Agrar sohada investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish yo`nalishlari muallif: Annotatsiya


-jadval Agrar sohada investitsiya faolligini shakllantirish tizimi


Download 24.9 Kb.
bet3/4
Sana21.08.2023
Hajmi24.9 Kb.
#1668831
1   2   3   4
Bog'liq
AGRAR SOHADA INVESTITSIYALARNI JALB ETISH VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH YO`NALISHLARI

1-jadval
Agrar sohada investitsiya faolligini shakllantirish tizimi

Investitsiyalashni moliyaviy mablag‘lari va manbalarini aniqlash hamda ularni jalb qilish uchun qulay shartsharoitlar va imtiyozlar yaratish

Samarli investitsiyalashni ta’minlovchi bozor sub’ektlarni shakllantirish va ularni qo‘llab quvvatlash

Real investitsiya talabiga mos resurslarni jalb etishni ta’minlovchi makroiqtisodiy muhitni shakllantirish

Davlat tomonidan investitsiya jarayoni sub’ektlarini rag‘batlantirish

1

2

3

4

  • xo‘jaliklarni ichki mablag‘lari;

  • xususiy shaxslarniki;

  • davlat byudjeti mablag‘larini;

  • xorij kompaniyalarining mablag‘larini;

  • xalqaro moliyaviy yordam mablag‘larini;

  • bank kreditlari

  • turli mulk shakllariga asoslangan xo‘jalik yuritish sub’ektlarini shakllantirish va rivojlantirish;

  • qishloq xo‘jligida xususiylashtirishni davom ettirish;

  • to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni qo‘llab-quvvatlash.

  • aholi jamg‘armalari mablag‘larini investitsiyalarga jalb etish uchun davlat tomonidan qulay shart-sharoit yaratish;

  • joriy inflyatsiya darajasini pasaytirish;

  • monopoliyaga va korupsiyaga qarshi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish;

  • bank foiz darajasini pasaytirish.

  • barcha ishlab chiqaruvchilarga kapital mablag‘larni jalb etishni iqtisodiy rag‘batlantrish;

  • samarli amortizatsiya ajratmasi siyosatiini o‘tkazish va soliq yukini kamaytirish;

  • maqsadli investitsiya siyosatini ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish;

  • lizing munosabatlarini rivojlantirishga amaliy yordam ko‘rsatish

Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirilishi tadqiqotda o‘rganilgan sub’ektlarda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish miqdorini hamda xo‘jalikning iqtisodiy rivojlantirishning asosiy omili ekanligi aniqlandi. Albatta, bunday chora-tadbirlar bozor munosabatlariga zid bo‘lsada, o‘tish davri sharoitida shakllangan mavjud holatni to‘liq inobatga olish qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning keskin qisqarib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, eng muhimi tarmoqning moddiy-texnika bazasini nochor ahvolga kelib qolishini oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Biroq, respublikada bunday investitsion siyosatni kelajakdagi yo‘qligini chuqur anglab yetgan holda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish bilan ularning mutanosibligini ta’minlashga katta e’tibor qaratildi. Shuning uchun ham investitsiya faolligini oshirishda qishloq xo‘jaligida investitsiya siyosati tarkibiy o‘zgarishlar bilan o‘zaro mutanosiblikda olib borish, zarar bilan ishlaydigan xo‘jaliklarni tugatish samarali xususiy tarmoqni vujudga keltiruvchi va yuqori samar bilan faoliyat ko‘rsata oladigan fermer xo‘jaliklarini ustuvor rivojlantirish ikkinchi, muhim va bugungi kunda amalga oshirilayotgan yo‘nalish hisoblanadi. Umuman agrar sohani rivojlantirishda to‘sqinlik qilayotgan omillardan biri investitsiya faolligining pastligi, aksariyat korxonalarning moliyaviy holatining yomonlashuvi, zamonaviy agrotexnologik jarayonlarning qo‘llanilishi doirasining cheklanganligi va oqibatda investitsion jozibadorlikning pasayishiga olib keldi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda investitsion faollikni oshirishda davlatning qo‘llab-quvvatlashi bilan bir qatorda, xususiy xo‘jalik yuritish sub’ektlari: fermer va dehqon xo‘jaligida o‘z sarmoyalarini shakllantirishga bo‘lgan intilishni kuchaytirish, moliya-kredit institutlarini ustuvor rivojlantirish, boshlang‘ich kapitalni olishda mikrokreditlar tizimiga alohida e’tiborni qaratish, birlamchi va ikkilamchi asosiy vositalar bozorini rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikda investitsiyalarni tashkil etish bugungi kunning muhim vazifalari hisoblanadi.

Download 24.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling