Агрокимё. doc
Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
agrokimyo-1
Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar:Tuproq namunalari, distillangan suv, tarozi, filtr qog’oz, chinni piyola Adabiyotlar: 8,9,10,11,13 Ishni bajarish tartibi. Qishloq ekinlari ekiladigan maydonlarga agrokimyoviy baho berish uchun tuproq namunalari ma’lum bir daladan olinadi. Almashlab ekish dalalarida bitta aralashtirilgan namuna3-5 gektardan, tuproq unumdorligi kam farqlanadigan cho’l zonalarida 8-10 gektardan olinadi. Poliz sabzavot almashlab ekiladigan dalalardan namuna 1-2 gektardan olinadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
26
Qator oralariga ishlov beriladigan ekin dalalaridan namuna olishda uning bir qismi jo’yaklar yonidan va tepasidan, ikkinchi qismi esa jo’yak tepasidan olinadi. Tuproq namunalarini dalaga o’g’it berilgandan keyin, uchastkaning atroflaridan, go’ng yoki o’g’itlar to’plangan joylardan olish tavsiya etilmaydi.
Tuproq namunasi uning genetik qatlamiga ko’ra olinadi. Tuproqqa asosiy tavsif berish uchun namuna (bahorda, yozda, kuzda) olinadi.
Tuproqning asosiy kimyoviy xossalari o’zgarishini o’rganishda (almashlab ekish dalalarida, o’g’itlarning ta’sirini va meliorativ holatini aniqlashda) olinadigan namuna yerning haydov va pastki qatlamidan 0-5, 5-25 va 25-30 sm chuqurlikdan olinadi.
Sug’oriladidigan yerlarga solingan o’g’it tuproq qatlamlarida bir xil tarqalmaydi, shuning uchun olinadigan namuna ekin qator orasidan yaxlit olinishi kerak. Buning uchun qator orasining ko’ndalang tomonidan 10 sm kenglikda 30 sm chukurlikda chuqurcha qaziladi. Undan chiqqan tuproqning hammasi olinadi.
Namuna olishda har xil burg’ulardan foydalaniladi. Olingan namunalar maxsus xaltalarga yoki qutilarga solinib unga etiketka yoziladi. Etiketkada namuna olingan joy (viloyat, tuman, xo’jalik, dala kontur raqami), qaysi qatlamdan qachon va kim tomonidan olinganligi yoziladi.
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling