Agar struktura bir hil kattalikdagi tiplardan tuzilgan bo'lsa, uning nomi massiv (array) deyiladi. Massivlar dasturlashda eng ko'p qo'laniladigan ma'lumot tiplaridir
Download 39.92 Kb.
|
1-dasturlash m i
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI Mustaqil ish Guruh: DI 12-22 Bajardi: Xasanov karim Massivlarni tashkil etish REJA: 1.Masssiv nima. 2.Bir o`lchamli massivlar bilan ishlash 3.Massivga doir misol Agar struktura bir hil kattalikdagi tiplardan tuzilgan bo'lsa, uning nomi massiv (array) deyiladi. Massivlar dasturlashda eng ko'p qo'laniladigan ma'lumot tiplaridir. Bundan tashqari strukturalar bir necha farqli tipdagi o'zgaruvchilardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Buni biz klas (Pascalda record) deymiz. Masalan bunday strukturamiz ichida odam ismi va yoshi bo'lishi mumkin. Bu bo'limda biz massivlar bilan yaqindan tanishib o'tamiz. Bu bo'limdagi massivlarimiz C uslubidagi, pointerlarga (ko'rsatkichlarga) asoslan strukturalardir. Massivlarning boshqa ko'rinishlarini keyingi qismlarda o'tamiz. Massivlar hotirada ketma-ket joylashgan, bir tipdagi o'zgaruvchilar guruhidir. Dasturda ikki asosiy tur ma'lumot strukturalari mavjuddir. Birinchisi statik, ikkinchisi dinamikdir. Statik deganimizda hotirada egallagan joyi o'zgarmas, dastur boshida beriladigan strukturalarni nazarda tutamiz. Dinamik ma'lumot tiplari dastur davomida o'z hajmini, egallagan hotirasini o'zgartirishi mumkin. Alohida bir o'zgaruvchini ko'rsatish uchun massiv nomi va kerakli o'zgaruvchi indeksini yozamiz. C++ dagi massivlardagi elementlar indeksi har doim noldan boshlanadi. Massiv bir o`lchamli deyiladi, agar uning elementiga bir indeks orqali murojaat qilish mumkin bo`lsa. Bir o`lchamli massivni e`lon qilish quyidagicha bo`ladi: 1) float a[5]; 2) int m[6]; 3) bool b[10]; 1) a elementlari haqiqiy sonlardan iborat bo`lgan, 5 ta elementdan tashkil topgan massiv. Indekslari esa 0 dan 4 gacha bo`lgan sonlar float a[5]; Massiv a[0] a[1] a[2] a[3] a[4] elementilari qiymati 4 -7 15 5.5 3 2) m elementlari butun sonlardan iborat bo`lgan, 6 ta elementdan tashkil topgan massiv. Indekslari esa 0 dan 5 gacha bo`lgan sonlar. int m[6]; Massiv m[0] m[1] m[2] m[3] mas2[4] mas2[5] elementilari qiymati 2 -17 6 7 13 -3 3) b elementlari mantiqiy qiymatlardan (true, false ) iborat bo`lgan 10 ta elementdan tashkil topgan massiv. Indekslari esa 0 dan 9 gacha bo`lgan Odatda massivlar zarurat, katta hajmdagi tartiblangan, lekin chekli elementlarga oid masalalarni hal etishda yuzaga keladi. Dastur ishlatilishi davomida massivlar aniq nomga ega bo’lishi va uning elementlari ma’lum bir turda bo’lishi kerak. Bir o’lchovli massivlar kompyuter xotirasiga quyidagi shaklda saqlanadi Massiv tarkibida elementlar mavjud bo’ladi. Massivning eng ko’pi bilan ketishi mumkin bo’lgan elementlar soni uning o’lchamini bildiradi. Massivning elementi turgan o’rni uning indeksi deyiladi. Massivning elementiga uning indeksi orqali murojaat qilinadi. Massivning indeksi sifatida butun sonlar xizmat qiladi. Har bir massiv o’zining individual nomiga ega bo’lishi kerak, ya’ni bir xil nomdagi massivlar bo’lmaydi. Ularning nomi oldin e’lon qilingan oddiy o’zgaruvchi nomi bilan ustma-ust tushmasligi kerak. Massiv elementlariga murojaat qilish oddiy o`zgaruvchilarga murojaat qilishdan biroz farq qiladi. Massiv elementiga murojaat qilish uning indeksi orqali bo`ladi. a[1] = 10; a massivining 1 – elementi 10 qiymat o’ zlashtirsin; cin >> a[2]; a massivining 2 – elementi kirtilsin; cout << a[3]; a massivining 3 – elementi ekranga chiqarilsin; Massivni e'lon qilishda uning elementlariga boshlang'ich qiymat berish mumkin va buning bir nechta usuli mavjud. 1) O'lchami ko'rsatilgan massivni to'liq initsializatsiyalash. int k[5] = { 2, 3, 7, 8, 6}; Bu yerda 5 ta elementdan iborat bo'lgan k massivi e'lon qilingan va massivning barcha elemantlariga boshlang'ich qiymat berilgan. 2) O'lchami ko'rsatilgan massivni to'liqmas initsializatsiyalash. int k[5] = { 2, 3, 7 }; Bu yerda 5 ta elementdan iborat bo'lgan k massivi e'lon qilingan va massivning dastlabki 3 ta elemantlariga boshlang'ich qiymat berilgan. 3) O'lchami ko'rsatilmagan massivni to'liq initsializatsiyalash. int k[] = { 2, 3, 7, 8, 6}; Shuni takidlash lozimki, agar massiv o'lchami ko'rsatilmasa, uni to'liq initsializatsiyalash shart. Bu xolda massiv o'lchami kompilyatsiya jarayonida massiv elementlari soniga qarab aniqlanadi. Bu yerda massiv o'lchami 5 ga teng. 4) O'lchami ko'rsatilgan massivning barcha elementlariga boshlang'ich qiymat 0 berish: int k[5] = { 0 }; Massiv - bir xil ma'lumot turiga ega bo'lib bir nechta o'zgaruvchini har birini alohida e'lon qilish o'rniga. Bir o'zgaruvchiga bir nechta qiymat saqlash uchun ishlatiladi. Massiv e'lon qilishda o'zgaruvchi turini aniqlang va shu bilan birga unga saqlanadigan element turlarini aniqlang. stringmassiv4]; Endi biz to'rta qiymatni o'ziga saqlash uchun mujjallangan massivni e'lon qildik. unga qiymat yuklash uchun qiymatlarni virgul bilan ajratib figurniy qavus ichida yoziladi. Quyidagiga e'tibor bering. stringmassiv[4]] = {"Master", "Sherkulov", "CPP", "course"}; Uchta butun sondan iborat qator yaratish uchun siz quyidagicha yozingiz zarur bo'ladi. int myNum[3] = {913, 15, 96}; Download 39.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling