Agrar qo`shma fakulteti mevachilik va sabzavotchilik


Download 122.45 Kb.
bet4/12
Sana17.06.2023
Hajmi122.45 Kb.
#1544065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
14 03 2023 КУРС ИШИ Anor yetishtirish fanidan услубий курсатма

Kirish qismi muammoning umumiy tarzda qo‘yilishi, foydalanilgan adabiyotlar va boshqa manbalarning sharhini o‘z ichiga oladi.
Asosiy qismda 1-bobda bevosita muammo ochib beriladi. Bunda faqat masalaning ahamiyatigina emas, balki turli mualliflarning qarashlarini aks ettirish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi va berilgan 2-bobda muammoni xal etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Xulosa asosan kurs ishi yakunlari, natijalaridan iborat bo‘lib, unda bildirilgan mustaqil fikr va baholarga urg‘u beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati uch qismdan: asosiy adabiyotlar, qo‘shimcha adabiyotlar va axborot-uslubiy qo‘llanmalardan iborat bo‘lishi mumkin. Asosiy matnga kirmagan materiallar ishning oxirida ilovalar ko‘rinishida keltiriladi. Ular hisob-kitoblar, rasmlar, jadvallar, grafiklar va h.k. bo‘lishi mumkin. Agar ilovalar bo‘lsa, ular raqamlanadi. Har bir ilova yangi betdan boshlanishi va yuqoridan o‘ng tomonda tartib raqami ko‘rsatilgan ILOVA so‘zi bo‘lishi lozim. Sarlavhasi esa betning o‘rtasidan yoziladi. Ilovalar matnda ularga havola berilgan tartibda joylashtiriladi.
Matnni yozish qoidalari.
Matn A4 (210x297) formatdagi yozuv qog‘oziga yoziladi. Matnni yozishda xatboshi to‘rtta belgiga teng bo‘lishi kerak (1,25 sm). Bet hoshiyalari: chapdan - 3 sm, o‘ngdan - 1,5 sm, pastdan - 2 sm va yuqoridan – 2 sm. Matn 1,5 interval bilan chop etiladi. Agar matn Microsoft Word redaktorida chop etilsa, u holda Times New Roman shiriftidan foydalangan ma’qul, shrift o‘lchovi esa 14 pt bo‘lishi lozim. Kurs ishining tushuntirish qismida kamida 7-8 ming so‘z hajmida belgilanadi. Kurs ishi elektron variantda taqdimot bilan birga taqdim etiladi.
Kurs ishining tushuntirish qismi kurs ishining mazmunini qisqa va muayyan shaklda ifodalashi lozim. Zaruriy hollarda tushuntirish qismiga grafiklar, rasmlar, eskizlar, dagrammalar, sxema va boshqa zaruriy qo‘shimcha axborot yozilgan elektron shakldagi ma’lumotlar ilova etilishi mumkin. Kurs ishining tarkibiga kurs ishining mavzusi, maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda elektron shakldagi taqdimot materiallari kiritilishi mumkin. Kurs ishining har bir bo‘limi muvofiq asoslar, qarorlar va xulosalar bilan yoritiladi. Kurs ishida ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning (darslik, o‘quv qo‘llanma, ilmiy ma’ruzalar va maqolalar, hisob-grafika ishlari, bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari, kurs ishlari va loyihalari) albatta nomlari ko‘rsatilgan holda ifoda etilishi lozim.

Download 122.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling