Uslubning mohiyati K.Ginzburg usulida kul hosil qilish o’simlik organik
moddalarining 10:1 nisbatda olingan sulfat va xlorid kislotalari aralashmasida
gidrolizlanib, oksidlanishiga asoslangan.
Ishni bajarish tartibi. Maydalangan o’simlik namunasidan 0,2 gr (aniqligi
0,0002 gr) analitik tarozida tortib olinadi. 50- 100 ml hajmli Kyeldal kolbasiga
solinadi. Kolbaga 5,5 ml konsentrlangan sulfat va xlorid kislota aralashmasidan
quyiladi. Aralashma 10:1 nisbatda tajriba oldidan tayyorlanadi. Kolba 30-60 minut
sovuq joyda saqlanadi. Dastlab 5-7 minut qo’ng’ir bo’tqasimon massa hosil
bo’lguncha past olovda qizdiriladi. So’ngra olov kuchaytirilib rangsizlanguncha
qizdirish davom ettiriladi. Qizdirish davomida kolba chayqatilib turiladi. Odatda
aralashma 15-25 minutda rangsizlanadi. Agar shu vaqt davomida eritma
rangsizlanmasa 1-2 tomchi xlorid kislota tomizilib, qizdirish davom ettiriladi.
Rangsizlangan, sovutilgan eritma 100 ml li o’lchov kolbasiga quyiladi. Kyeldal
kolbasi bir necha marta distillangan suv bilan chayilib kolbaga quyiladi va
belgisigacha distillangan suv bilan to’ldiriladi. Shu kolbadagi eritmadan azot, fosfor,
kaliy aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |