Agressiya va agressiv xulq-atvorning turli shaxs nazariyalaridagi talqini


Download 85.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana11.10.2023
Hajmi85.51 Kb.
#1698289
1   2   3   4
Bog'liq
agressiya-va-agressiv-xulq-atvorning-turli-shaxs-nazariyalaridagi-talqini-1

Biologik nazariyalar deviant holatlarni o‘rganishda deviant xulq-atvorning 
agressivlik va jinoyatchilik turlarini tadqiq qilishga harakat qilishadi. Lekin 
deviatsiya muammosi keng ko‘lamdagi ijtimoiy muammo hisoblanib, jamiyatda 
mavjud jamiyat tomonidan qabul qilinmagan har bir harakatni o‘z ichiga oladi. XIX 
ikkinchi yarmida italiyalik Ch.Lombroz biologik nazariya yo‘nalishda dastlab deviant 
xulq-atvor muammosi bilan shug‘ullangan. Ch.Lombroz jinoyatchilikning asosiy 
sababi bu irsiy-biologik omillar deb uqtiradi. Jinoiy (kriminal) xulq-atvorning paydo 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1737


bo‘lishiga dastlab ob-havo, tabiat va tug‘ma omillardan tortib iqtisodiy, madaniy va 
genderlargacha bo‘lgan ijtimoiy omillar ham sabab bo‘lishi mumkin, deb ta’kidlaydi.
Ekologik yondashuv Z.Freyd nuqtai nazariga o‘xshash bo‘lgan agressiyaga 
evolyusion yondashuv tarafdori K.Lorens tadqiqotlarida yangicha mazmun kasb etdi. 
Lorensning fikriga ko‘ra, tajovuzkorlik, barcha jonzotlarda bo‘lgani kabi, insonda 
ham mavjud bo‘ladi. U yashash uchun kurash instinktiga asoslanuvchi agressiv 
energiya organizmda uzoq vaqt davomida muntazam yig‘ilib borib, uzluksiz 
ravishda, qo‘qqisdan paydo bo‘ladi deb hisoblagan. Shu tariqa, aniq tajovuzkor xatti-
harakat quyidagi ikkita vazifani bajarish natijasida yuzaga keladi:
1. Jamlangan tajovuzkor energiyaning miqdori;
2. Agressiyani bo‘shashini yengillashtiruvchi stimullarning mavjudligi.
Tajovuzkorlik nazariyasining fundamental tadqiqotlari aynan K.Lorensga 
tegishlidir. Birinchidan, u hayvonlardagi o‘z turdoshlariga nisbatan tajovuzkorlikni 
zararli emas, balki turning saqlanib qolishi uchun foydali, deb hisoblagan. 
Agressiyani turni saqlanib qolishi uchun lozim bo‘lgan tabiiy instinkt sifatida 
anglash, uning xavfini tushunish imkonini beradi. Uning xavfi kutilmaganda yuz 
berishidadir. Aksariyat sotsiolog psixologlar o‘ylaganlaridek, agressiya tashqi 
ta’sirlarga bog‘liq bo‘lmaydi. Ikkinchidan, Lorensning fikriga ko‘ra, guruh a’zolari 
bir-birlari bilan qanchalik yaqin bo‘lsalar, qanchalik bir-birlarini tushunsalar hamda 
yaxshi ko‘rsalar, agressiya shunchalik xavfli bo‘ladi.
Uchinchidan, Lorens tajovuzkorlikka qarshi ijtimoiylashuvning quyidagi 
usullarini ko‘rsatdi: almashtirish, hujum mo‘ljalini o‘zgartirish. Lorens buni 
evolyusiya natijasida erishilgan ajoyib ixtiro, tajovuzni xavfsiz yo‘nalishga burib 
yuborish vositasi deb yozgan. Sherer ham, modomiki agressiya instinkt ekan, uni 
boshqa faoliyat bilan almashtirish lozim deb hisoblagan. Shu o‘rinda an’analarning 
jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqidagi Lorens g‘oyalari diqqatga sazovor. Xususan, u 
o‘zining dastlabki kommunikatsiya vazifasini o‘zgartirib, yangi ikkita vazifani 
bajarishga kirishadi: agressiyadan saqlanish hamda bir tur a’zolari ichidagi aloqalarni 
saqlab qolish. Uchinchi muhim vazifasi bir turni qobiq ichida saqlab, boshqa 
turlardan himoyalash. Bu bugungi kundagi me’yorlarning aniq ifodasidir. Ijtimoiy 
me’yorlar va an’analarning mustahkamligi eng dahshatli urush - dinlararo urushga 
olib kelishi mumkin va bu bugungi kunda bunday holat kuzatilmoqda. 
Kundalik hayotda ishlatilayotgan tushuncha bilan ilmiy atama har doim ham 
bir-biriga mos kelavermaydi. Kundalik hayotda agressiya deganda biz ko‘proq 
adolatsiz, asossiz hujumni tushunamiz. Etiologiyada agressivlik tushunchasi g‘azab, 
jahl, nafratni anglatadi. U hech qanaqa, ijobiy ham salbiy ham ko‘rinishga ega emas. 
Bu ta’rifni K.Lorens «G‘azab: agressiv xulq-atvorning tabiiy tarixi» nomli kitobida 
keltirib o‘tadi. Agressiya ko‘pincha hujum qilganda ko‘zga tashlanadi, biroq 
g‘azabsiz hujumni etiologlar agressiya deb atamaydilar. Tabiatda bir tur ikkinchi 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1738


turga hujum qiladi. Bo‘ri quyonga hujum qilsa, agressiya emas, ov hisoblanadi. Shu 
kabi, ovchining o‘rdak otishi yoki baliqchining qarmoq tashlashi agressiya emas. 
Chunki ular o‘ljaga nisbatan qo‘rquv, g‘azab yoki nafrat hissini tuymaydi. Agressiv 
xulq-atvorni esa, ushbu tuyg‘ular yuzaga keltiradi. Bir hayvon ikkinchisining jahlini 
chiqarsa yoki xavf tug‘dirsa (o‘ziga, hududiga, uyiga, bolalariga) yoki shunchaki 
notanish hamda shubhali ko‘rinsa, agressiyaga duch keladi. Agressivlik hayvonlarda 
hudud bilan bog‘liq ravishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ushbu holat Govard 
tomonidan 1920 yilda kashf qilinganidan so‘ng, ma’lum bo‘ldiki, bu holat juda keng 
tarqalgan ekan. Ko‘p hayvonlar o‘z hayotlarining bir bo‘lagi sifatida o‘z hududlarini 
qattiq himoya qiladilar. Hududlar ayrim hayvonlarda, ko‘proq yovvoyi hayvonlarda, 
individual bo‘lsa, aksar hayvonlar to‘da yoki podaning umumiy hududiga egadirlar. 
Agar biron bir hayvonga tegishli hududga boshqasi, o‘sha turning vakili bo‘lsa ham, 
tashrif buyuradigan bo‘lsa, xo‘jayinning qarshiligiga uchraydi va bu qarshilik 
hududning markaziga yaqinlashgan sari ortib boraveradi. Aksincha, boshqa hayvon 
hududida agressivlik pasayib, begona hayvon qochishga harakat qiladi (Buni yaxshi 
bilgan hayvon o‘rgatuvchilar qafasga birinchi bo‘lib o‘zlari kiradilar. Ikkinchi bo‘lib 
kirgan hayvon qafasni hayvon o‘rgatuvchining hududi sifatida qabul qiladi va uning 
agressivligi yo‘qoladi). Aslida esa, hayvonlarda hudud agressiya natijasida yuzaga 
keluvchi tushunchadir. Lorensning fikriga ko‘ra, agressivlik oddiy instinktdir (barcha 
biologlar ham bu fikrga qo‘shilavermaydilar). Buni isbotlash uchun u va uning 
xodimlari bir qator tajribalar o‘tkazganlar. Ular hayvonlarni turdoshlaridan alohida 
saqlab, ularda agressivlik o‘rganish orqali emas, tug‘ma mavjud bo‘lishini 
isbotlaganlar. Masalan, alohida saqlangan sichqonlar va kalamushlar o‘zlarini 
turdoshlariga qaraganda agressivroq tutishgan. Ular o‘z turdoshlariga ham darhol 
hujum qilganlar, bunda ular o‘z turiga xos usullarni qo‘llaganlar. Agressiya doimo 
qo‘rquv bilan birga yuradi, qo‘rquv har doim agressiyani yuzaga keltiradi. Buni turli 
hayvonlarda olib borilgan tajribalar ko‘rsatib bergan. Agar hayvonlar qo‘rqitiladigan 
bo‘lsa, ular agressivroq bo‘lib qolishgan. Bu insonlar to‘dasi yoki butun jamiyatda 
ham kuzatilishi mumkin. Agressivlik eng xavfli holatdir.

Download 85.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling