Mustaqil ish guliston Davlat Universiteti Fakultet: Ishlab chiqarish texnologiyalari Yo'nalish: Q. X. M. S. va D. I. T guruh: 32 -21 Fan: mevachilik va sabzavotchilik tayyorladi: Jo’rabekov Husanbek Qabul qildi: Abduraimov Davron


Download 1.6 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1586171
Bog'liq
Meva(m

MUSTAQIL ISHi Termez pedagogika instituti Fan: MEVACHILIK va SABZAVOTCHILIK Tayyorladi: Jumayeva Muhtasar Qabul qildi: Ro‘ziyeva. G

MAVZU:Oʻzbekistonda kam ekiladigan mevali ekinlarni taʼriflash.Olmani intinsiv navlarini parvarish qilish texnalogiyasi REJA 1.Intensiv bogʻlar 2. Olma koʻchatlarini ekishga tayyorlash va ekish 3.Parvarishlash.Kasalliklarga qarshi kurash

Intensiv bogʻlar. Pakana, yarimpakana daraxtlar, payvandtaglar. Qadalgan nihollarning ikkinchi yildan meva tug‘ishi. Kam suv tarab, ko‘p hosil olish texnologiyasi. Bog‘ ustini to‘r bilan yopishning afzalliklari.

Ekish uchun tavsiya etiladigan olma navlari: intensiv tipdagi navlar – Besh yulduz (Red Delishes olmalari), Starkrimson, Fudzi; an’anaviy navlar – Renet Simirenko, Golden Delishes, Rozmarin, Djonatan, Toshkent Borovinkasi va h. k.

Olma ko‘chatlarini ekish muddati kuzda noyabr oyiga, erta bahorda esa fevralning oxiri-mart oyining boshlariga to‘g‘ri keladi. Ko‘chat ekish uchun chuqurligi va kengligi 60×60 sm bo‘lgan chuqurchalar kovlanadi. Chuqur qazishda tuproq ustki qismini 20-25 sm qatlami o‘raning bir tomoniga, qolgan qismi ikkinchi tomonga olib qo‘yiladi.

Parvarishlash. Daraxtlarga bahorda yarusli (qavatli) qilib shakl beriladi. Bunda daraxtning birinchi qavatida 3-4 dona asosiy shox qoldiriladi, qolganlari qirqib tashlanadi. Ikkinchi qavat shoxlari asosiy shoxlardan 30-40 sm, birinchi qavat shoxlaridan 25-30 sm masofada qoldiriladi. Uchinchi qavat shoxlari ham shu zaylda shakllantiriladi. Shakl berishda shox-shabbalarning bir-biriga soya berishini oldi olinib, bir maromda siyraklashtiriladi

Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Olma daraxtiga zararkunandalardan olma qurti (mevaxo‘r), meva kanasi, binafsha rang qalqondor, kasalliklardan un shudring, kalmaraz (parsha), monilioz zarar keltiradi. Binafsha rang qalqondorga qarshi erta bahorda kurtaklar yozilgunga qadar 5 foizli Karate em. k. purkaladi. Bundan tashqari, 17,5 foizli Perfekto sus. k., 20 foizli Bagira em. k. (10 sotix maydon hisobiga 15-20 ml) preparatlari bilan ishlov beriladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Xabar.uz 2.Yuz.uz 3. sciencebox.uz 4. savol-javob.com


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling