi (1995) va boshqa oʻrta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqilgan. Oʻzbekistonda davlataksiyadorlik korxonalarining rejalari negizini davlat buyurtmasi tizimi tashkil etadi. Download 36.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling