Agrobiznes va logistika fakulteti biznesda buxgalteriya hisobi


Xodim to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozish


Download 71.42 Kb.
bet14/20
Sana17.06.2023
Hajmi71.42 Kb.
#1525718
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Abdurauf

2. Xodim to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozish
2.9. Xodim to‘g‘risidagi ma’lumotlar mehnat daftarchasining birinchi betiga yoziladi. Familiyasi, ismi, otasining ismi qisqartirishsiz to‘liq yoziladi va tug‘ilgan kuni, oyi, yili pasporti yoki tug‘ilganligi haqidagi guvohnomaga asoslanib to‘ldiriladi.
O‘rta, o‘rta maxsus va oliy ma’lumot to‘g‘risidagi yozuvlar faqat tegishli hujjatlar (attestat, guvohnoma, diplom)ga asosan yoziladi.
To‘liqsiz o‘rta va to‘liqsiz oliy ma’lumotlar to‘g‘risidagi yozuv ham tegishli hujjatlar (talabalik bileti, imtihonlar daftarchasi, o‘quv yurti ma’lumotnomasi va hokazolar)ga asoslanib yoziladi.
Kasbi va mutaxassisligi to‘g‘risidagi ma’lumot mehnat daftarchasiga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat yoki tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjat asosida yoziladi.
2.10. Mehnat daftarchasi to‘lg‘azilgandan so‘ng xodim kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Mazkur ma’lumotlarni yozgan shaxsning imzosi korxona muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
2.11. Mehnat daftarchasidagi ismi-sharifi va tug‘ilgan kuni to‘g‘risidagi yozuvlarga o‘zgartirishlar tegishli hujjatlar (pasporti, tug‘ilganlik, nikoh va nikohni bekor qilinishi haqidagi guvohnomaga qarab familiyasini, ismini o‘zgartirish va hokazolar) asosida va ushbu hujjatlarning soni va berilgan sanalariga havola qilingan tarzda oxirgi ish joyidagi ish beruvchi tomonidan kiritiladi.
O‘zgartirilgan yozuvlar mehnat daftarchasining birinchi betiga kiritiladi. Ilgarigi familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tug‘ilgan kuni to‘g‘risidagi yozuv ustidan bir chiziq chizilib, yangi ma’lumotlar yozib qo‘yiladi. Yozuvlar muqovaning ichkari betiga yozilib korxona rahbarining yoki uning tomonidan maxsus vakolat berilgan shaxs imzosi hamda korxona yoki xodimlar bo‘limi muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
Xodimlarning ma’lumoti, kasbi, ixtisosligi va hokazolar bo‘yicha o‘zgartirishlar xam xuddi yuqoridagi tartibda amalga oshiriladi.

Download 71.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling