Agrar qo`shma fakulteti mevachilik va sabzavotchilik


AMALIY MA’LUMOTLARNI YIG‘ISH VA QAYTA ISHLASH


Download 122.45 Kb.
bet8/12
Sana17.06.2023
Hajmi122.45 Kb.
#1544065
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
14 03 2023 КУРС ИШИ Anor yetishtirish fanidan услубий курсатма

AMALIY MA’LUMOTLARNI YIG‘ISH VA QAYTA ISHLASH.

Amaliy ma’lumotlarni yig‘ishda tadqiqot obyektining hisobotlaridan, ilmiy-amaliy anjumanlar materiallaridan, sotsiologik tadqiqotlardan foydalaniladi. Bundan tashqari tanlangan mavzu bo‘yicha mustaqil sotsiologik tadqiqotlar, kuzatishlar, so‘roq o‘tkazish va iqtisodiy hisoblash ham muhim ahamiyatga ega.
Turli ko‘rsatkichlarning dinamikasini tahlil qilish uchun bir necha yillik kerakli ma’lumotlarni yig‘ish talab qilinadi.
Yig‘ilgan ma’lumotlarni alohida bo‘limlar va paragraflar bo‘yicha taqsimlash va shundan keyingina ularni har bir bo‘lim va paragraf maqsadi va vazifalariga mos ravishda qayta ishlashga kirishish maqsadga muvofiqdir.



  1. KURS ISHIGA RAHBARLIK QILISH.

Kurs ishiga umumiy metodik rahbarlikni ilmiy rahbar amalga oshiradi. Ilmiy rahbarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- kurs ishiga vazifa berish;
- kurs ishi tuzilishi va rejasini ishlab chiqishda yordam berish;
- mavzu bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni, ma’lumotnomalarni tanlashda yordam berish;
- birgalikda tadqiqot obyekti va doirasini, obyekt faoliyatini o‘rganish, ma’lumotlar yig‘ish va ularni tahlil qilish metodlarini aniqlash.
- Ilmiy rahbar talaba tashabbusini turli yo‘llar bilan rivojlantirishi, uni mustaqil ilmiy tadqiqot ishini amalga oshirishiga yordam berishi lozim.
- Ilmiy rahbar tomonidan kurs ishi yozish masalalari bo‘yicha maslahatlar berish ilmiy rahbar tomonidan belgilangan va kafedra tomonidan tasdiqlangan muddatlarda o‘tkaziladi.
- Ilmiy rahbar, unga taqdim qilingan kurs ishini tekshirib, o‘z mulohazalarini bildiradi va ishni qaysi yo‘nalishda o‘zgartirish va to‘ldirish kerakligi to‘g‘risida maslahat beradi.
- Yozib tugatilgan kurs ishi belgilangan muddatda ilmiy rahbarga topshiriladi. Ilmiy rahbar kurs ishini tekshirib chiqadi va o‘zining yozma taqrizida uni himoyaga ruxsat berish to‘g‘risida o‘z fikrini bildiradi va taqrizga imzo qo‘yadi. Ilmiy rahbar kurs ishini himoyaga qo‘yish mumkin emas degan fikr bildirgan sharoitda bu masala kafedra majlisida ilmiy rahbarning va kurs ishi muallifining ishtirokida hal qilinadi. Kafedra majlisi bayonnomasi universitet rektorining o‘quv va ilmiy ishlari bo‘yicha muovinlariga taqdim etiladi.



Download 122.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling