Agrobiznes, uning turlari va rivojlantirish muammolari. Reja: Kirish Agrobiznes va uning turlari


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana09.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1343933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1 Agrobiznes va uning turlari Agrar munosabatlarning iqtisodiy

unumdorlikni tashkil qiladi. 
Qishloq xo’jaligida foydalanadigan barcha ishlab chiqarish vositalari 
xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo’lish mumkin. Hozirgi paytda qishloq 
ho’jaligida xo’jalik yuritishning asosiy ko’rinishlari fermer va dehqon shakllarida 
bo’lib, ulardan ishlab chiqarish jarayonlari turli iqlim va tuproq sharoitlaridan 
foydalanish asosida olib boriladi.
Qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan barcha ishlab chiqarish vositalar 
(traktorlar, mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko’p yillik daraxtlar, 
mahsuldor chorva hamda ish hayvonlari) kapital tarkibini tashkil qiladi. Aylanma 
kapitalga quyidagilar kiradi: yosh va boquvdagi hayvonlar, yem-xashak, urug’lik 
fondlari, kimyoviy o’g’itlar, hizmat muddati bir yildan kam bo’lgan turli xil ishlab 
chiqarish vositalari – invertarlar, yoqilg’i va moylash materiallaridan iborat 
bo’ladi. Kapital doiraviy aylanib turadi, ya‘ni pul shaklidan ishlab chiqarish 
shakliga, undan tovar shakliga o’tib, yana pul shakliga qaytib keladi. 
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vaqti uzoq davom etadi va ish vaqti 
kunlar bilan belgilanadi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayoni 
mavsumliyligi bilan xususiyatlidir. Masalan, kombaynlar, turli ekish asboblaridan 
qisqa vaqtda foydalaniladi. Aholini nisbatan zichligi, qishloq xo’jaligiga yaroqli 
yerlarning cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinadi, 
unga davlat mulki saqlanib qoldi. 
Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma‘lum yer uchastkasiga 
tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi 
egalik huquqini tan olinishini bildiradi. Yerga egalik kishi deganda avvalo yerga 
bo’lgan mulkchilik va uni iqtisodiy jihatdan realizatsiya qilish ko’zda tutiladi. 
Yerga egalikni yeri bo’lgan mulkdor yoki davlat amalga oshiradi. 
Yerdan foydalanish huquqi – bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy 
tartibda undan foydalanishni bildiradi. 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda ham to’rt omil – yer, kapital, 
tadbirkorlik qobiliyati, ishchi kuchi qatnashadi. Bunda yer muhim ishlab chiqarish 


vositasi sifatida ishtirok etadi. Bu omillarni barchasini harakatga keltirish ishchi 
kuchi omiliga bevosita bog’liqdir. Kapital foyda yoki foiz, yer esa renta yaratadi 
degan tushunchalar – xato fikr-mulohazalardir, uni barchasini jonli mehnat egasi 
bo’lgan ishchi kuchi yaratadi. Aytish mumkinki, ishchi kuchi - moddiy vositalarni 
harakat keltiruvchi ishlab chiqarishning ustuvor omilidiр. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling