Kasallik rivojlanishi va zarari. Kasallikni tokzorda sikada tarkatadi. Sikada yiliga bir avlod beradi. Qo‘zgatuvchi zararlangan novdalarda qishlaydi. Bahorda qo’zg’atuvchini sikadaning nimfasi yoki yetuk zoti yutadi, uch haftadan so‘ng ularda tokni zararlash qobiliyati paydo bo‘ladi.
Kasallik belgilari vektor vositasida tabiiy zararlanishdan so‘ng keyingi yili kuchli va sistemali shaklda rivojlanadi. Ammo tok boshqa virus (black ring virus) bilan zararlangan bulsa, kasallik sistemali bulmasdan, qo’zg’atuvchi tukimaga kirgan joyda lokal bo’lib koladi.
Keyingi mavsumlarda kasallik rivojlanishi 2 tipda o‘tashi mumkin: 1) sistemali belgilar yildan yilga kuchayadi va oxiri tok nobud buladi; 2) tok kaytadan zararlanmasa, sog‘ayadi; 4-5 yildan keyin qayta zararlanish yuz bersa, tokda yana 1-tipdagi sistemali zararlanish belgilari rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |