Agroiqtisodiyot va turizm
Amaliyot o’taladigan korxonaning tashkiliy-xuquqiy asoslari, uning faoliyat turlari bilan tanishish
Download 0.51 Mb.
|
samandar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo’jalik yurituvchi subektlarda buxgalteriya xisobining ishchi schyotlar rejasi bilan tanishish, ularni yuritish tartibini o’rganish
- Xo’jalik yurituvchi subektlarda moliyaviy xisobotlar bilan tanishish, ularni tuzish usul va uslublarini o’zlashtirish Maqsad
- Obyekti: “Algoritm academy SSHE ” 1.Nodavlat ta’lim muassasa haqida, huquqiy maqomi bilan tanishish.
Amaliyot o’taladigan korxonaning tashkiliy-xuquqiy asoslari, uning faoliyat turlari bilan tanishish
Korxonalarda buxgalteriya xisobini tashkil etish va yuritishni tartibga soluvchi me’yoriy-xuquqiy xujjatlari o’rganib chiqish Korxonada tuzilayotgan buxgalteriya balansi turlari bilan tanishish, moddalari o’rganish va shu orqali korxona moliyaviy yolatini taxlil qilish Xo’jalik yurituvchi subektlarda buxgalteriya xisobining ishchi schyotlar rejasi bilan tanishish, ularni yuritish tartibini o’rganish Korxonada tuzilayotgan boshlang’ich va yig’ma hujjatlar bilan tanishish, ularni tuzish va aylanish tartiblarini o’rganish Xo’jalik yurituvchi subektlarda moliyaviy xisobotlar bilan tanishish, ularni tuzish usul va uslublarini o’zlashtirish Maqsad: 3 kurs davomida olingan bilimlarni amaliyotda qo’llashni o’rganish va amaliyotda kerak bo’lgan bilimlarni olish. Obyekti: “Algoritm academy SSHE” 1.Nodavlat ta’lim muassasa haqida, huquqiy maqomi bilan tanishish. Odatda bunday markazlar bolalar bilan ancha yillardan beri ishlab kelgan o‘qituvchilar tomonidan ochiladi. Avval-boshda ularning o‘zi qo‘shimcha xodimlarni ishga olmasdan mustaqil ravishda dars berishlari mumkin. Bunday tarzda ishni boshlash uchun tumanlardagi hokimiyatlar qoshidagi “yagona darcha” markazlariga borib ma’lumot olish mumkin. Bunda tegishli hujjatlarni topshirib va davlat bojini to‘lab, o‘qitish huquqini beruvchi patent olishingiz mumkin bo‘ladi. Agar yoningizga yana boshqa o‘qituvchilarni olmoqchi bo‘langiz, ularni ham ro‘yxatdan o‘tkazib, hujjatlarni topshirish hamda to‘lovlarni amalga oshirish darkor. Bilasiz, davlatimiz tadbirkorlarga yaqindan ko‘mak berish, ularning faoliyatiga keng yo‘l ochish maqsadida islohotlar olib bormoqda. Qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar bilan tanishib borish davr talabiga aylanib borayapti. Ayniqsa, yosh tadbirkorlarni ro‘yxatga olish masalalari soddalashtirilmoqda, muddatlari qisqartirib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-4848-son Farmoni bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Qonunchilikdagi barcha yangilik va o‘zgarishlar, tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar, ularning huquq va majburiyatlari kabi masalalar bilan muntazam ravishda n yangi yo‘lga qo‘yilayotgan saytlarida tanishib, kuzatib borsangiz bo‘ladi. Bir qarashda til markazlari sohasidagi raqobat ancha kuchlidek tuyuladi. Ammo tajriba shuni ko‘rsatadiki, yangi markaz to‘g‘ri yondoshuv bilan taqdim etilgan taqdirda tez fursatda doimiy mijozlarga ega bo‘lishi mumkin. Sizning raqobatbardosh xususiyatingiz, masalan, guruhlarning 4-6 kishidan oshmasligi, o‘qitishning aynan sizning markaz uchun ishlab chiqilgan maxsus dasturi, qulay joyda joylashuvi singarilar bo‘lishi mumkin. Zamonaviy ota-onalar farzandlari go‘dakligidayoq chet tillarni o‘rganishni boshlashini istashadi. Ularning aksariyati bolani oddiy maktabga bera turib ham qo‘shimcha tarzda xorijiy tillarni o‘rganib borishini xohlashadi. Shu bois hatto kichikroq tumandagi lingvistika markazi ham barqaror daromad manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, dastlab yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tganingiz ma’qul. Kelgusida biznesingiz barqaror daromad keltira boshlaganidan keyin, o‘quvchilaringiz soni ancha ortganidan so‘ng haqiqiy maktab ochish haqida o‘ylasangiz bo‘ladi. Uni tugatgan o‘quvchilar davlat namunasidagi sertifikatlar ola boshlashadi. Ammo buning uchun firma ochish, bankda hisob raqamini ochish va ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari uchun sertifikat olishingiz zarur. Boshlanishiga alohida bino olmasdan (mebel va doskalarni alohida sotib olishingiz yoki ijaraga olishingiz kerak bo‘ladi), o‘quv muassasalaridan birida sinfni ijaraga olsangiz bo‘ladi. O‘quv va metodik qo‘llanmalarni xarid qilsangiz bo‘lgani. Buning ustiga agar ancha vaqtdan beri shu sohada ishlab kelayotgan bo‘lsangiz, o‘qishni boshlab yuborish uchun barcha zarur qo‘llanmalaringiz qo‘l ostingizda bo‘lsa ham kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlash uchun birinchi navbatda yorqin plakatlar, rangli, rasmli kartochkalar, o‘yinchoqlar (hayvonlarning mayda shakllari, daraxtlar, gullar, geometrik shakllar kabilar) kerak bo‘ladi. Shuningdek, maxsus o‘quv qo‘llanmalaridan o‘qish kitobi, yozuv va matematika daftarlari zarur. Agar boshqa o‘qituvchilarni ham ishga olmoqchi bo‘lsangiz, ularning ishlab chiqilgan dasturi bilan albatta tanishib chiqishingiz kerak. Dastur har doim maktabda turgani ma’qul. O‘quvchilarning hujjatlari javoni albatta bo‘lishi shart. Unda ona-onaning pasporti nusxasi, o‘quvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi, turar joy haqida ma’lumotnoma, 2 ta rasm bo‘ladi. Bundan tashqari, ota-onadan o‘quvchini maktabga o‘z vaqtida olib kelishi va olib ketishini ta’minlashi, darsdan tashqari vaqtda ularning xavfsizligi uchun mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishi haqida tilxat olib qo‘yish zarar qilmaydi. Shuningdek, maktabda ta’lim oladigan o‘quvchi haqidagi ma’lumotlar varaqasi albatta bo‘lishi shart. Unda o‘quvchi ota-onasining telefon raqamlari, yashash joyi, tug‘ilgan sanasi singari kerakli ma’lumotlar joylashtiriladi. Markazingiz kattalashgani, rivojlangani sayin xodimlar shtati ham ortib boradi. O‘qituvchilardan tashqari, ma’mur, hisobchi, qorovul, farroshlarga ham ehtiyoj tug‘iladi. Bularning barchasi eng asosiy boshlang‘ich davrdan eson-omon o‘tib olganingizdan keyin bo‘ladigan navbatdagi bosqichlardir. O‘qish narxlarini esa maktab qurilgan joy aholisining daromadiga qarab belgilaganingiz ma’qul. Bundan tashqari, raqobatchi markazlar narx-navolarini ham o‘rganib qo‘yish zarar qilmaydi. Agar hisob-kitoblarni to‘g‘ri olsangiz, bir necha oyda sarflagan mablag‘laringizning o‘rni qoplanib, daromad ko‘ra boshlaysiz. Yuridik shaxs to`g`risida ma`lumot
|
Download 0.51 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling