Agrobiznes va logistika fakulteti biznesda buxgalteriya hisobi
Mehnat va ish haqini hisobga olish boʻyicha dastlabki hujjatlar. Ish haqi ta’belini, ish haqi kitobini to’ldirish tartibi
Download 71.42 Kb.
|
Abdurauf
Mehnat va ish haqini hisobga olish boʻyicha dastlabki hujjatlar. Ish haqi ta’belini, ish haqi kitobini to’ldirish tartibi
I. Umumiy qoidalar 1.1. Mehnat daftarchalari xodimlarning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat bo‘lib, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda (*) 5 kundan ortiq ishlagan, shu jumladan, muayyan muddatga yollanganlarga (**), shuningdek, davlat ijtimoiy sug‘urta qilinishi ko‘zlangan taqdirda, shtatlar jadvalidan tashqari xodimlarga xam yuritiladi. * bundan keyin so‘zlar mazmunining kelishiga qarab, “ish beruvchi” yoki “korxona” deb yuritiladi. ** bundan keyin “xodimlar” deb ataladi. 1.2. Xususiy tadbirkorlik va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs bo‘lmagan fuqarolarga hamda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda ishlovchilarga mehnat daftarchalarini berish, mehnat stajini belgilash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. Ilk bor o‘zining mehnat faoliyatini shunday ishlarda boshlagan xodimlarga mehnat daftarchalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan rasmiylashtirib beriladi. Mehnat stajining davomiylik muddati to‘g‘risidagi yozuv budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga tegishli ajratmalarning to‘langanligi haqida berilgan hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur faoliyat davrida band bo‘lgan shaxslarning mehnat daftarchalari ularning egalari boshqa ishga joylashganlariga qadar (ko‘chib ketishi, pensiya tayinlanishi va boshqa hollarda) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlarida saqlanadi. Ilk bor o‘zining mehnat faoliyatini chet ellarda boshlagan fuqarolarga mehnat daftarchalari Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan rasmiylashtirib beriladi. 1.3. Har bir korxona o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, lekin shtat jadvalida nazarda tutilgan xodimlar sonidan oshmagan holda, mehnat daftarchalari sotib olish huquqiga ega. Mehnat daftarchalari va mehnat daftarchalariga qo‘shimcha varaqlar korxonalar tomonidan mahalliy mehnat organlaridan oldi-sotdi shartnomasi asosida sotib olinadi. Mehnat daftarchalarini boshqacha tartibda sotish, shuningdek, fuqarolar tomonidan mehnat daftarchalarini sotib olish taqiqlanadi. Mehnat daftarchasi va mehnat daftarchasiga qo‘shimcha varaqlarni korxonalar tomonidan qayta sotishga yoki boshqacha tartibda begonalashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 1.4. Pensiyalari muddatidan oldin tayinlangan (erkaklar — 58 yoshga to‘lgan va ish staji 25 yil, ayollar — 53 yoshga to‘lgan va ish staji 20 yil bo‘lgan) shaxslarning mehnat daftarchalari umumiy asoslarda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgunga qadar, yoki ishga kirguncha mahalliy mehnat organlarida saqlanadi. 1.5. Ishga kirayotgan vaqtda ishga kirayotgan shaxs ish beruvchiga mehnat daftarchasini (birinchi marotaba ishga kirayotganlar bundan mustasno) taqdim etishi shart. O‘rindoshlik asosida ishga kirayotganlar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan ma’lumotnoma taqdim etadilar. 1.6. Mehnat daftarchasi xodim ish haqi oladigan korxonaning xodimlar bo‘limida yoki shunga mas’ul etilgan shaxsda saqlanadi. O‘rindoshlik asosida ishlayotganlarniki esa asosiy ish joylarida saqlanadi. Download 71.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling