Agrokimyo kirish


EKINLARNI SUPERFOSFAT BILAN OZIQLANTIRISH


Download 366.13 Kb.
bet48/123
Sana09.06.2023
Hajmi366.13 Kb.
#1475063
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123
Bog'liq
Agrokimyo kirish

6.8. EKINLARNI SUPERFOSFAT BILAN OZIQLANTIRISH



  1. Ekinlarni ularning o’sishi jarayonida oziqlantirishning maqsadga muvofiqligi, tashqi ko’rinishidan namoyon ho’lib qolgan fosforning tanqisligining oldini olish, asosiy o’g’itlar bilan fosfatlarni to’liq ravishda solinmaganligining o’rnini to’ldirishdan iborat. Nordon tuproqlarda superfosfatni ularning zarrachalari bilan ta’sirlanish muddatini qisqartirish yoki bu ta’sirlanishni umuman oldini olish (ildizsiz oziqlantirish) yo’li bilan o’simliklar tomonidan P2O5 ning o’zlashtirilishi koeffitsiyentini oshirishga qaratilgan bo’ladi.

  2. Fosfat kislota ionlari barglar tomonidan jadal yutilibgina qolmasdan, balki o’simlikning bosliqa qistnlariga, to ildizlarigacha harakatlanadi, hatto ular orqali tuproqqacha ajratib chiqariladi. Lekin ildizsiz fosforli oziqlanish juda chegaralangan ahamiyatga ega bo’ladi va o’simlikka miqdoriy jihatdan kam foyda keltiradi. Ildizsiz fosforli oziqlantirish ni katta maydonlarda amalga oshirish juda qiyin, blinda suvning ko’p miqdorda sarflanishi tufayli, juda qimmatga tushadi, chunki barglarning kuyib qolishining oldini olish maqsadida o’ta suyultirilgan eritmalardan foydalanib purkashni takror-takror amalga oshirish lozim bo’ladi.

  3. Fosfat kislota anionlarini tuproq tomonidan kimyoviy va fizikkimyoviy jihatdan juda tez bog’lanib olishi tufayli, o’g’itning uni tashlab qo’yilgan joyidan ham vertikal, ham gorizontal yo’nalishlar bo’ylab harakatlanishi juda sust bo’ladi. Demak, superfosfatni yer yuzasiga sepilishiga yo’l qo’ymaslik, sepilgandan keyin esa (zig’ir va boshqa sepib ekiladigan ekinlar uchun)boranalashni amalga oshirish kerak.

  4. Qator orasiga ishlov beriladigan ekinlarga superfosfat bilan ishlov berish jarayonida tuproq orasiga solish (10-12 sm dan kam bo’lmagan yaxshisi 14—16 sm chuqurlikka) yo’li bilan oziqlantirish yaxshi samara beradi, lekin bu narsa asosiy o’g’it yetarlicha solinmagan hollardagina mumkin bo’ladi.




Download 366.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling