Agro Inform N2 [4] 2022 80
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
zamonaviy-materialshunoslikning-istiqbollari-va-uning-qishloq-xo-jaligidagi-ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Agro Inform
N2 [4] 2022 82 oilasining tipik vakillari bo‘lmish kremniy va germaniy tagliklar ustiga olish ularning jozibadorligini yana ham oshiradi. Qattiq jismli elektronika qurilmalarining energetikadagi roli: yarim o‘tkazgichli aylantirgichlar yordamida elektr energiyasini (shu jumladan uzoq masofalarga) uzatish zo‘r tassurot qoldiradi. Mutlaq ko‘p miqdordagi yarim o‘tkaz- gichlarning ajoyib va betakror xossalari, agar ular tarkibidagi yarim o‘tkazgichlarning elektr o‘tkazuvchanligiga tasir qiluvchi tasodifiy yot moddalarning konsentratsiyasi juda kam 1010 -1013 at/sm3 dan oshmasa ya'ni 10-7-10-3 % (at.) bo‘lsa, hamda kristall tuzilishi mukammal bo‘lib, g‘oyat yuqori bo‘lsagina namoyon bo‘ladi. Yarim o‘tkazgichli moddalarni sintez qilishni zamonaviy mikroelektronikada hamda yuqorida keltirilgan ishlarni amalga oshirish epitaksial texnologiyalarsiz xom hayolligicha qolar edi. Epitaksial texnologiyani takomillashuvi bilan integral sxemalar integratsiya darajasi (yani bir kristalldagi qurilmalar soni) va qurilmalarning joylashish zichligi (1 sm2 dagi, kelgusida 1 sm3 dagi qurilmalar soni) oshib bormoqda. Mos holda sxemalarning biridan ikkinchisiga o‘tish ham takomillashib bormoqda: integral sxema (IS), katta integral sxema (KIS), o‘ta katta integral sxema (O‘KIS) va ultra katta (super katta) integral sxema (O‘KIS). Hozirgi paytda bunday sxemadagi bitta qurilmaning chiziqli o‘lchami taxminan inson sochi qalinligidan 200 marta kichik integratsiya darajasi (yani bir qurilmadagi qurilmalar soni) ga teng. Demak, materialshunoslik yoki elektron sanoatning jadal rivojlanishi, bizdan tubdan yangi elektrofizik, fotoelektrik va optik xossalarga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgichlarning tipik vakillari bo‘lgan va xossalari har tomonlama o‘rganilgan elementar tizimi asosida istiqbolli qattiq eritmalarni yaratishimizni talab etadi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda yarim o‘tkazgichlar asosida tayyorlangan qurilmalarning kirib kelmagan sohasining o‘zi deyarli yo‘q. Ta'limda yarim o‘tkazgichlarning roli beqiyos katta. Chunki, nazariy bilimlarimizni mustahkamlash uchun o‘tkaziladigan ko‘pchilik laboratoriya asboblarini asosini yarim o‘tkazgichli qurilmalar tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanadigan: zamonaviy termometrlar, namlikni o‘lchovchi, o‘simliklar orasidagi yoritilganlikni o‘lchaydigan turli xil datchiklar (sensorlar). Agrometeorologik postlardagi meteo- stansiyalarning asosini yarim o‘tkazgichli qurilmalar tashkil etadi. Zamonaviy innovatsion texnologiyalarni, qurilmalarni agrar sohada keng qo‘llash, albatta oziq-ovqat xavfsizligini yechimini topishda keng ma'noda yordamchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Aqlli qishloq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bularning hammasi yarimo‘tkazgichli materiallar asosida tayyorlangan qurilma va asboblar asosida amalga oshiriladi. Tuproq tarkibini tahlil qiluvchi qurilmalar, suv tarkibi va uning sarfini aniqlovchi qurilmalar, qishloq xo‘jaligi zararkunandalarini monitoring qiluvchi va ularga qarshi kurashish uchun foydalaniladigan asboblar, hayvonlarga ultratovush tashxisini qo‘yuvchi qurilmalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatli qurituvchi qurilmalar, yerlarni tekislashda qo‘llaniladigan lazer qurilmalari va juda ko‘p boshqa qurilmalarning asosida yarimo‘tkazgich materiallari yotadi. Demak, materialshunoslik va uning yarimo‘tkazgichlar sohasining istiqbollari juda ham yuqoridir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. S.S. Gorelik, M.Ya. Dashevskiy. Materialovedenie poluprovodnikov i dielektrikov. MISIS, 2003 g, ISBN 5 – 87623 – 018 – 7. 2. S.A. Medvedev. Vvedenie v texnologiyu poluprovodnikovыx materialov.Izdatelstvo “Vыsshaya shkola”, Moskva – 1970. 3. Kekua M.G., Xutsishvili E.V. Tverdыe rastvorы poluprovodnikovoy sistemы germaniy - kremniy. – Metsniereba: Tbilisi, 1985. - 122 s. Удалить Водяной Знак Wondershare PDFelement Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling