Adabiyotlar: 2,4,8,9,10,11
Ishni bajarish tartibi: 0,25 mm li elakchadan o’tkazilgan tuproq namunasidan
tarozida 2 gr tortib olib, 250 ml hajmli konussimon kolbaga solinadi va unga 5 ml sulfat
va xlorid kislota aralashmasidan quyiladi. Taxminan 30 minutdan so’ng kolbaning
og’ziga voronka qo’yib, kolba elektr plitkada ichidagi aralashma oqargunicha
qaynatiladi (qizdirish mo’rili shkafda olib boriladi). Agar aralashmaning rangi
o’zgarmasa unga 3 tomchi xlorid kislota tomizib, yana qaynatiladi. Shundan so’ng
kolba sovutiladi va unga 30-40 ml suv quyiladi. So’ngra kolbadagi aralashma 100 ml li
o’lchov kolbaga quyilib, uning belgisigacha suv to’ldiriladi, hosil bo’lgan aralashma
filtrlanadi. Filtratdan azot, fosfor va kaliy aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |