Agrar qo`shma fakulteti mevachilik va sabzavotchilik
Download 122.45 Kb.
|
14 03 2023 КУРС ИШИ Anor yetishtirish fanidan услубий курсатма
- Bu sahifa navigatsiya:
- USLUBIY KO‘RSATMA Farg`ona- 2023
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI Agrar qo`shma FAKULTETI mevachilik va sabzavotchilik KAFEDRASI KURS ISHLARI TAYYORLASH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMA Farg`ona- 2023 Mazkur uslubiy ko`rsatma “Anor yetishtirish agrotexnologiyasi” fanidan 5410200– “Agronomiya(anorchilik)” yo`nalishi yo`nalishi 4 kurs bakalavrlari uchun “Anor yetishtirish agrotexnologiyasi” fanidan kurs ishlarini bajarishda uslubiy ko`rsatma sifatida tavsiya etiladi. Mazkur uslubiy ko`rsatma Farg`ona davlat universiteti ilmiy Kengashining “__” ______________dagi 2023 yildagi № ___ - sonli bayonnomalari bilan tasdiqlangan va chop etish uchun tavsiya qilingan.
Taqrizchi: M.G`oziyev – Mevachilik va sabzavotchilik kafedrasi dotsenti, q.x.f.n. SO‘Z BOSHI.Ta’lim tizimidagi yangi konsepsiya har bir talabaning imkoniyatlarini hisobga olish, uning o‘zini namoyon qilish va rivojlantirishga imkon yaratib beradigan ta’limning yakkalashtirilgan xarakteridan iborat. Bunga esa talabalarning turli imkoniyatlarini hisobga olgan holda ularga tabaqalashtirilgan mustaqil va ijodiy ishlar berish asosida erishish mumkin. O‘quv rejaga muvofiq ravishda «Agronomiya (anorchilik)» yo‘nalishi 4 kurs bakalavrlari uchun kurs ishi bajarishadi. Kurs ishlarini bajarish uchun o‘quv rejada «Anor yetishtirish agrotexnologiyasi» fanidan soatlar ajratilgan. Mustaqil ish sifatida metodik jihatdan to‘g‘ri bajarilgan turli hildagi referatlar talabalarning kurs ishi uchun zamin hozirlaydi va ularga ilmiy anjumanlarda qatnashishga imkon yaratadi. Natijada talabalar nafaqat ilmiy bilimlardan foydalanish, balki ma’lum ma’noda ulardan ishlab chiqarishda foydalanishni ham o‘rganadilar. Ular mustaqil ravishda o‘quv-ijodiy ishlarni bajarishda muayyan mantiq va ilmiy madaniyatga rioya qilishlari lozim bo‘ladi. Jahon qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida shakllanib borayotgan yangi ta’limiy tizimda kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan. Maskur uslubiy ko‘rsatmaning asosiy maqsadi talabalarga qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida zamonaviy texnologiya va tajribalardan va axborot resurslaridan foydalangan holda kurs ishini metodik jihatdan to‘g‘ri bajarishlariga yordam berishdan iborat. O‘quv adabiyotlari, fond materiallari, Internet va Microsoft Word redaktoridan foydalanib, referatlar tuzish hamda kurs ishlarini tayoyrlash metodikasini ko‘rib chiqamiz. Download 122.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling