Agar temir ishlatilmasa, zanglaydi, agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi, agar
Agar temir ishlatilmasa , zanglaydi, agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi, agar
Download 39.57 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqOT VA SIFAT 30 TALIK....
Agar temir ishlatilmasa , zanglaydi, agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi, agar
kishi fikrlamasa, aqlida ham shunday holat yuz beradi. 15. Kitobxon yoshlik haqida,sevgi,quvonch,baxt va erkinlik haqida yuzlab kitob mutolaa etsa ham,bu uning g`ashiga tegmaydi.Gapda nechta shakldosh bo’la oladigan ot yasovchi qo`shimcha bor. A)5 B)4 C)7 D)6 16. O'lmaslikka ishora - o'langa oshiqligim, Saodatga ishora — zamonga oshiqligim, Teranlikka ishora - ummonga oshiqligim, Go'zallikka ishora - bo‘stonga oshiqligim - Bahor, ketma mening bog'imdan. (To‘ra Sulaymon Ushbu she’riy parchada nechta ot yasovchi morfema bor? A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta 17. Qaysi gapda –lar qo`shimchasining umumlashtirish ma`nosini anglatishiga misol keltirilgan? A) Nigora Saidlarnikiga kirganda uyning chirog`i yoqilgan edi B) Ey farzandlar – g`unchalar sizga mehrim shunchalar C) Barcha hayvonlar o`z ov qilish usuliga ega. D) Ko`zlarim hali harf tanimas edi. 18. Nomardlarda yolg`izlik, yomonlik, ojizlik, makkorlik, hasad, adovat, tubanlik, noinsoflik kabi sifatlarni uchratish mumkin. Gapdagi mavhum otlarning nechtasi yasama? A) 9 B) 6 C) 7 D) 5 19. Har ikkala qismi ham yasama so‘zdan hosil bo‘lgan juft sifatlar ko‘rsatilgan qatorni aniqlang. 1) ilmiy-ommabop; 2) aqlli-hushli; 3) uyma-uy; 4) meva-chevali; 5) qishin-yozin A) 2, 4, 5 B) 1, 2, 5 C) 1, 3, 5 D) 1, 2. 20. Yasalish asosi sifat bo‘lgan fe’l ishtirok etgan gapni toping. A) Ishdan kelgach, nari-beri tamaddi qilib, uyiga o‘tib bordim. B) Bir mahal yo‘l kengayib ketdi. C) Mo‘ysafid gullarni shiyponga qo‘yib, mehmonlar bilan ko‘risha ketdi. D) Shuni ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, farovon hayotga faqat mehnat bilan erishish mumkin. 21. Sifat+ot qolipidagi joy nomini bildiruvchi so‘zlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Issiqko‘l; 2) Yangiobod; 3) Yangiyer; 4) Atirgul; 5) Kichik Osiyo; 6) Oltiariq; 7) Yangibozor; 8) O‘rta Chirchiq; 9) Mehnatobod A) 1, 3, 6, 7, 8, 9 B) 1, 2, 4, 5, 8 C) 1, 2, 3, 5, 8, 9 D) 1, 3, 5, 7, 8 22. Quyida berilgan so‘zlarning nechtasidan sifat yasovchi qo‘shimcha bilan omonim bo‘la oladigan qo‘shimcha yordamida ot yasash mumkin? arava, o‘yin, yosh, kech, oqshom, tayan, bos A) to‘rttasidan B) oltitasidan C) beshtasidan D) yettitasidan 23. Ham ot, ham sifat yasovchi shakldosh qo‘shimchalarni aniqlang. A) -kash, -ch, -la B) -qi, -choq, -in C) -li, -kash, -im D) -lik, -zor, -ar 24. Ot va sifat yasovchi sifatida omonim bo‘la oladigan so‘z yasovchi qo‘shimcha qatnashmagan gapni aniqlang. A) Qaqrab yotgan cho‘llar bag‘ri mevazorga aylandi. B) Bilimdon va tadbirkor yoshlar Vatanimizning kelajagi sanaladi. C) Kechki salqinda biroz sayr qildik. D) Hunar ado bo‘lmas boylikdir. 25. Har ikki qismi ham omonim xarakterga ega bo‘lgan so‘zlardan tashkil topgan juft otlar ko‘rsatilgan javobni toping. 1) ochko‘z; 2) qo‘y-qo‘zi; 3) yor-do‘st; 4) uzuq- yuluq; 5) gul-chechak A) 2, 3, 5 B) 1, 3, 4 C) 3, 5 D) 2, 4, 5 26. Grammatik ko`plikni ifodalay oladigan so`z qatorini toping. A) Jamshid B) havas C) bank D) quyosh 27. Qaysi javobda asliy sifat(lar) ishtirok etgan? A) Xonaga beqasam to‘n kiygan do‘ppili kishi kirib keldi. B) Shohi ro‘molli ayol bilan ko‘rishdi. C) Bugungi ishni ertaga qo‘yma! D) Achchiq savol berib, shirin javob kutma 28. - Men ko‘rganman osmonlarning tinig‘ini, Toshlar tegdi, terib oldim sinig‘ini. Beshikdagi go‘daklarga tig‘ sanchdilar, Shunda bildim mardlaringning qilig‘ini. Fonetik o‘zgarishga uchragan yasama so‘zlar sonini aniqlang. A)3 B) 2 C) 4 D) 1 29. Qaysi gapda ham asliy, ham nisbiy sifatlar ishtirok etgan? A) Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish uchun xalq mafkuraviy jihatdan qurollangan bo'lmog'i kerak. B) Xonaga do'ppili kishi kirib, oilaviy masala bo'yicha ishi borligini aytdi. C) O'ymakor gullari bilinmaydigan darajada o'chgan, qo'sh tabaqali eski eshikka kiramiz. D) Baqqol amaki o'zi pakana-yu, lekin yuzi katta, peshonasi keng, iyagi kalta odam. 30. Quyidagilardan yasalish asosi va yasalma bir so‘z turkumi doirasida bo‘lmagan yasama so‘zlar sonini aniqlang. itoatkor, tinchlik, notekis, uzviy, g‘allakor, oqarmoq, savala, bura A) 5 ta B) 7 ta C) 4 ta D) 6 t Download 39.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling