Azotni aniqlash. Filtratdan 2-3 ml olib, 50 ml li o’lchov kolbasiga solinadi va
uning ustiga 2 ml segnet tuzi eritmasidan qo’shiladi(Segnet tuzi qo’shishdan maqsad
keyinchalik Nessler reaktivi qo’shganda cho’kma tushmasligidir). Taxminan 10
minutdan keyin o’lchov kolbasiga 35-40 ml suv qo’yiladi va 5 % li NaON bilan eritma
neytral holatga keltiriladi. (Lakmus qog’oz bilan sinalganda ko’k lakmus qizarishi
kerak). Neytrallashda ishqorni ortiq qo’shib yubormaslik kerak, chunki kuchli ishqoriy
muhit suyuqlikni xiralashtiradi. So’ngra aralashmaga 2 ml Nessler reaktivi qo’shiladi,
bunda ammoniy tuzlari merkurammoniy yodid hosil qilib sariq rang beradi:
2HgK
2
I
4
+ 3KOH + NH
4
= NH
2
IHg
2
O + 7KI + 2H
2
O
Hosil bo’lgan aralashma yaxshilab aralashtiriladi va o’lchov kolbasining
belgisigacha suv qo’yib svetofiltr - N
4
da kolometrlanadi.
Tajriba natijasi qo’yidagicha hisoblanadi:
a*umumiy suyuqlik hajmi *1000 mg/kg
X = --------------------------------------------------------------;
analiz uchun olingan so’rim* tuproq massasi
X = N – NH
4
mg/kg hisobida
a - egri chiziqdagi ammoniy miqdori, mg
Do'stlaringiz bilan baham: |