Agrar qo`shma fakulteti mevachilik va sabzavotchilik


KURS ISHLARINI TAYYORLASH METODIKASI


Download 122.45 Kb.
bet2/12
Sana17.06.2023
Hajmi122.45 Kb.
#1544065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
14 03 2023 КУРС ИШИ Anor yetishtirish fanidan услубий курсатма

KURS ISHLARINI TAYYORLASH METODIKASI.



1.1. Umumiy talablar
Kurs ishi o‘quv jarayonining eng muhim turi bo‘lib, u o‘quv rejaga mos holda bajariladi. Kurs ishini yozish, topshirish va himoya qilish muddatlari kafedra tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. Kurs ishini bajarish nazariy kursni chuqur o‘zlashtirishga, olingan bilimlarni amalda qo‘llashga, ishlab chiqarish va pedagogik faoliyatda uchraydigan masala va vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam berishi kerak. U respublikamizda qabul qilingan qaror va qonunlarni o‘rganishga, meyoriy va uslubiy materiallar, adabiyotlar manbai hamda o‘quv yurti yoki korxonaning amaliy, tajribaviy va statistik ma’lumotlariga asoslangan bo‘lishi lozim.
Uni bajarish davomida faqatgina shu mavzuga oid umumiy va maxsus adabiyotlardan foydalanish bilangina chegaralanib qolmasdan, biotexnologiya metodlari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishi, nazariya bilan amaliyotni bog‘lashi, umumlashtirilgan xulosalar chiqara olishi, ishlab chiqarish va ilmiy faoliyatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bera olishi lozim.

1.2. Kurs ishlarini tayyorlash tartibi


Kurs ishlarini tashkil qilishda eng muhim masalalardan biri bu mavzularni to‘g‘ri tanlashdir. Kurs ishi mavzulari mazkur predmetning ilmiy-amaliy masalalariga javob berishi va shu bilan birga fan va xalq xo‘jaligining amaliy talablari bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Shuningdek, ular ilmiy, zamonaviy bo‘lib, talabalarda mustaqil ijodiy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Kurs ishi bo‘yicha har bir topshiriqda yangilik elementi bo‘lishi kerak.Topshiriqlarning bir xil qolipdaligi, ularning yilma-yil takrorlanishi kurs ishining ham o‘quv, ham muhandislik qimmatini yo‘qotadi. Kurs ishlarining mavzulari har yili kafedra tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi va uni yozish muddati bilan birga tasdiqlanadi. Vazifalar individual bo‘lib, umumiy talablarni buzmagan holda talabalarning qiziqish va qobiliyatlariga mos bo‘lishi kerak.
Talaba kurs ishi mavzusini tanlash huquqiga ega.Kurs ishi mavzulariquyida(4-ilovada) keltirilgan. Biroq kursning barcha mavzularini qamrab olish maqsadida ba’zi mavzular bo‘yicha talabalar sonini cheklash mumkin (masalan, bitta mavzuga uchtadan ko‘p bo‘lmagan talabani biriktirish). Talabalar guruhi (2-3 nafar talaba) tomonidan mavzular majmuasi bajarilishi mumkin. Bunda har bir talaba masalaning alohida qirralarini tadqiq qiladi.
Mavzuga ko‘ra o‘quv yurti yoki korxonadagi turli xil materiallar, istiqbolli, joriy rejalar va statistik hisobotlar hamda ularga tushuntiruv xatlaridan foydalanish mumkin. Amaliy materiallardan o‘rinli foydalanish kurs ishining sifatini ta’minlaydi. Ma`lumotlar tanlash, ularni tanqidiy talqin qilish va qayta ishlash kurs ishini tayyorlash va yozishning muhim bosqichi hisoblanadi.
Kurs ishi unga rahbarlik qiluvchi o‘qituvchi-rahbar nazorati ostida yoziladi. Talaba rahbar bilan birgalikda o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalalar hajmini belgilab oladi, tadqiqot rejasini tuzadi, ishning tarkibiy qismlarini, uning bosqichlarini bajarish muddatlarini, adabiyotlarni va boshqa materiallarni aniqlaydi.
Kurs ishining hamma qismlari qat’iy mantiqiy ketma-ketlikda va o‘zaro bog‘liqlikda bayon qilinishi lozim. Ishning mazmuni sxemalar, jadvallar, diagrammalar, grafiklar, fotosuratlar, rasmlar va boshqalar bilan boyitilishi kerak. Matndagi grafik materiallarga tushuntirish berish lozim.

Download 122.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling