Panel asm-rr w/h inr rh 26315935 (o‘ng tomon)
Download 15.18 Kb.
|
XULOSA1
XULOSA Bir oy mobaynida Cilimit control korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdim, shu bilan birga korxonadagi mavjud shart-sharoitlar, yutuq va kamchiliklar bilan ham tanishib chiqdim. Korxonada ishchilar uchun yetarlicha qulayliklar yaratilgan bo‘lib, jumladan har bir ishchiga ish jarayoni uchun kiyim-bosh, qo‘lqop, himoya ko‘zoynagi, fartuk berilgan. 1-smena ish vaqti ertalab soat 8:00 da boshlanib, 10:00 da ishchilar uchun 10 daqiqa dam olish vaqti beriladi, bu dam olish vaqtida ishchilarga 1 stakandan sut berilar ekan. Ishchilar dam olish vaqtida o‘z xohishlariga ko‘ra yengil tamaddi qilib olishlari ham mumkin. 12:00 dan 13:00 gacha tushlik vaqti. Ishchilar 15:00 da yana 10 daqiqalik tanaffusga chiqishadi. Agar ish 11 soatlik qilib belgilangan bo‘lsa ishchilar 17:00 da yengil tamaddi qilib olishadi. Ishchilarga namoz ibodatini ado etishlari uchun ham sharoitlar mavjud. Men amaliyotni asosan sifat nazorati bo‘limida o‘tkazdim. Bu bo‘lim detallarning sifatini tekshirish bilan shug‘ullanadi. Har kuni har bir ishlab chiqarilayotgan maxsulotlardan ixtiyoriy 3 tasi tanlab olinib ularni Checking Ficture (C/F) larga maxkamlab ularning aniqlik va sifat darajasi tekshiriladi. Agar detalning sifat darajasi tushib ketsa tegishli chora tadbirlar ko‘riladi. Qolgan tayyor mahsulotlar poletalarga (arava) terilgach ularning sifati ya‘ni payvand nuqtalar soni va sifati, bolt-gaykalarning borligi va ularning rezba va payvand nuqta sifati, detallarda yoriqlarning yo‘qligi ko‘zdan kechirilib, poletaga maxsulot kodi yozilgan yorliq solinadi va unga sifat nazorati hodimlari tomonidan muhr bosilib buyurtmachiga yetkazish uchun yuk mashinalariga yukalanadi. Bu korxonada ishlab chiqarilayotgan har bir maxsulotning kodi mavjud bo‘lib ular quyidagicha markalanadi: PANEL ASM-RR W/H INR RH 26315935 (o‘ng tomon); PANEL ASM-RR W/H INR LH 26315934 (chap tomon); PANEL ASM-FRT W/H-RH 52167188 (o‘ng tomon); PANEL ASM-FRT W/H-LH 52167189 (chap tomon); PANEL ASM-FLR PNL TUN 26300542; BAR ASM – F/END UPR TIE 26356045; PANEL ASM-R/END NB 26311967. Detallarning sifat ko‘rsatkichini aniqlashda detal C/F ga mahkamlanib, har bir elementlari berilgan kolibrlar bo‘yicha tekshiriladi. Bu tekshirish jarayoni 3 koordinata bo‘yicha amalga oshiriladi, ular TL – X o‘qi bo‘yicha qochishi; BL – Y o‘qi bo‘yicha qochishi; WL – Z o‘qi bo‘yicha qochishi. Agar detal qismining sifati qoniqarli bo‘lsa yoki berilgan chetlanishdan tashqariga chiqmagan bo‘lsa “OK”, yoki aksincha detal elementining sifati berilgan chetlanishdan chiqib ketgan bo‘lsa unga tegishli joyga “NOK” yoki “NG” belgisi yoziladi. Tekshuruv natijalari quyida berilgan hujjatlarga yozib boriladi va ulardagi “OK” va “NG” larning sonidan kelib chiqib ushbu detalning aniqlik darajasi hisoblab yoziladi: Download 15.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling