Agroekosistemalar


Turli katta-kichik ekosistemalar


Download 19.53 Kb.
bet2/3
Sana04.04.2023
Hajmi19.53 Kb.
#1327292
1   2   3
Bog'liq
Agroekosistemalar.

Turli katta-kichik ekosistemalar. Turli biologik sistemalar ekologiyasini o’rganishni kichik hovuzlar, ko’lmak, tashlab qo’yilgan yer, o’tloqzorlar kabi kichik joylarda olib borish va olib borilgan ma’luimotlar asosida ekosistemaning asosiy
belgilarini tahlil qilib, keyinchalik katta suv havzalari yoki Yer usti ekosistemalariga taqqoslash mumkin. Mikroorganizmlar, o’simliklar va hayvonlar hovuz, o’tloqzorlarda yashaydi va shu yerlarda suv, tuproq, hayvonning kimyoviy tarkibini o’zgartiradi. Jumladan, shishadagi hovuz suvining loyqasi yoki o’tloqzorlar tuprog’ida mikroblar, o’simlik va hayvonlar aralashmasi bo’ladi. Hovuzda uchraydigan produtsentlarga ildizlangan yoki suzib yuruvchi gulli o’simliklar (makrofitlar), suzib yuruvchi o’simliklar, suvo’tlar kirib, mayda hayvonlar esa konsumentlar guruhini tashkil etadi.
Mezoekosistemalar katta sun’iy suv ekosistemalari (baliq ko’paytirish hovuzlari, biologik tozalash hovuzlari) va har xil Yer usti yashash joylari, laboratoriya-sun’iy mikrosistema va bor tabiiy real dunyo o’rtasidagi oraliq bo’lib, ularni mezoekosistema deb qarash mumkin. Masalan, Toshkent, Sirdaryo, Andijon kabi viloyatlardagi baliq ko’paytiradigan hovuzlar va iflos oqova suvlarni tozalaydigan biologik hovuzlar suv mezoekosistemasiga yaqqol misol bo’ladi. Yer usti mezoekosistemasi-bu makrosistemaning bir qismidir, ya’ni, o’rmon chetlari, daryo qirg’oqlari, qo’lning bir ko’rfasi va hakazolar. Bunday sistemalar ham to’la funksiya va trofik tuzilishga ega bo’ladi, ekosistemalarning hamma jarayonlarini o’z boshida o’tkazadi.
Mikroekosistemalar. Tabiatda kichik-kichik “dunyolar” yoki mikrobirlik, mikrosistemalar uchraydi. Ular ochiq tabiat (kichik ko’lmaklar, yomg’ir suvi to’plangan chuqurlar, daraxt shoxi yoki tosh usti)da yoki berk kichik idishlar (kolba, butilka, butil) ham bo’lishi mumkin, ular qaysi holatda bo’lmasin, yorug’lik energiyasiga muhtoj bo’ladi. Mikroekosistemaga eng yaxshi misol akvariumlar hisoblanadi. Undagi suv muhitida bakteriyalar, suv o’simliklari, sodda hayvonlar (rachki, dafniy, kolovratkalar) va baliqlar rivojlanadi. Akvarium yorug’lik energiyasi va doimiy haroratga ega.

Download 19.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling