Azotni aniqlash. Azotni aniqlash mikrokeldal apparatida ammiakni haydash va
yig’gich kolbada 0,02n sulfat kislota bilan biriktirib olish va uni titrlashga
asoslangan.
Azotni mikrokyel’dal appparatida aniqlash uchun sig’imi 250 ml bo’lgan
konussimon kolbaga 0,02n sulfat kislotadan 20-25 ml solib unga 3-4 tomchi metil
qizili tomiziladi. Yig’gich kolba kyeldal apparati tagiga qo’yiladi. Tekshirilayotgan
eritmadan 25 ml pipetka bilan o’lchab olib haydov kolbasiga solinadi, ustidan 3-5 ml
distillangan suv quyiladi. Suv bilan 1 tomchi fenolftalein eritmasi tomiziladi. Ustidan
5-7 ml 50%li NaOH eritmasi qo’shiladi va ammiak haydaladi. Reaksiya nihoyasiga
yetganligi lakmus qog’ozi yoki Nessler reaktivi yordamida tekshirilib ko’riladi.
Sovutgichdan tushayotgan tomchi qizil lakmus qog’ozni ko’kartirmasa, yoki bir
necha tomchi oqib tushayotgan suyuqlikka bir tomchi Nessler reaktivi tomizilganda
sariq rangga o’tmasa reaksiya tugaganligidan dalolat beradi. Tajriba oxirida yig’gich
kolbadagi eritma 0,02n ishqor eritmasi bilan sariq rangga o’tguncha titrlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |