Agnostitsizm,skeptitsizm,nigilizmning umumiy va o'ziga xos xususiyatlari
Download 392.21 Kb.
|
15.15.15
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agnostitsizm
Bilish ob’ektining cheksizligini, nihoyasizligini, hodisalar ichki mohiyatining tubsizli-gini mutlaqlashtirish Agnostitsizmning gnoseologik ildizlariga kiradi. Haqiqatda, har qanday narsani bir qarashda, bir zumda har taraflama bilib boʻlmaydi, uni bilib olish uchun muayyan vaqt kerak boʻladi. Shuningdek, har qanday narsani va uning mohiyatini bilib olishimiz uchun yordamchi qurol va vositalarning qay darajada takomillashganligi jiddiy ahamiyatga ega.
Bizga nisbatan keyingi avlodlarimizning tajribalari yanada boyib, takomillashib boradi va natijada ular bizlarga nisbatan koʻproq narsalarni biladi. Biz sezgi a’zolarimizning bilish imkoniyati yetmagan ob’ektlarni aql va tafakkur kuchi bilan bilib boramiz. Bilish shu tarzda yaxlit va uzluksiz jarayondir. Inson aql-tafakkuri fan va amaliyetni taraqqiy ettirishga, bilish va izlanish vositalarini takomillash-tirishga yoʻl ochadi.
Agnostitsizm teologiya, oʻlimdan soʻnggi hayot, xudo kabi metafizik mavzularga oid ma’lum iddaolarning haqiqiy yechimini bilish ilojsiz ekanini ta’kidlovchi falsafiy dunyoqarashdir. Bunga sabab sifatida obyektiv reallikni oʻrganish doim subyektiv bilish orqali kechishi koʻrsatiladi. Odatda agnostitsizm xudoning mavjudligi yoki emasligi masalasiga oid dunyoqarashga aytiladi. Agnostitsizm dunyoqarashiga ega shaxs agnostik deyiladi. Aksar agnostiklar ateistlar bilan bir qatorga qoʻyilsada, ba’zi agnostiklar teist boʻlishlari ham mumkin.
Download 392.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling