“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman
Download 37 Kb.
|
Yurtimizda amalga oshirilayotgan ezgu islohotlarning barchasi xalqimiz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyoqarashni nima o‘zgartiradi – ilm, daromad, manfaat.
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman. “Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman.Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash — odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.Dunyoqarashni nima o‘zgartiradi – ilm, daromad, manfaat.Agar hozir (biron narsani) bilmasalaring, uyat emas! Kurslarga boringlar, 2-3 oymi, o'rganinglar. Agar bugun o'rganmasak, ertaga kech bo'ladi!Yurtimizda amalga oshirilayotgan ezgu islohotlarning barchasi xalqimiz kelajagini, manfaatlarini ko’zlab amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida”gi qarori (5.06.18) ham ana shu islohotlarning bir bo’g’ini sifatida qalbimizni g’ururga to’ldiradi. Ayniqsa, qarorning 7-bandidagi “oliy ta’lim muassasalariga professor-o’qituvchilar tarkibiga ishga qabul kilish tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining a’zolari ishtirokida sinov dvrsi o’tkazish natijalari bo’yicha ushbu majlisning tavsiyasiga ko’ra amalga oshirilishi” belgilab berilgani e’tiborlidir. Bu yoshlarning mas’uliyatini oshirish bilan birga ilmga tasodifan kirib kelish,savodsizlikning oldini olishag yordam beradi. “Ustoz-shogird”tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilarining faol ishtiroki ta’lim sifatini oshirishga, jahon xamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egallayotgan mustaqil O’zbekistonimizning buyuk kelajagini qurishda, shubhasiz, zarur deb o’ylayman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Oxirgi yillarda o‘sib kelayotan avlodga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi tuzildi. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil etilib, 30 iyun Yoshlar kuni deb e’lon qilindi. Hozirda Ittifoqning 7 million 690 ming nafar a’zosi mavjud. Joylarda 8 nafar yosh avlod vakillari hokim o‘rinbosari etib tayinlangan. Yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 9 nafar yigit-qiz saylangan, mahalliy kengashlarda g‘alaba qozonganlarning qariyb 10 foizini yoshlar tashkil etadi. – Yoshlar orasida “Men Sizning yoningizda turib, kamarbasta bo‘laman!” deb ko‘zi yonib turgan, bilimli, jasoratli yigit-qizlar borligiga ishonaman. Yetakchilikning, o‘z ortidan ergashtirishning eng to‘g‘ri yo‘li shaxsiy o‘rnak va namuna bo‘lishdir, – dedi Prezident. Uchrashuvda yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Yurtimizda yosh rahbarlarni saralaydigan, ularning layoqatiga mos lavozimlarni taklif etadigan samarali mexanizm mavjud emasligi aytib o‘tildi. Globallashuv sharoitidagi xavf-xatarlar va mafkuraviy xurujlar haqida so‘z borar ekan, Prezident ma’rifatparvar bobomiz Fitratning “Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”, degan so‘zlarini yodga oldi. Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi. Besh tashabbusning har bir yo‘nalishini tuman va shaharlarda tizimli amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi. O‘tgan yili mamlakatimizda buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgan edi. Davlatimiz rahbari ushbu tajriba asosida fizika bo‘yicha Ahmad Farg‘oniy, kimyo fani bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy, biologiya bo‘yicha Abu Ali ibn Sino, astronomiya bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek nomlaridagi xalqaro fan olimpiadalari tashkil etish taklifini ilgari surdi. Yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligi tashkil etish tashabbusi yig‘ilganlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. O‘sib kelayotgan avlod auditoriyasiga yo‘naltirilgan tele- va radiokanallar, bosma nashrlarni birlashtirib, “Yoshlar media xoldingi” tashkil etish taklifi ham bildirildi. – Yangi O‘zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi, – deya ta’kidladi Prezident. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda navqiron avlod vakillari o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Davlatimiz rahbari ularning takliflari bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Yig‘ilishni videokonferensiya orqali mamlakatimizning barcha hududlaridagi yoshlar kuzatib bordi. Download 37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling