Qishloq xoʼjaligi


Download 1.12 Mb.
bet1/4
Sana17.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1097053
  1   2   3   4
Bog'liq
Qishloq xoʼjaligi


Mo'minov Avazbek
EK SIRTQI 1-21
2 KURS

Qishloq xoʼjaligi


Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimiz agrar sohasiga e’tibor kuchaydi. Natijada qisqa fursatda dehqonchilikda paxta yakkahokimligiga barham berilib, uni rivojlantirish bozor tamoyillari asosida olib borildi. Misol uchun 1992-yilda paxta hosildorligi rejaga nisbatan 25,2st/ga o’rniga 19st/ga, g’alla 22,5st/ga bo’lgan bo’lsa, 1999-yilda 262 ming tonna paxta va 425 ming tonna don, 2005-yilda paxta 260,4 ming tonna, g’alla esa 577,6 ming tonnani tashkil etdi. Bu kabi ko’rsatkichlar keyingi yillarda ham yanada yuqori bo’lmoqdaki, bularning barchasi agrar sohada olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar samarasidir, albatta.

O’zbekiston Respublikasi yer fondi 44,9 mln ga ni tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yer fondi 3 toifaga bo’linadi: sug’oriladigan yerlar, lalmikor yerlar va tabiiy yaylovlar. Sug’oriladigan yerlar 4,3 mln ga ni tashkil qiladi va qishloq xo’jalik mahsulotining 93%dan ortig’ini beradi.

O’zbekiston Respublikasi yer fondi 44,9 mln ga ni tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yer fondi 3 toifaga bo’linadi: sug’oriladigan yerlar, lalmikor yerlar va tabiiy yaylovlar. Sug’oriladigan yerlar 4,3 mln ga ni tashkil qiladi va qishloq xo’jalik mahsulotining 93%dan ortig’ini beradi.


50,1%
9,7%
35,3%
3,2%
1,7%

Qishloq xo’jaligi xususan, dehqonchilikni rivojlantirish ekologik toza va sifatli mahsulot yetishtirish zamon talabiga aylanmoqda. Zero, tarmoqda kimyoviy va zaharli moddalarni asossiz ravishda ko’p qo’llash, umuman dehqonchilikning ilmiy asoslarini chetlab o’tish kabi holatlar dala biosenozining degratsiyalashuviga olib keldi. Ko’plab foydali hasharotlar, qushlar va qadimdan ekib kelingan an’anaviy (tariq, chumiz , jut, zig’ir, adas, burchoq) ekinlarning siqib chiqarilishi unumdorlikning pasayishi, tuproqda gumusning 40-50%gacha kamayib texnogen omillar(yonilg’i, o’g’it, texnika) atrof-muhit musaffoligiga zarar yetkazdi. Afsuski o’tgan asrning 2-yarmida ekologik muammolarni bartaraf etishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan bo’lsa-da, ular ma’muriy buyruqbozlik tizimining qurboniga aylandi.


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling