Agrar sohada investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish yo`nalishlari muallif: Annotatsiya


TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL


Download 24.9 Kb.
bet2/4
Sana21.08.2023
Hajmi24.9 Kb.
#1668831
1   2   3   4
Bog'liq
AGRAR SOHADA INVESTITSIYALARNI JALB ETISH VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH YO`NALISHLARI

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Agrar sohada investitsiya faoliyatini tahlil etish va faolligini oshirish bevosita amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Yuz berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar agrar sohada samarali tizimni shakllantirishda davlatning ushbu jarayonga alohida e’tibor qaratib kelayotganligi ma’lum darajada tarmoqqa keskin salbiy holatlarning sodir bo‘lishini oldini oldi va bozor tamoyillarini ta’minlashning moddiy asoslarini vujudga keltirishda muhim omil bo‘lib hizmat qiladi. Shuning uchun ham agrar sohada investitsiya faolligini oshirishda amalga oshirilgan chora tadbirlarni tarixiy tahlil nuktai-nazaridan yondashish orqali o‘rganish kelajakda ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini shakllantirishda xo‘jalik yuritish sub’ektlari o‘rni, roli, ularning bozor tamoyillariga mos darajadagi faoliyati investitsiya faolligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida asosan investitsiyadan foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bo‘lib hisoblanadi.5
Hozirgi davrda fermer xo‘jaliklarida investitsiya faolligining sustligi, avvalambor, ishlab chiqarishga ilmiy-texnika yutuqlarini jalb etish, resurslar bilan ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va eksport salohiyatini oshirishga, pirovardida esa, takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini barqaror rivojlanishini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, yuqori unumli, zamonaviy asosiy vositalarni sotib olish, qayta ta’mirlash, qurish uchun uzoq muddatli va aylanma mablag‘lariga sarf qilinadigan qisqa muddatli investitsiyalarni jalb etish sur’atlari va ularning miqdoriga bog‘liqdir. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida investitsiya faolligini oshirishda uzoq va qisqa muddatga jalb etiladigan investitsiyalar nisbati va miqdori ham muhim rol o‘ynaydi. Tarmoqda investitsiya faolligini oshirish uchun erkin iqtisodiy munosabatlar prinsiplari asosida faoliyat yuritayotgan mamlakatlar hamda respublikada shu sohadagi ilg‘or tajribalardan quyidagi to‘rt guruh yo‘nalishida chora-tadbirlar tizimini asoslashga urinib ko‘rildi (1-jadval)

Download 24.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling