Agressiya va uning shakllari, verbal, jismoniy agressiya
Download 40.88 Kb.
|
Agressiya va uning shakllari, verbal, jismoniy agressiya
Psixoanalitik yondashuvning asoschisi Zigmund Freyddir. U tajovuzkor xulq tabiatiga ko‘ra instinktiv bo‘ladi va bundan qochib qutulib bo‘lmaydi, deb hisoblagan. Insonda ikkita o‘ta kuchli instinkt mavjud: jinsiy (seksual (libido)) va o‘limga chorlovchi instinkt (tanatos). Birinchi turdagi energiya hayotni mustahkamlash, saqlash va qayta ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Ikkinchi turdagi energiya esa, hayotni buzish va tugatishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Uning ta’kidlashicha, insonning xulq-atvori mazkur instinktlar o‘rtasidagi murakkab o‘zaro aloqadorlikning natijasi bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy zo‘riqish mavjud bo‘ladi. Hayotni saqlash (eros) va uni yemirish (tanatos) o‘rtasida kuchli ziddiyat borligi sababli, boshqa mehanizmlar tanatosning energiyasi “Men” tomonga emas, balki boshqa tomonga, umuman tashqariga yo‘naltirish maqsadiga xizmat qiladi. Agar tanatosning energiyasi tashqariga yo‘naltirilmasa, individning o‘zini yemirilishiga olib keladi. Shu tariqa, tanatos agressiyaning tashqariga chiqishiga va boshqalarga yo‘naltirilishiga sababchi bo‘ladi. Bu nazariyani quyidagi chizmada ifodalash mumkin:
Yemirilish Saqlanish Tanatos Men □ Eros Energiya yo‘nalishining o‘zgarishi agressiya, boshqalarga yo‘nalgan xavfli xatti- harakatlarning paydo bo‘lish ehtimolini kamaytirishi mumkin bo‘lgan hodisa - agressiyaga olib keluvchi hissiyotning tashqi namoyon bo‘lishidir. Bixeviorizm nazariyasiga ko‘ra, og‘ma xulq-atvor ijtimoiylashuv jarayonida kuzatish orqali mos xulq-atvor shakllarini o‘zlashtirilishi va mustahkamlanishi natijasida yuzaga keladi. Ushbu nazariya Bandura tomonidan taklif etilgan bo‘lib, quyidagi jadvalda tajovuzkor xulqni o‘zlashtirilishi, yuzaga keltirilishi va boshqarilishi tushuntirilgan. 1-jadval Banduraning bixevioristik nazariyasi
Uning nuqtai nazariga ko‘ra, tajovuzkor xulqni tahlil qilishda quyidagi uchta jihatni hisobga olish lozim: Mazkur harakatlarni o‘zlashtirish usullari; Uni yuzaga keltiruvchi omillar; Ular mustahkamlanadigan sharoitlar. Shu boisdan, bu yerda eng katta ahamiyat bolalarga tajovuzkorlikni o‘rganishga, ijtimoiylashuvning birlamchi vositachilari, aniqroq aytganda ota-onalarning ta’siriga qaratiladi. Xususan, ota-onalarning xulq-atvorlari tajovuzkorlik modeli vazifasini o‘tashi va agressiv ota-onalarning bolalarida ham agressivlik kuzatilishi isbotlandi. Shuningdek, ushbu yondashuv namoyondalari keng diapazondagi tajovuzkor reaksiyaning inson tomonidan o‘zlashtirilishi - ushbu xulqni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rag‘batlantirishga kiradi. Ya’ni, tajovuzkor xatti-harakatning mustahkamlanishi mazkur xatti-harakatning keyinchalik ham takrorlanish ehtimolini oshiradi. Shuningdek, natija keltiradigan tajovuzkorlik, ya’ni tajovuzkor xulqning qo‘llanilishi oqibatida muvaffaqiyatga erishish ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunga yana boshqalardagi tajovuzkorlikni kuzatish natijasida yuzaga keladigan tajriba ham kiradi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jazolash tajovuzni qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi. O‘zini-o‘zi taqdirlash va o‘zini-o‘zi jazolash - inson o‘zi uchun belgilab olgan va taqdirlash va jazolash orqali boshqariladigan tajovuzkorlikning ochiq modelidir. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, ushbu nazariya inson tajovuzkorligini oldini olish va nazorat qilish uchun ko‘proq imkoniyat qoldiradi. Hozirgi kunda sotsial kognitiv nazariyasi agressor va ijtimoiy rivojlanish holati haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, tajovuzkor xulqni tushuntirib beruvchi eng samarali usul hisoblanadi. Shu tariqa, yuqorida keltirilgan, tajovuzkor xulqni ta’riflovchi nazariyalardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: Tajovuzkorlikning paydo bo‘lishiga tabiiy va ijtimoiy omillar ta’sir ko‘rsatadi; Tajovuzkorlik zo‘ravonlik bo‘lish bilan birga, individning yashash uchun kurashdagi me’yoriy reaksiyasi bo‘lishi ham mumkin; Tajovuzkor bo‘lmagan xulqni ijobiy mustahkamlash, tajovuzkorlikni yuzaga keltiruvchi sharoitlarni o‘zgartirish orqali agressiv xatti-harakatlar yumshatilishi yoki ijtimoiy maqbul yo‘nalishga o‘zgartirilishi mumkin. R.Beron va D.Richardsonlar qanday shaklda namoyon bo‘lmasin, boshqa jonzotga zarar yetkazishga yo‘naltirilgan xulq-atvor bo‘lib, o‘sha mavjudot mazkur munosabatdan himoyalanishi uchun barcha asoslarga ega. Mazkur keng qamrovli ta’rif o‘z ichiga quyidagi xususiy holatlarni qamrab oladi: Tajovuz har doim qurbonga anglangan maqsadli zarar yetkazishni nazarda tutadi; Faqat jonli mavjudotlarga zarar yetkazishga yo‘naltirilgan xulq-atvorgina tajovuzkor deb qaralishi mumkin; Qurbonlar o‘ziga nisbatan munosabatdan qochish uchun motivga ega bo‘lishlari lozim. Shunday qilib, agressiya ichki qo‘zg‘alish tendensiyasi sifatida - bu shaxs dinamikasining ajralmas bo‘lagidir (me’yordagi holatida ham, turli darajada namoyish etilgan buzilishlarda ham). Agressivlik - individual xususiyat, u aniq insonning moyilligi ushbu tendensiyani ichki va tashqi harakatlar shaklida namoyon etishi hisoblanadi. Ushbu individual xususiyatni o‘lchash qiyin, bu borada agressiv tendensiyani asosiy baholash usuli - bu uning xulq-atvordagi namoyishlarini baholash hisoblanadi. Agressiya va agressiv xulq-atvor orasidagi o‘zaro bog‘liqlik xarakterini aniqlashga urinib ko‘raylik. Balki insonning agressiya kechinmalari uni vayronkor harakatlarga olib keladi. Boshqa tomondan, zo‘ravonlik sodir etib, inson o‘tkir emotsional qo‘zg‘alish holatida ham, shu bilan birga to‘liq sovuqqonlik holatida ham bo‘lishi mumkin. Agressor o‘z qurbonini yomon ko‘rishi umuman shart emas. Holbuki, ko‘pchilik insonlar bog‘lanib qolgan va chin yurakdan sevadigan o‘z yaqinlarini qiynaydilar. Yuqorida keltirilgan misollardan xulosa qilish mumkinki, agressiv xulq-atvor turli shakllarga (ifodalanishi bo‘yicha) ega bo‘lishi mumkin: situativ agressiv reaksiyalar (aniq vaziyatga qisqa muddatli reaksiya shaklida); passiv agressiv xulq- atvor (hech nima qilmaslik yoki biror nimadan voz kechish shaklida); faol agressiv xulq-atvor (zo‘ravonlik yoki vayrongarchilik harakatlari shaklida). Mazmun jihatidan agressiyaning yetakchi belgilari sifatida, uning quyidagi namoyishlarini hisoblash mumkin: insonlar ustidan ustivorlik qilishga ifodalangan intilish va ulardan o‘z maqsadlarida foydalanish; vayron qilishga intilish; atrofidagi insonlarga zarar yetkazishga intilish; zo‘ravonlikka moyillik (og‘riq yetkazish). Shubhasiz, zo‘ravonlik (jismoniy, jinsiy, emotsional) agressiv xulq- atvorning eng jiddiy namoyishi va xayrixohligi natijasidir. Inson zo‘ravonligi hayvonnikidan tubdan farq qiladi. U biologik jihatdan maqsadsiz, u faollik bilan inson hissiyotlaridan foydalanadi, u inson intellektining tekinxo‘riga aylanadi va nihoyat qurol qo‘llanilganda ko‘p karra kuchayadi. Umuman olganda, agressiv xulq bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish uchun, har qanday jamiyat maxsus choralar ko‘rishga majbur. Bular orasida eng samaralisi milliy qadriyatlar, ijtimoiy normalar hisoblanib, bular aniq shaxsni o‘zining agressiv potensialini integrallashga va uni ijtimoiy ruxsat etilgan usullar yordamida ifoda etishga imkon beradi. Download 40.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling