3-mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyat (4 soat) 1-ma’ruza. Tashqi iqtisodiy faoliyat


Download 36.24 Kb.
bet1/12
Sana18.11.2023
Hajmi36.24 Kb.
#1783443
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-mavzu (1)


3-mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyat (4 soat)


3.1-ma’ruza. Tashqi iqtisodiy faoliyat


Reja:
1. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonun.
2. Tashqi iqtisodiy faoliyatda xalqaro savdo bitimlari.
3. Xalqaro savdo bitimlarini tuzish va foydalanish amaliyoti.
4. Xalqaro marketingda savdo bitimlarining ahamiyati


1. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonun.


O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TAShQI IQTISODIY FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 182-modda, 1992-yil, № 9, 335-modda) o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
2000-yil 26-may,
77-II-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
TAShQI IQTISODIY FAOLIYAT TO‘G‘RISIDA
(yangi tahriri)
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Ushbu Qonun tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, uning iqtisodiy suvereniteti va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, milliy iqtisodiyot rivojini rag‘batlantirish, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonunchilik
Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

Download 36.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling