Agrobiznes va logistika ” kafedrasi «Mikroiqtisodiyot» fanidan


Download 483.69 Kb.
bet6/7
Sana15.02.2023
Hajmi483.69 Kb.
#1201965
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
abdullayeva yulduz kurs ishi mikroiqtisodiyot tayyor

III. Xulosa.
Har bir tovarni talab miqdori – bu xaridorlar xohlagan va sotib olishi
mumkin bo’lgan tovarlar sonidir. Biz ko’rishimiz mumkinki, talab miqdori ko’p
omillar bilan aniqlanadi, ammo bozor ishlashini tahlil qilganda shuni bilishimiz
mumkinki faqat bitta omil – tovarning narxi hal qiluvchi o’rin tutadi. Agar bitta
pufakning narxi 20$ gacha ko’tarilsa, siz kamroq pufakchalarni xarid qilasiz. Agar
pufakning narxi 0.20$gacha tushib ketsa, siz ko’proq pufakchalarni xarid qilasiz.
Iqtisodiyotda ko’p tovarlar uchun narx va talab miqdorining o’zaro munosabati
haqiqiydir va u shunchalik katta hajmga egaki, iqtisodchilar buni talab qonuni deb
ataydilar: boshqa bir xil sharoitlarda tovarning narxi kotarilsa unga bolgan talab
miqdori kamayadi, va aksincha tovarning narxi tushganda unga bo’lgan talab
miqdori ko’payadi.
3-rasm
Rasmda Katerina har oyda nechta muzqaymoq va qanday narxda sotib olishi ko`rsatilgan. Agar muzqaymoq tekin bo`lsa, Katerina oyiga 12 ta muzqaymoq yeydi. Muzqaymoqning narxi 0.50$ bo`lsa, Katerina oyiga 10ta muzqaymoq iste’mol qiladi. Narxni ko`tarilishiga qaragan holda u borgan sari kam muzqaymoq sotib oladi. Narx 3.00$ yetgan zahoti Katerina muzqaymoqni xarid qilishni to`xtatadi. Bu rasm talab grafigini, ya’ni boshqa omillar ta’sirida bo`lmagan tovarning narxi va talab miqdori o`zaro munosabatini ko`rsatadi. Birinchi rasmda talab qonunini namoyon qilish uchun jadvaldan olingan sonlar ishlatiladi. Shartli ravishda, muzqaymoq narxi vertikal o`qida ko`rsatiladi, talab miqdori esa gorizontal o`qida ko`rsatiladi. Pastga qarab ketayotgan chiziq Muzqaymoq narxi Rasm Talab egri chizig’i Muzqaymoq Talab qilingan miqdori miqdorning ortishi Talab grafigi – bu har bir narxda bo’lgan talabning hajmini ko’rsatuvchi jadval. Talab egri chizig’i narxning o’zgarishidagi talabning hajmi o’zgarishini ko’rsatadi. Past narx talabning hajmini ko’payishiga olib keladi, demak talab egri chizig’i pastga qarab ketadi. Muzqaymoq narxi Muzqaymoq miqdori Talab grafigi va talab egri chizig’i Narxning tushishi26 narxni va talab miqdorini o`zaro bog’laydi va u talab egri chizig’i deb nomlanadi.
Talab egri chizig’ini siljishi.
Talab egri chizig’i boshqa teng sharoitlarda haqqoniy bo`lsa, u vaqt o`tgan sari turg’un bo`lmaydi. Agar nimadir talab miqdorini o`zgartirsa, bu holda talab egri chizig’ining siljishi kuzatiladi. Masalan, deylik, Amerikalik Tibbiyot assotsiatsiyasi odamlar ko`p miqdorda muzqaymoq iste’mol qilishsa, ular uzoq umr ko`rishini aniqlashdi. Bunday kashfiyot talab egri chizig’ini ko`taradi. Har bir paytdagi narxda xaridorlar ko`proq muzqaymoqni sotib olishni hohlaydilar, va shu yo’l bilan talabegri chiziqi siljiydi.
Barcha tovarlar ham odatiy tovarlar emas. Agar daromad tushganda biror tovarga bo`lgan talab oshsa, ushbu tovar past darajali tovar deyiladi. Past darajali tovarga misol qilib avtobus chiptasini keltirishimiz mumkin. Daromadingiz tushganda mashina haydash yoki taksi minishdan ko`ra avtobusga chiqishni ma’qul ko`rasiz.
Faraz qiling muzlatilgan yogurtning narxi tushdi. Talab qonuniga ko`ra siz muzlatilgan yogurt sotib olasiz. Ayni shu paytda siz muzqaymoq kamroq xarid qilasiz. Chunki muzgaymoq va muzlatilgan yogurt birdek sovuq, shirin, kremli, ular sizning ehtiyojingizni birdek qondiradi. Bir mahsulot narxining tushishi boshqa bir mahsulotga bo`lgan talabni kamaytiradi va bu tovarlar o`rin bosuvchi tovarlar deyiladi. O`rin bosuvchi tovarlar asosan bir joydan xarid qilinadigan tovarlar hisoblanadi, masalan, hot-dog va gamburger, sviter va ko`ylak, kino chiptasi va video ijarasi.
Faraz qiling suyuq shokoladning narxi tushdi. Talab qonuniga ko`ra siz undan ko`proq sotib olasiz. Shu sababli siz ko`proq muzqaymoq ham sotib olasiz, chunki muzqaymoq va suyuq shokolad birga iste’mol qilinadi. Bir mahsulot narxining tushishi boshqa bir mahsulotga bo`lgan talabni oshiradi, bu mahsulotlar to`ldiruvchi tovarlar deyiladi. To`ldiruvchi tovarlar birgalikga ishlatiladi, masalan, benzin va avtomobil, kompyuter va dastur.
Biror mahsulot yoki xizmatga bo`lgan taklif miqdori ushbu tovarlarni bozordagi xaridorlari soni bilan ifodalanadi. Taklif miqdorining bir qancha qismlari mavjud, ammo yana bir marta narx bizning tahlilda asosiy o`rinni egallaydi. Muzqaymoq narxi yuqori bo`lganda muzqaymoq sotish daromadli bo`ladi va natijada muzqaymoq sotish hajmi oshadi. Muzqaymoq sotuvchilar ko`proq ishlashadi, ko`proq muzqaymoq texnikasi xariq qilinadiva ko`p ishchi yollanadi. Ammo muzqaymoq narxi past bo`lganda bu biznes kam daromadli bo`ladi va sotuvchilar kam muzqaymoq ishlab chiqaradi. Ba’zi narxda bir qancha sotuvchilar butunlay ishlab chiqarishni to`xtatadilar va ularning ishlab chiqarish hajmi nolga teng bo`ladi. Ushbu taklif miqdori va narx o`rtasidagi bog’liqlik taklif qonuni deyiladi. Narx oshganda taklif miqdori ham oshadi, narx tushganda taklif miqdori ham tushadi.

Download 483.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling