Agrokimyo kirish


Download 366.13 Kb.
bet113/123
Sana09.06.2023
Hajmi366.13 Kb.
#1475063
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123
Bog'liq
Agrokimyo kirish

Ammoniyli-nitrat o`g`itlar. Bu asosiy azotli o`g`it ammiakli selitra-NH4NO3 bo`lib tarkibida 34% azot tutadi. Fiziologik jihatidan nordon, ammo (NH4)2SO4 o`g`itiga nisbatan tuproqni kamroq nordonlashtiradi. Nordon muhitli tuproqlarga (NH4NO3+CaCO3) holida solish tavsiya qilinadi.

  • Mochevina [(karbamid) CO(NH2)2] tarkibida 46% azot saqlaydi va tupoqga uning o`zi solinganda uni yengil ishqorlaydi. O`simliklar mochevina va ammiakli o`g`itlar bilan oziqlantirilganda azotning yo`qolishini oldini olish uchun ozroq nitrifikatsiya ingibitorlaridan qushish tavsiya qilinadi.

  • Azotli o`g`itlar o`z ta`sirini uzoq saqlamaydi va tuproqda ko`p to`planmaydi. Tez eruvchan bo`lib, tuproqning chuqur qatlamiga tushib ketadi. Ularni ma’lum qismi mol azotga aylanib, ya`ni denitrifikatsiya natijasida havoga chiqib ketadi.

  • Ayniqsa o`simliklar azotli o`g`itlar bilan yaxshi ta’minlanganda ularning fosforga bo`lgan talabi ortadi. Masalan fosforli o`g`itlarning g`o`zaga berilish miqdori 1 : 0,7 kutilgan hosilni olish mumkin.

  • Superfosfatlar fosfori kam harakatchan bo`iganligi sababli solingan joyda to`planib qoladi va ularning samarasi 2-3 yildan so`ng bilinadi.

  • O`simliklar hosilining chegaralovchi omili mikroelementlar ham bo`lishi mumkin. Shu kunlarda o`simliklami V, Mn, Mo, Su, Zn kabi elementlariga talabi yaxshi o`rganilgan.

  • Mikroo`g`itlarning qo`llanilishi o`simlik tomonidan asosiy oziq elementlarini olishga ham yordam beradi. Masalan, marganes fosforning yuqori harakatchanligiga yordam bersa, kobalt tuproqdan azot o`zlashtirilishiga yordam beradi. Azot elementi o`zlashtirlishining yaxshilanishi faqatgina fosfor va kaliy elementlarini o`zlashtirilishini yaxshilab qolmasdan balkim, o`simliklar tomonidan temir, rux, mis va marganets kabi elementlarning ham o`zlashtirilishini ham yaxshilaydi.

  • Bakterial o`g`itlar. Ular tuproqning biologik faolligini oshirishga qaratilgan bo`lib quyidagi formalari mavjud.

    1.Fosfobakterin-tuproqdagi organik fosfor birikmalarini parchalovchi bakteriyalar preparati. Ushbu preparatning 1 gr miqdorida 250 million bakteriya bo`ladi. Urug`larni ekishdan avval preparat bilan purkaladi.
    2.Azotogen, yoki azotobakterin zavodlarda katta miqdorda tayyorlanadi va tuproqni erkin yashovchi azotfiksatsiyalovchi bakteriyalar bilan boyitadi. Qishloq xo`jaligida urug` preparat bilan namlanib, keyin ekiladi. Bu o`g`it qo’llanilganda tuproqda o`zlashtiriladigan azot miqdori ko`payadi ya`ni 1 gayerda 50-60 kg azot to`planishiga olib keladi.
    3.Nitragin-tuganak bakteriyalar preparatidir. Ular dukkakli o`simliklar ildizlarida tuganak bakteriyalar hosil bo`lishiga yordam beradi va havodagi molekulyar azotni o`zlashtirishda ishtirok etadi. Bu o`g`ittning 1 gr preparatida 100 million bakteriya bo`ladi. O`simliklar urug`I ekishdan avval nitragin preparati bilan aralashtirib ekilsa tuganak bakteriyalar tomonidan bir yilda 1 gayerda 300-350 kg azot to`plashiga olib kelishi mumkin.
    4.Silikat bakteriyalar. Ular tuproqdagi kaliy selikatlarini parchalab o`simliklami kaliyli oziqlanishini yaxshilaydi.

    1. Azotli o`g`itlarni ommaviy gullagdan so`ng berish g`o`zani g`ovlab ketishiga va hosilning pishishini kechikishiga sabab bo`ladi.

    2. Kuzgi bug`doylar sutli urug` fazasida azot (mochevina) bilan oziqlantirilsa donlar tarkibidagi oqsil miqdori 0,5-1,0% ortadi. Qand lavlagi barglariga fosforli-kaliyli o`g`itlarni sepish qandlarning barglardan ildizlarga harakatini jadallashtiradi va buning natijasida ildizmevadagi qand miqdori 1-2% va hosildorligi ortadi.

    3. O`simliklarni ularning talabidan ortiqcha miqdorda o`g`itlash nafaqat hosildorlikning oshmasligiga balkim hosilning sifatiga ham salbiy ta`sir qiladi. Masalan, o`g`itlarning yuqori miqdori urug`larning boshlang`ich o`sish jarayonlarini sekinlashtiradi va ildizning hosil bo`lishini kechiktiradi. Karam o`simligini ortiqcha azot bilan oziqlantirish uning barglarida qand miqdorining pasayib ketishiga olib kelishiga hamda saqlanish muddatlari va sifatiga salbiy ta`sir qiladi.

    4. Ayrim hollarda qishloq xo`jaligi sabzavot ekinlarini, xususan tarvuz va qovunlarni azotli oziqlantirishda o`simliklarga gullashdan so`ng ham nitratlar beriladi. Bu esa ularning bevosita poliz ekinlari mevasida ko`plab to`planishiga olib keladi va insonlar salomatligiga salbiy ta`sir qiladi.


    5. Download 366.13 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling