Agrokimyo kirish


Kaliyli magnezial konsentrat


Download 366.13 Kb.
bet51/123
Sana09.06.2023
Hajmi366.13 Kb.
#1475063
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   123
Bog'liq
Agrokimyo kirish

Kaliyli magnezial konsentrat kulrang rangli granulalar tarzida ishlab chiqariladi, namligi 1,5—7%. Tarkibida 18,5% K2O va 9% MgO bo’ladi. Tashilganda shundayligicha trasport vositasiga solib tashiladi, chunki yopishmaydi. Xlorga nisbatan sezgirlikni namoyon qiladigan ekinlar uchun ishlatiladi.

  • 40% li kaliyli tuz (KCl+NaCl) — qizg’ish jiloli kristall aralash kulrang kristall kukun hisoblanadi, u kaliy xloridning yanchilgan silvinit (35% gacha NaCl) bilan aralashmasidir, namligi 2% dan oshmaydi. Tarkibida 40% K2O bo’ladi, yopishqoq, idishsiz tashiladi. Natriyga nisbatan talabchan bo’lgan ekinlar (qand lavlagisi va iidiz mevalilar) uchun ishlatiladi.

  • Potash (kaliy karbonat K2CO3) — ishqoriy kaliyli o’g’it, nordon tuproqlar uchun juda qimmatli hisoblanadi. Kalsiylashtirilgan potashda K2O ning miqdori 63—66,7% bo’lishi kerak. Kalsiylashtirish gigroskopiklikni kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Potash va kaliy bikorbanat (KHCO3) o’tin va somon yonganda hosil bo’ladigan o’choq kulida ham bo’ladi. Kulda biroz fosfatlar ham uchraydi. Kaliy bikarbonat 47% K2O ga ega bo’ladi.

  • Kaliyli o’g’itlar tarkibidagi xlor qator qishloq xo’jalik ekinlariga salbiy ta’sir ko’rsatganligi sababli uning qaysi kaliyli o’g’itlar tarkibida qancha borligini bilisli lozim.

  • O’z ta’siriga ko’ra hamma kaliyli o’g’itlar fiziologik nordon hisoblanib: ularning suvli eritmalaridan o’simliklar kaliy kationlarini boshqa u bilan birga uchraydigan Cl yoki SO42─ anionlariga nisbatan jadal ravishda so’rib oladi. Tuproqning singdirish kompieksi bilan ta’sirlanish kaliyli o’g’itlarning tuproq eritmasiga nordonlashtiruvchi ta’sirini ham namoyon qiladi, bu narsa ayniqsa (ohaklanmagan) nordon tuproqlarda jadal ravishda bo’ladi. Masalan, rudalardagi 1 kg K2O ga to’g’ri keladigan xlorning miqdori (kg hisobida) silvinitda 4,0—5,2, karnallitda 3,0—3,3, kaliyli tuzda 1,4—1,9, kaliy xloridda 0,9—1,0, kaliy sulfatda va kaliyli magnezial o’g’itlarda 0,02—0,1 ni tashkil qiladi.




    Download 366.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   123




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling