Inflyatsiya va uning yuzaga kelish sabablari


Download 82.2 Kb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi82.2 Kb.
#1540288
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
INFLYATSIYA VA UNING YUZAGA KELISH SABABLARI1111111111


INFLYATSIYA VA UNING YUZAGA KELISH SABABLARI
Kirish

  1. Inflyatsiya haqida nazariy tushuncha

  2. Inflyatsiyaning turlari

  3. Inflyatsiyaning oqibatlari

  4. Kreditning mohiyati. Kreditning funktsiyalari va qonunlari 

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Kirish
Inflatsiya darajasini yanada pasaytirish borasidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi aholi turmush darajasini yaxshilash va barqaror iqtisodiy o‘sish uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar samaradorligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.
Xalqaro tajriba bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit siyosatini yuritishning samarali usullaridan biri inflatsion targetlash rejimi ekanligini ko‘rsatmoqda, bunda pul-kredit bozoridagi markaziy bankning faol ishtiroki, shuningdek, iqtisodiy rivojlanishning muntazam tahlili va davlat siyosati rejalarining keng yoritib borilishi inflatsiyaning miqdoriy maqsadlariga erishishni ta’minlaydi.
Shu bilan birga, inflatsion targetlash rejimini joriy etish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Vazirlar Mahkamasining quyidagi yo‘nalishlarga qaratilgan muvofiqlashtirilgan tayyorgarlik ishlarini talab etadi:
inflatsiyaning nomonetar omillari rolini bosqichma-bosqich pasaytirish, shu jumladan, tariflarni tartibga solishni isloh qilish, iqtisodiyotning real sektorida tarkibiy iqtisodiy islohotlar samaradorligini ta’minlash va ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish;
Markaziy bankning makroiqtisodiy tahlil va kommunikatsiya siyosati sifatini oshirish;
regulyatorning kredit bozoriga samarali ta’sir etishini ta’minlab beruvchi, pul bozorini tartibga solishning yangi instrumentlarini joriy etish.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmlari va instrumentlarini qo‘llashni kengaytirish, shuningdek, pul-kredit siyosati samaradorligini tubdan oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki inflatsiya darajasini 2021-yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023-yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflatsion maqsadni (target) o‘rnatish yo‘li bilan 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflatsion targetlash rejimiga o‘tkazishni ta’minlasin.
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining asosiy tamoyillari etib belgilansin:
inflatsiyaning doimiy amal qiladigan maqsadini belgilash va uni keng jamoatchilikka yetkazish;
pul bozoridagi foiz stavkalarini tartibga solish va inflatsion jarayonlarni boshqarish maqsadida pul-kredit siyosatining keng qamrovli instrumentlarini qo‘llash;
pul-kredit siyosati sohasida obyektiv qarorlar qabul qilish maqsadida ichki va tashqi bozorlarda mavjud bo‘lgan ochiq ma’lumotlarni hisobga olgan holda batafsil makroiqtisodiy tahlil va prognozlarni amalga oshirish;
pul-kredit siyosati maqsadlarini keng jamoatchilikka yetkazish, makroiqtisodiy holatning oldindan ko‘ra bilinishini ta’minlash va bozor ishtirokchilari ishonchini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kommunikatsiya siyosatini takomillashtirish.
Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodi jihatdan qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora – tadbirlari ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: inflyatsiyaga qarshi siyosat va pul islohoti hisoblanadi.
Oldingi markazlashgan, rejali boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Aholining daromadi va harajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab chiqarishni kengaytirish, aholiga kreditga tovar berish, baholar tizimini o`zgartirib turish va hakazolar. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi qonuni buzilganda davlat o`z vakolati doirasida narxlarni o`zgartirish yo`li bilan, pul reformasi bilan pul muomalasini tartibga solib kelgan.1
Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari iqtisodiyot tarmoqlari, jamg`arma va iste’mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidaki mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta’kidlab o`tkan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta’sir etishi mumkin.
Tarix haqiqatda ham bu so`zning xar tomonlama xavfli ekanligini ko`rsatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir alohida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o`sishidangina iborat bo`lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so`zining iqtisodiy manosi – muomalada mavjud bo`lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko`p pul chiqarish degan ma’noni anglatadi.
Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bo`lib sifati ham o`zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kundagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxo`jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi.
Inflyatsiyaning asosiy sababi – bu xalq xo`jaligining turli sohalari o`rtasida vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalam bor jamg`arma va iste’mol o`rtasidagi, talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o`rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo`jaliklarning naqd pulga bo`lgan talabi o`rtasidagi nomutanosibliklardan iboratdir.Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va tashqi sabablarga bo`lish mumkin.Inflyatsiyaning ichki omillari monetar-pul siyosati bilan va xo`jalik faoliyati bilan bog`liq turlarga bo`linadi. Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodida bo`lgan krizislar, davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zaxiralari bilan bo`ladigan noqonuniy operatsiyalar va boshqalar bo`lishi mumkin.


  1. Download 82.2 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling