Agrar islohatlarning olib borilishi va qishloq xo’jaligini rivojlanishi Reja I. Kirish


Download 204.72 Kb.
bet5/8
Sana05.01.2022
Hajmi204.72 Kb.
#224931
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Agrar islohatlarning olib borilishi va qishloq xo

Shu munosabat bilan agrar munosabatlarni tubdan o`zgartirish, ya`ni isloh qilish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustivor yo`nalishi deb tan olingan.

Islohotlarning birinchi bosqichida asosiy boyligimiz bo`lgan yerga munosabatni o`zgartirish yetakchi yo`nalish hisoblandi. Chunki O`zbekiston xalqining farovonligi, turmush darajasi va kelajagi ko`p jihatdan yerdan foydalanish munosabatlarini ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti tizimiga qay darajada mosligiga bog`liq.

Rejali iqtisodiyot tizimi hukmronlik qilgan davrda mamlakatimiz qishloq xo`jaligini boshqarish tizimi haddan tashqari markazlashib ketgan va xo`jalik yuritish usullari zamon talablariga mutlaqo javob bera olmay qolgan edi. Qishloq xo`jaligida amalda ikkita - davlat va nodavlat sektorlari mavjud bo`lib, ularning birinchisiga sovxozlar va ikkinchisiga kolxozlar (jamoa xo`jaligi deb ataluvchi korxonalar) kirar edi. Lekin aslini olganda, nodavlat sektorni boshqarishda ham davlatning ishtiroki talaygina edi, desak xato bo`lmaydi. 1991 yilda barcha qishloq xo`jalik mahsulotlarining 37 foizi davlat sektoriga va qolgan qismi nodavlat sektoriga to`g`ri kelar edi.

Eng achinarli ahvol shundan iborat ediki, xalqning asosiy boyligi bo`lgan yerning bir qismi davlat mulki va ikkinchi qismi kolxoz-kooperativ mulki hisoblanar va pirovard natijada yerdan bevosita foydalanuvchi dehqonlar uning haqiqiy egasi emas edi. Shu sababli qishloq xo`jaligidagi iqtisodiy munosabatlar tizimini qayta qurish va ularni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish zarur edi.

Buning uchun birinchi navbatda qishloq xo`jaligida tarkib topgan sovxozlar va kolxozlarni mulkchilikning boshqa (xususiy) shakllariga asoslangan xo`jaliklarga aylantirish dasturi amalga oshirildi. Ishlab chiqilgan tamoyillarga binoan islohotlarning dastlabki davrida davlat xo`jaliklarini jamoa (shirkat), kooperativ, aktsiyadorlik jamiyatlari va xususiy mulkchilikning boshqa shakllariga o`tkazish jarayoni amalga oshirildi. Islohotlarning keyingi bosqichida respublika hukumatining tegishli qarori asosida qishloq xo`jalik korxonalarini shirkat va fermer xo`jaliklariga aylantirish ishlari avj oldirildi. 2001 yilning birinchi choragida shirkatlar soni 1800 tadan, fermer xo`jaliklarining soni 47 mingdan oshdi. Shu vaqtga kelib 1,8 mln dehqon xo`jaliklari ro`yxatdan o`tkazildi. Dehqon xo`jaliklariga ajratilgan yer maydonlari o`rtacha bir xo`jalikka 0,16 ga.ni tashkil etgan bo`lsa, fermer xo`jaliklariga berkitilgan yer o`rtacha bir xo`jalikka 20,2 gektarga to`g`ri keldi.

Qishloq xo`jaligidagi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdan ko`zlangan asosiy maqsad yerni chinakam egasiga topshirish orqali uning yerga bo`lgan munosabatini tubdan o`zgartirish va pirovard natijada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir. Bu degani kamroq sarf-xarajatlar hisobiga ko`proq mahsulotlar yetkazishdir. Yurtboshimiz I.Karimov ta`kidlaganlaridek, dehqon to`q bo`lsa, mamlakat boy bo`ladi. Axir rivojlangan mamlakatlarda ishga yaroqli aholining 4-5 foizigina qishloq xo`jaligida mehnat qilsa, bizda hanuzgacha bu ko`rsatkich 40 foizdan yuqorini tashkil qiladi.

Bundan chiqadigan xulosa shundan iboratki, qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish asosida ishlab chiqarish samaradorligini keskin oshirish yaqin kelajakda davlat iqtisodiy siyosatining muhim va ustivor yo`nalishi bo`lib qolaveradi.

Biz bu yerda "yaqin kelajak" iborasini ishlatdik. Shuning uchun o`quvchida "bu ishlarni kelajakka qoldirmay, tezroq hal qilish mumkin emasmi?" degan savol tug`ilishi tabiiy. Masalaning mohiyati shundaki, iqtisodiyot uchun ahamiyati nihoyatda katta bo`lgan qishloq xo`jaligida davlatning tutgan o`rni ham katta. Jumladan, davlat qishloq xo`jalik mahsulotlariga buyurtmalar beradi, shu bilan bir qatorda uni moddiy-texnik resurslar, ya`ni o`g`itlar, kimyoviy moddalar, urug`, mashina va uskunalar bilan ta`minlash va suv xo`jaligini moliyalashtirishda yordam beradi. Agrar sektorni qo`llab-quvvatlash maqsadida davlat unga kreditlar berish va soliq undirishda turli imtiyozlar yaratadi.


Download 204.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling