Agro Inform N2 [4] 2022 80


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana06.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1752430
1   2   3   4
Bog'liq
zamonaviy-materialshunoslikning-istiqbollari-va-uning-qishloq-xo-jaligidagi-ahamiyati

N2 [4] 2022
81
Agro Inform
borilmoqda. 
Ayni ushbu materiallardan foydalanish 
natijasida: hisoblash texnikasi va kompyuter-
lashtirishda, uzoq masofalar bilan aloqa qiluvchi 
texnika sohasida, ma’lumotlarni saqlash va 
uzatish usullarida, informatsion texnologiyalarni 
takomillashtirishda, energiyani bir turdan boshqa 
turga aylantirish jarayonida, foydali ish koeffitsienti 
samaradorligining yuqori qiymatiga erishishda
ishlab chiqarishni avtomotlashtirishda, yangi - qayta 
tiklanuvchi va ekologik toza energiya manbalarini 
yaratishda va maishiy texnikalarini elektronika 
asosiga o‘tkazishda zo‘r taassurot qoldiradigan, 
muttasil rivojlanish yutuqlariga erishishni amalga 
oshirish imkoniyati tug‘ildi. 
Ushbu masalalarni yechish, tez va o‘ta tez 
sodir bo‘luvchi jarayonlarni ya’ni qatttiq jismlardagi 
elektr zaryadlarini, elektr va magnit maydonlarini
optik va tovush to‘lqinlarini ko‘chishi va o‘zlarini 
tutishini belgilangan darajada va tartibda 
o‘zgartirish yo‘llarini amalga oshiruvchi; texnika 
sohasi: elektronika, mikro va nanoelektronikani 
asosiy mohiyatini tashkil etadi. 
XX asrning 40 yillari oxirigacha bu vazifalarni 
vakuum qurilmalarida, qiyin eriydigan metall 
katodlarini sirtidan erkin zaryad tashuvchilar 
emissiyasi natijasida hosil qilinib, anodga tomon 
yo‘naltirilgan harakati, qo‘yilgan elektr maydonini 
o‘zgartirish natijasida boshqariluvchi vakuum 
elektronikasi tomonidan bajarilgan. 
Hisoblash texnikasi, radio va televizion 
qurilmalarning rivojlanishi bois, avtomatik 
vositalarning harakat tezligi va xizmat qilish davrini 
uzaytirishga bo‘lgan talablar tezlik bilan ortib, shu 
bilan birga elektron sxemalardagi qurilmalar soni 
ham oshib bordi.
Ushbu sharoitda vakuum elektronikasiga 
tegishli quyidagi kamchiliklar yaqqol ko‘zga tashlana 
bordi: kichik (past) harakat tezligi (millisekundan 
katta bo‘lmagan), foydali ish koeffitsientining past 
darajada ekanligi ( 2-5%) va shu bilan birga ko‘p 
energiya iste’mol qilishi va narxining yuqorililigi
qurilmalarning o‘lchamlarini juda kichkina qilishga 
xalaqit qiluvchi ko‘p miqdorda issiqlik ajralishi 
hamda ba’zi bir qurilmalarning xizmat qilish 
vaqtining chegaralanganligi (4000-5000 s) va 
boshqalar. 
Shunday qilib, texnikani rivojlanishi zaryad 
tashuvchilarni tiplari va harakatini, turli tipdagi 
fizik maydonlarning o‘zini tutishini boshqarishning 
yangi yo‘llarini izlab topishga turtki bo‘ldi. Bu 
izlanishlar XX asrning 40 yillari oxiri va 50 yillari 
boshida yangi qurilma, ya’ni turli xil ishorali 
zaryadlarni tashilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qattiq jismda 
yuz beruvchi tranzistorni ixtiro qilinishiga sabab 
bo‘ldi. 
Natijada, vakuum elektronikasidan, nafaqat 
vakuum elektronikasidagi kamchiliklarnigina 
yo‘qotib qolmasdan, balki bir qator afzalliklarga ega 
bo‘lgan qattiq jism elektronikasiga o‘tish yuz berdi.
Oxir oqibat, yarim o‘tkazgichli materiallarni 
yaratilishi - sintezi, elektronikaning rivojlanishida 
odatdan tashqari istiqbolli vaziyat yaratilishiga 
sabab bo‘ldi. Kremniy, germaniy yarimo‘tkazgich 
elementlari hamda birikmalari asosida qattiq 
eritmali materiallarni olinishi va zamonaviy 
yarimo‘tkazgich qurilmalarni yaratilishi ushbu 
soha rivojlanishiga ya’na ham kuchli turtki bo‘lib 
xizmat qildi.
Endi zaryad tashuvchilarni konsentratsiyasini 
bir necha tartibga o‘zgartirib - elektr 
o‘tkazuvchanlikni maqsadli o‘zgartirish imkoniyati 
tug‘ildi. Qattiq jism turli xil o‘tkazuvchanlikka ega 
zaryad tashuvchilarini bevosita tegib turuvchi 
sohasini yaratish amalga oshirildi (p-n-o‘tish), 
bu o‘z navbatida toklarni to‘g‘rilash uchun, elektr 
signallarini registratsiya qilish va kuchaytirish 
uchun xizmat qiladi. p-n- o‘tishlar qattiq jism 
elektronikasi keng ko‘lamdagi qurilmalarining 
asosini tashkil etadi. Agar bunga yana vakuum 
elektronikasi qurilmalari bilan solishtirganda 
qattiq jism elektronikasi asosida yaratilgan 
qurilmalarning ishlash tezligi nano- va piko-
sekundlarda (10-9 va 10-12 s) ishlashini qo‘shsak, 
ushbu soha imkoniyatlari qanchalik kengligini 
anglab etamiz. Bu qurilmalarning foydali ish 
koeffitsentining ancha yuqoriligi va qurilmalarni 
o‘ta 
kichraytirish 
(miniatyutr) 
imkoniyati 
tug‘ilganini hisobga olsak, qattiq jism elektronikasi 
asosida 
yaratilgan 
qurilmalarni, 
vakuum 
elektronikasi asosida yaratilgan qurilmalar oldida 
tenglashtirib bo‘lmaydigan ustunligini yaqqol his 
qilishimiz mumkin.
Hozirgi paytda va yaqin kelajakda muhim 
sanalgan va sanoatda ko‘p miqdorda ishlab 
chiqarilayotgan, elektronikani turli sohalarida 
keng qo‘llanilayotgan material bu kremniydir 
(er qobig‘ining 30% ga teng). Dunyo bo‘yicha 
polikristall kremniy yarim o‘tkazgichini ishlab 
chiqarish yildan yilga ortib bormoqda va hozirgi 
vaqtda u yiliga 15 ming tonna atrofida, monokristall 
kremniy eng ko‘p ishlatiladigan va muhim soha 
elektronikaning-miktoelektronika sohasi bo‘lib u 
yiliga 10 ming tonna atrofida ishlab chiqariladi.
Mikroelektronika va uning rivojlanishi bilan 
kompyuterlash, informatika, televideniya, aloqa 
vositalari (shu qatorda uzoq oraliqdagi), maishiy va 
maxsus texnikalarni muvoffaqiyatlari chambarchas 
bog‘liqdir.
Yuqorida ta’kidlanganidek yarimo‘tkazgichli 
birikmalarni: GaAs, GaP, CdTe, CdS, ZnS va 
boshqalarning - sintezi qattiq jism elektronikasida 
katta ahamiyat kasb etadi ushbu birikmalarni 
to‘rtinchi guruh elementlari yarimo‘tkazgichlar 
Удалить Водяной Знак
Wondershare
PDFelement



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling