4.63. m=10 g massali sharcha prujinasi x=5 sm ga siqilgan prujinali to’pponchadan qanday v tezlik bilan uchib chiqadi? Prujinaning bikrligi k=200 H/m.
4.64. Prujinali qurolning prujinasi x1=20 sm ga siqilgan. Tepki otish holatiga keltirilganda uni yana x2=30 sm ga siqdilar. Agar prujinaning bikrligi k=120 H/m bo’lsa, massasi m=50 g bo’lgan o’q quroldan qanday v tezlik bilan uchib chiqadi.
4.65. m=12 t massali vagon v=1 m/c tezlik bilan harakatlanayotgan edi. U prujinali buferga urilib, buffer prujinasini x=10 sm ga siqib to’xtadi. Prujinaning bikrligi k topilsin.
4.66. Po’lat tayoqcha shunday cho’zilganki, tayoqcha materialidagi kuchlanish б=300 mPa bo’lgan. Cho’zilgan tayoqcha potensial energiyesining hajmiy zichligi w topilsin.
4.67. Po’lat tayoqchaning uzunligi l=2 m va ko’ndalang kesimining yuzasi S=10 mm2 . Tayoqning yuqori uchi qo’zg’almas qilib mahkamlangan. Tayoqning o’rtasidan teshilgan m=10 kg massali yuk kiydirilgan (4.10-rasm). Yuk h=10 sm balandlikdan tushib,tirgakda tutilib qoladi. 1) Yuk urilganda tayoqning cho’zilishi x; 2) Bunda tayoq materialida vujudga keladigan normal kuchlanish б topilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |