Agrokimyo kirish


Download 366.13 Kb.
bet107/123
Sana09.06.2023
Hajmi366.13 Kb.
#1475063
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   123
Bog'liq
Agrokimyo kirish

Ildiz yuza qismini to`lg`azib turuvchi kation asosan Ca2+ ionlari qisman esa N+ ionlaridir. Bu hoi o`z navbatida Ca2+ kationlarining ildizga birlamchi ionlar yutilishida faol qatnashishidan dalolat beradi. U o`simliklarning sho`rga bo`lgan chidamliligini oshiradi.

Kalsiyning yetishmasligi birinchi navbatda yosh meristema to`qimalarining shakllanishiga va ildiz faoliyatiga ta`sir qiladi. Ildizlar va yon ildizlarning hosil bo`lishi to`xtaydi. Shuningdek u mitoz sistemasida ishtirok etishi tufayli vereten ipchalarining hosil bo`lishi ham buziladi.
Kalsiyning yetishmasligi hujayra devorining pektin moddalarining shishishiga olib keladi. Bu esa o`z navbatida hujayra devorining shilimshiqlanishiga va hujayraning buzilishiga olib keladi. Buning natijasida ildiz va barglarning ayrim qismlari chiriydi va o`ladi. Bunda barglarning uchi qirralari avval oqaradi, keyin qorayadi va barg plastinkasi buralib qiyshayib qoladi. O`simlik mevalarida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi.

  1. Bizning sharoitimizda sho`rlangan tuproqlarda kaltsiyningyetishmasligi kuzatiladi. U Ca2+ holida hujayraga o`tadi. Shuning uchun sho`rlangan tuproqlarga kalsiy berish tavsiya qilinadi.

  2. Magniy. O`simlik to`qimalarida magniy kaliy, azot va kaltsiydan so`ng to`rtinchi o`rinni egallaydi. Uning o`simliklar hujayralaridagi miqdori 0,02-3,1% atrofida. Ayniqsa uning miqdori qisqa kun o` simliklarida-makkajo`xorida, javdarda, kartoshkada, lavlagida, tamaki va dukkakdoshlar oilasi vakillari hamda g`o`zada boshqa o`simliklarga nisbatan yuqoridir.

  3. Magniy xlorofill tarkibiga kiruvchi asosiy elementdir. Boshqa hech qanaqa element magniyning o`rnini bosa olmaydi. Shuningdek u xlorofillning hosiladori bo`lgan protoporfirinning sintezi uchun zarurdir.

  4. Muhitdagi magniyning yuqori miqdorlarida o`simliklar tarkibidagi organik va anorganik fosfor birikmalarining miqdori ortadi.

  5. Bir qancha fiziologik faol moddalarning (efir yog`lari, vitamin A, C va kauchuk) hosil bo`lishida ishtirok etadi.

  6. Magniy ionlari uning raqobatchilaridan bo`lgan Ca va Mn ionlaridan, marganetsning o`simliklarga zaharli ta`siridan saqlaydi.

  7. O`simliklar Mg2+ ionlari yetishmasligiga ko`proq qumli tuproqlarda duchor bo`lishadi.

  8. O`simliklarda Mg + ionlarining yetishmasligi uning miqdori 100 gr tuproqga nisbatan 2 mg dan kam bo`lgan hollardagina kuzatiladi. Shuningdek Mg2+ ionlarining o`simliklar tomonidan o`zlashtirilishiga tuproq muhiti pH ham katta ta`sir qiladi. Masalan tuproq muhit pH ko`rsatkichining nordon tomonga so`rilishi o`simliklarga Mg + ionlarining kam yutilishiga olib keladi.

  9. O`simliklarga Mg2+ ionlari yetishmaganda barglar tomirlari o`rtasida och-yashil tusdagi dog` paydo bo`lib keyinchalik u sariq ranga o`tadi. Barg plastinkasining qirralari sariq, qizg`ish, qizil yoki qung`ir qizil tus oladi. Barglardagi xloroz holati Mg2+ ionlari yetishmasligining asosiy belgisidir. O`simliklarga magniy yetishmasligi avvalo qari barglarda, so`ngra esa yosh barglarda kuzatiladi. Shuningdek uzoq davom etgan kuchli yorug`lik miqdori ham Mg2+ ionlari yetishmasligi salbiy holatini kuchaytirishi mumkin.

O`simliklarga Mg2+ yetishmaganda ularning barglariga kuchsiz MgCl2 eritmasini sepish orqali uning oldini olish mumkin, chunki Mg2+ ionlarining to`qimalardagi harakati juda yuqori.

  1. O`simliklarga temir unsuri yetishmasa, barglar o`zlarining yashil rangini yo`qotadi.

  2. Ohakli tuproqlarda temir ionlarining o`simliklar tomonidan o`zlashtirilishi birmuncha qiyin va shu sababli ularda xloroz kasalligi paydo bo`lishi mumkin. Bu hoi ayniqsa tok va sitrus o`simliklarida ko`proq uchraydi.

  3. Mikroelementlar ko`pchilik fermentlarning faollik markaziga, vitaminlar tarkibiga kirib o`simliklarni turli kasalliklarga va muhitning noqulay omillariga chidamliligini oshiradi. Mikroelementlarning tanqisligi o`sish va rivojlanishga salbiy ta`sir etib, hosildorlikni keskin pasaytirishi mumkin.

  4. Muhit pH 7 bo`lgan tuproqlarda marganesning o`simliklar tomonidan o`zlashtirilishi juda qiyin. Yuksak ildizmevali o`simliklar, kartoshka va boshoqdoshlar oilasi vakillari marganetsga nisbatan sezgir o`simliklardir.

  5. Marganes taqchil bo`lganda, barg tomirlari o`rtasida sarg`ish dog`lar paydo bo`ladi, so`ngra xloroz hosil bo`lib, bargning o`sha joylari o`ladi. O`simliklarning marganetsga nisbatan talabini qondirish uchun uning MnSO4 ko`rinishdagi tuzi qishloq xo`jalik o`simliklari uchun o`g`it sifatida beriladi.

  6. Molibdenga nisbatan sabzavot va dukkakli o`simliklar ayniqsa talabchandir. Molibden taqchilligida o`simliklarning o`sishi to’xtaydi, xlorofill sintezi buziladi va barglar och-yashil tusga kiradi. Ammo shuni ham aytib o`tish lozimki, o`simlik organlarida molibden elementining ortiqcha miqdorda yig`ilishi nafaqat ular uchun zaharli ta`sir ko`rsatadi balkim ushbu o`simliklar bilan oziqlanadigan hayvonlar ayrim hollarda insonlar sog`ligiga ham salbiy ta`sir etishi mumkin.


Download 366.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling