Агар рессоранинг ўртасига бирор юк m массали юк қўйилганда унинг статик эгилиши h


Qayishqoqlik kuchining ishi. Deformatsiyalangan jismning energiyasi


Download 120.34 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi120.34 Kb.
#1070291
1   2   3   4
Bog'liq
Масала

Qayishqoqlik kuchining ishi. Deformatsiyalangan jismning energiyasi
4.51. Uzunligi l=1 m va ko’ndalang kesimining yuzasi S=1 sm2 bo’lgan po’lat tayoqchani x=1 mm ga cho’zish uchun qanday A ish bajarish kerak?
4.52. Prujinani x=1 sm ga siqish uchun F=10 H kuch qo’shish kerak. Agar kuch siqishga proporsional bo’lsa, prujinani x=10 sm ga siqish uchun qanday A ish bajarish kerak?
4.53. Bikrligi k=10 kH/m bo’lgan prujina F=200 H kuch bilan siqilgan. Shu prujinani yana qo’shimcha x=1 sm ga siqishda tashqi kuchlar bajaradigan ish A aniqlansin.
4.54. Bikrligi k=1 kH/m bo’lgan prujina x1=4 sm ga siqilgan. Prujinaning siqilishini x2=18 sm gacha orrtirish uchun qanday A ish bajarish kerak?
4.55. Prujinaning yuqori uchida turgan taxtacha ustiga qo’yilgan qadoqtosh prujinani x=2 mm ga siqadi. Prujina uchiga h=5 sm balandlikdan tushgan shu qadoqtoshning o’zi prujinani qanchagacha siqadi?
4.56. m1=10 g massali o’q zatvorining massasi m2=200 g bo’lgan avtomatik to’pponcha sitvolining og’zidan v=330 m/c tezlik bilan uchib chiqadi. To’pponchaning zatvori stvolga bikrligi k=25 kH/m bo’lgan prujina bilan siqiladi. Otishdan keyin zatvor qanday l masofaga suriladi? To’pponcha qattiq x=mahkamlangan deb hisoblansin.
4.57. Bikrliklari k1 =0,3 kH/m va k2=0,5 kH/m bo’lgan ikki prujina ketma ket biriktirilgan va shunday cho’zilganki, ikkinchi prujinaning x absolyut deformatsiyasi 3 sm ga teng. Prujinalarni cho’zishda bajarilgan ish A hisoblansin.
4.58. Bikrligi k=100 kH/m bo’lgan prujina x1=4 sm ga cho’zilgan. Quyidagi kuch kamaytira borilib, prujinaga boshlang’ich holatiga (cho’zilmagan) qaytishga imkoniyat berildi. So’ngra prujinani x2=6 sm ga siqildi. Bunda tashqi kuch bajargan ish A aniqlansin.
4.59. m=3.9 kg massali po’lat tayoqcha o’z boshlang’ich uzunligining x=0,001 qismiga cho’zilgan. Cho’zilgan tayoqchaning patensial energiyasi P topilsin.
4.60. Uzunligi l=2 m va ko’ndaland kesim yuzasi S=2 sm2 bo’lgan temir tayoqcha muayyan kuch bilan cho’zilmoqda va bunga cho’zilish x=0,4 sm ga teng. Cho’zilgan tayoqchaning potensial energiyasi P va energiyaning hajmiy zichligi w hisoblansin.
4.61. Uzunligi l=2 m va ko’ndalang kesim yuzasi S=2 sm2 bo’lgan po’lat tayoqcha F=10 kH kuch bilan cho’zilmoqda. Cho’zilgan tayoqchaning potensial energiyasi P va energiyaning hajmiy zichligi w topilsin.
4.62. Bikrliklari k1=1 kH/m va k2=3 kH/m bo’lgan ikki prujina parallel biriktirilgan. Shu tizimning absolyut deformatsiyasi x=5 sm bo’lgan holdagi potensial energiyasi aniqlansin.

Download 120.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling