Agro Inform
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
o-zbek-tilidagi-fe-l-nisbatlari-darajalari
2/ 2021 47 Agro Inform O‘zbek tilida til hodisalari bir-biriga bog‘liq. Fonetik, leksik, morfologik, sintaktik va semantik tomonlarini o‘rganish tilshunoslikning alohida bo‘limlarini tashkil etadi. Shunga qaramay, ularni o‘zaro ajratib bo‘lmaydi. Masalan: lug‘at boyligini va so‘z turkumlarini fonetik xususiyatlarisiz yoki semantik belgilarisiz tasavvur etish qiyin. Shu sababli, keyingi yillarda tilshunoslikda til hodisalarini bir yoqlama emas, bir-biriga bog‘liq tomonlarini qo‘shib yoki yaxlit holda o‘rganuvchi sohalar ham shakllandi. So‘zning lug’aviy semantikasini o‘rganish, albatta, uning grammatik tomonlariga ham nazar tashlashni taqazo etadi. Bu esa til qatlamlarining o‘zaro faol bog’liqligini va bir butun tizim ekanligini bildiradi. Qoidalar bo‘yicha har qanday gapning shakllanishida morfologik, lug‘aviy va boshqa belgilar umumiy holda qatnashadi: gap sintaktik bo‘laklardan tuziladi, bu bo‘laklar semantik vaziyat talabiga ko‘ra tanlangan leksemalarning tegishli so‘z shakllarida kelishi bilan yuzaga chiqadi. So‘z shakllari, o‘z navbatida, muayyan gap andozasini tuzadi. Semantik va sintaktik tomonlardan bir-biriga muvofiq tuzilgan, ya’ni semantik-sintaktik tuzilishlari o‘zaro mutanosib bo‘lgan gaplarda, ayniqsa, so‘z shakllarining, ularning morfemik tuzilishining ahamiyati katta. O‘zbek tilining agglutinativ tillardan biri ekanligi so‘z shaklida grammatik ma’nolar grammatik ko‘rsatkichlar miqdoriga teng bo‘lishini taqozo etadi. Grammatik ko‘rsatkichlarning grammatik ma’nolari esa gapning semantik-sintaktik tahlilida namoyon bo‘ladi. Chunki “Gapning semantik tuzilishini sintaksis yoritadi. Gapning mundarijasi uning shakli bilan bog‘liq”. Shakliy qismga xos qo‘shimchalar grammatik ma’nolarga ega bo‘lib, leksemaga shakliy vaziyatga mos nutqiy jarayonda qo‘shilib, uning muayyan shaklini tashkil etadi. Lekin fe’lga xos bir qator qo‘shimchalar borki, ular harakatning tavsifiy ifodalashga xoslangan bo‘lib, grammatik shakliy qismga doir semantikaga ega emas. Til Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling