Qishloq xoʼjaligi
Download 1.12 Mb.
|
Qishloq xoʼjaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Viloyat 1980-85y. 1990y. 1999y.
Qishloq xo’jaligi xususan, dehqonchilikni rivojlantirish ekologik toza va sifatli mahsulot yetishtirish zamon talabiga aylanmoqda. Zero, tarmoqda kimyoviy va zaharli moddalarni asossiz ravishda ko’p qo’llash, umuman dehqonchilikning ilmiy asoslarini chetlab o’tish kabi holatlar dala biosenozining degratsiyalashuviga olib keldi. Ko’plab foydali hasharotlar, qushlar va qadimdan ekib kelingan an’anaviy (tariq, chumiz , jut, zig’ir, adas, burchoq) ekinlarning siqib chiqarilishi unumdorlikning pasayishi, tuproqda gumusning 40-50%gacha kamayib texnogen omillar(yonilg’i, o’g’it, texnika) atrof-muhit musaffoligiga zarar yetkazdi. Afsuski o’tgan asrning 2-yarmida ekologik muammolarni bartaraf etishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan bo’lsa-da, ular ma’muriy buyruqbozlik tizimining qurboniga aylandi.www.arxiv.uz Shu tariqa qishloq xo’jaligida dala ekinlari majmuasi, ya’ni agrosenozni tabiiy usulda emas, balki sun’iy ravishda boshqarish ekin turlarining qashshoqlashuvi, begona o’tlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi tabiiy kushandalar yordami (biologik usul)da kurashish o’rniga keng ko’lamli kimyoviy choralar qo’llanildi va bu tabiatda ekologik nomutanosiblikni keltirib chiqardi.Yer resurslari holati va ulardan oqilona foydalanish masalalari milliy va global bo’lib qolmoqda. Ko’rilayotgan choralarga qaramay, yerlarning buzilish jarayoni kuchayib bormoqda va qishloq xo’jaligida foydalanish uchun yaroqli yerlar resurslari kamayib ketmoqda.
Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling