Agro Inform


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1636581
1   2   3   4
Bog'liq
o-zbek-tilidagi-fe-l-nisbatlari-darajalari

2/ 2021
49
Agro Inform
ma’no o‘zgarishini keltirib chiqarib, semantik
farqlanishga xizmat qiladi. Masalan: Uy bo‘shadi. 
Agranom ishdan bo‘shadi. Onasi dardini aytib biroz 
bo‘shandi.
O‘timli fe’l o‘zlik nisbat shakliga o‘tgach, fe’l 
o‘timsizlashadi.
Yayra, qichqir, bor, ek, kes, sug‘or, uxla kabi 
fe’llardan o‘zlik nisbati yasalmaydi.
Azoblanmoq, 
ayblanmoq, 
aytilmoq, 
belanmoq, bezalmoq, gapirilmoq, yeyilmoq, 
deyilmoq, izlanmoq, kutilmoq olinmoq, ochilmoq 
va hokazo.
Majhul nisbat — bajarilishi noma’lum 
bo‘lgan harakat yoki holatni bildirgan fe’llar, 
bosh nisbatning asosan o‘timli fe’l leksemalari 
shakllaridan –l(il), -n(in) qo‘shimchalari vositasida 
hosil qilinadi. Masalan:
1.Qishloq xo‘jalik sohasidagi eng zaruriy ta’lim 
va tadbirlar ko’rildi.
2. Madaniy yashash sharoitga moslashgan 
o‘simliklar keltirildi.
3.Nohaqlikka yo‘l qo‘yganlar qattiq qora-
lanyapti. 
Fe’l leksemaning muayyan harakat yoki 
holatini aniq ifodalasa, gapda shu harakat yoki 
holatni bajarilishi yoki bajarilmaganligini bildirsa, 
majhullik ma’nosi ham ravshanlashadi. Masalan:
1.Ertalabdan beri yuvilmagan kirlar yuvildi.
2. Bu yilgi paxta rejasi ortig‘i bilan bajarildi
3. Mehmonlar kelishiga dasturxon chiroylik 
bezatildi.
4.Bugun ob-havo keskin yomonlashadi, 
deyilmoqda.
O‘zlik va majhul nisbat shakllari bir xil, 
ularni farqi harakat va holatni bajaruvchisini aniq 
bildirish yoki bildirmasligiga ko‘ra farqlanadi.O‘zlik 
nisbati bajaruvchisi aniq bo‘lib, ko‘pincha 
gapning egasi bilan ifodalanadi. Majhul nisbatida 
bajaruvchisi noaniq bo‘lib, gapda to‘ldiruvchi 
vazifasida keladi.
Masalan:
1.Agronomiya fanining dehqonchilik nuqtai 
nazaridan qaraganda, tor ma’nosi tuproqning 
hosildorligini oshirib, qishloq xo‘jalik ekinlaridan 
yuqori hosil olish usullarini o’ rgatadi. (aniq nisbat).
2.Dehqonchilik nuqtai nazaridan qaraganda, 
agronomiya fanida tuproqning hosildorligini 
oshirib, qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil 
olish usullari o‘rganiladi. (majhul nisbat) izohli 
lug‘atdan.
1
Orttirma nisbat ko‘rsatkichlari o‘timsiz 
fe’llarni o‘timliga aylantirishning eng qulay 
vositalaridan biridir. Shu tariqa o‘timliga aylangan, 
asli o‘timsiz bo‘lgan fe’llardan majhul nisbati 
yasaladi. Masalan:
1. Sanoat xalq xo‘jaligi uchun kerakli dori-
darmonlar ishlab chiqardilar. Orttirma nisbat 
(izohli lug‘at 13-bet).
2. Bu yil chekka qishloqlarga ham toza 
ichimlik suvi chiqarildi. Majhul nisbat.(“Yoshlar 
ovozi” gazetasi). 
Ayttirmoq, aldatmoq, baholatmoq, bezat-
moq, orttirmoq, yoqtirmoq, ildirmoq, oqlatmoq, 
ulatmoq, ketkazmoq va hokazo.
Har qaysi nisbat shakllarining tuzilma 
ko‘rinishini har gal qanday o‘zgarayotganini 
sintaktik yasalish yo‘lini kuzatish bilan aniqlash 
mumkin. So‘z shaklidagi har bir nisbat qo‘shimchasi 
o‘z grammatik ma’nosi bilan qatnashadi.
Shuni unutmaslik kerakki, tilshunoslikda 
so‘zlarning mazmuni ularga qo‘shiladigan 
qo‘shimchalar orqali o‘zgarib borganidek, shakl 
o'zgarganda so'z ma'nosida ham o‘zgarish bo ‘ladi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling