Agregat tarkibini aniqlash va uni ishga tayyorlash Agregatni tuzish usullari


Download 26.38 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi26.38 Kb.
#1158694
  1   2   3
Bog'liq
Agregat tarkibini aniqlash va uni ishga tayyorlash


Agregat tarkibini aniqlash va uni ishga tayyorlash


Agregatni tuzish usullari. Agarda agregatning tarkibida bir nechta ishchi mashinalar bo’lsa, ularning soni ikki xil usulda tanlab olinadi:
a) tajriba usuli; b) hisoblash usuli.
Tajriba usulida, mashinalarni ishlab chiqaruvchi zavodlarning ko’rsatmasi (instruktsiyasi) ga ko’ra yoki maxsus adabiyotlardagi statistik ma’lumotlar asosida agregat tuziladi va keyinchalik ish jarayonida tezlik rejimlariga, dvigatel quvvatidan foydalanish darajasiga, ish unumdorligiga va yoqilg’i sarfiga ko’ra tekshiriladi. Agarda yuqoridagi ko’rsatkichlar optimal miqdorlaridan katta farq qilsa, u holda, agregatdagi mashinalar soni qaytadan aniqlanadi. Bu usulda agregatlarning tarkibini aniqlash ko’p vaqt talab qiladi, optimal yechimga erishish qiyinlashadi.
Hisoblash usuli quyidagi xillarga bo’linadi: chizma (grafik); chizma - analitik; analitik; matematik usullar yordamida elektron mashinalarida hisoblash. Hisoblash usullarida, avvalo, agregat tarkibining optimal varianti aniqlanib, keyinchalik ishlab chiqarishda tekshiriladi.
Mashinalarning aniq ish sharoitini hisobga oladigan, agregatdagi mashinalarning sonini aniqlaydigan hisoblash usuli eng aniq usuldir.
CHizma usulida ish sharoitini aks ettiradigan tayyor chizmalardan foydalanib, agregatlarning tarkibini hisoblash mumkin. Bunda mashinalar miqdori, uzatma, harakatlanish tezligi, yoqilg’i sarfi (ba’zan smenalik ish unumdorligi) chizmadan olinadi.
CHizma-analitik usul. Agarda agregatning tortish qarshiligini hisoblashdan so’ng, agregatning tarkibini aniqlash uchun kerak bo’lgan ma’lumotlar chizmadan foydalangan holda olinadigan bo’lsa, bunday usul chizma - analitik usul deyiladi.
Ekspluatatsion amaliyotlarda analitik usul keng ko’lamda qo’llaniladi. SHuning uchun bu usul ancha mufassal o’rganishni taqozo etadi. Keyingi vaqtlarda elektron hisoblash mashinalari (EHM) dan foydalanilmoqda. Bunda maxsus tuzilgan dastur asosida aniqlanadi.
2. Agarda agregatning tarkibi faqat formulalar va normativ ma’lumotlar yordamida hisoblansa, bu agregatni analitik usulda hisoblash deyiladi. Agregatning tarkibini aniqlash quyidagi masalalarni yechishni taqozo etadi:
● dastlabki ma’lumotlarni yig’ish va umumlashtirish;
● agregat tarkibiga kiruvchi traktor, KXM va jihozlarni tanlash;
● traktorning uzatmasi (asosiy va zaxirasini) va agregatning yurish tezligini tanlab olish;
● agregatdagi ishchi mashinaning sonini aniqlash;
● tirkagichning fronti hisoblanib, tirkagich tanlash (turi va markasi);
● agregat tarkibining to’g’ri tuzilganligi va uning ko’rsatkichlarini tekshirib ko’rish;
● MTA amalda tuziladi, ya’ni mashinalar tirkaladi yoki osiladi. Ishchi organlari kerakli tartibda o’rnatiladi; yo’naltiruvchi qurilma (marker, iz ko’rsatkichlar)ning o’lchamlari hisoblanib, o’z joylariga o’rnatiladi.
Traktorning tejamli ish rejimi, odatda, tortish quvvati eng yuqori qiymatga ega bo’lgan uzatmaga mos keladi. SHu uzatmani asosiy ish uzatmasi sifatida qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Asosiy ish uzatmasi bilan bir qatorda zaxira uzatma (yuqori va pastkilari) aniqlanadi.
Bunday qilish, ayniqsa, agregat notekis maydonda va tuproqning tez o’zgarib turadigan holatida ishlaganda maqsadga muvofiq bo’ladi.
Traktorga ratsional yuk tushishi (eng tejamli ish uzatmalari) chegarasi, optimal ish tezligining chegarasi va tortish qarshiligi traktorning (potentsial) tortish tavsifnomasidan topiladi. Ishlaydigan mashinalarning texnologik ruxsat etilgan tezliklarining chegarasini hamhisobga olish kerak.Asosiy va zaxira uzatmalari sifatida qaysi bir uzatmalarni tanlash, hisoblash asosida belgilanadi. Buning uchun ruxsat etilgan tezliklar chegarasiga mos keladigan har bir uzatmada agregat tarkibi hisoblanadi, traktorning yuklanish darajasi aniqlanadi va agregatdan foyd`alanishning (ekspluatatsion) ko’rsatkichlari hisoblab topiladi.
Asosiy ish uzatmasi tezlikni qo’shimcha chegaralaydigan texnologik talablarni hisobga olib tanlanadi. Masalan, yetaklovchi yuritkichlarning tishlashishi, agregatning ag’darilib ketmasligi va ishlov berish qobiliyatlari.
3. Texnologik jarayonlarni bajarish uchun tuzilgan MTA laridan samarali foydalanishning bosh mezoni agregatning energetik resursidan, ya’ni dvigatelning nominal effektiv quvvatidan – 
Download 26.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling