II. Asosiy qism
2.1. Agrar munosabatlar islohoti
Ilmiy adabiyotlar va doiralarda ko`proq agrar sektor deb ataluvchi qishloq xo`jaligi O`zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmog`i hisoblanadi. 2000 yilda unga mamlakat yalpi ichki mahsulotlarining 30 foizi, respublika aholisining 63 foizi va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ish bilan band bo`lganlarning 35 foizga yaqini to`g`ri keldi. Ayni vaqtda sanoat ishlab chiqarishning paxta tozalash, to`qimachilik,
yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, kimyo sanoati, qishloq xo`jalik mashinasozligi kabi bir qator tarmoqlarning iqtisodiy ahvoli va istiqbollari ham hal qiluvchi darajada qishloq xo`jaligi bilan bevosita bog`liq. Qolaversa, agrar sektor mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikning ham muhim omili bo`lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |